Bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash. Tez va toza yuvish, tishni har kuni ertalab va
Dasturxon atrofida odob saqlash. Kattalarni to`rga o`tirishga taklif etish, kichiklarni ularga
Bolalarning badiiy didini o`stirish. Bu davrda bolalarda nisbatan kattaroq xajmdagi ertak,
Ularda ertaklar, she`rlar, topishmoqlar topishga bo`lgan havasni shakllantirish.
Badiiy asarlarni sahnalashtirish va ijro etish.
Badiiy asar vositasida bolalar qalbida xalqqa, ona-vatanga nisbatan muxabbat tuyg`usini tarkib
toptirish. Badiiy asar orqali bolalarda qushlarga, hayvonot olamiga, tabiatga g`amxo`rlik, mehr-shafqat
tuyg`usini o`stirish. Ularning badiiy so`z qudratini his etish, badiiy asarda aks ettirilgan qahramonga
baho berish va ular haqida hulosa chiqarish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Bolalarni badiiy adabiyotga qiziqtirish nutqini o’stirish va ularning badiiy didini o’stirish
maqsadida quyidagi asarlarni o’qib berish tavsiya etiladi: o’zbek xalq ertaklari: “Qarg’avoy”, “Qurbaqa
qiz”, “Ur to’qmoq”, “Hurmacha palvon”, F. Musajonov - “To’lab ber”, “Varrak”, Z. Alam -
“Yankshanba kungi shokolod”, Z. Ibrahimov - “Azamat va Kuncha”, “Gulbahorning do’stlari”, Y.
Sadullayeva – “Hozir buvijon”, M. Murodova – “Ikki xil yordam”, A. Navoiy – “Bir kabutar”, “Ibn Sino
va kitoblar”, “Bobur va kabutar” (rivoyat), A.Avloniy – “Aqlli bog’bon”, E. Rahimov – “Chana”,
T.Qosimov – “Yaxmalak”, Aka-uka Grimlar – “O’rmondagi AvliyoYozif”(rus xalq ertagi), E.Vohidov –
“O’lka”, K.Xikmat – “Men tug’ilgan o’lka”, P.Mo’min – “Bekorjon”, A.Ko’chimov – “Topib kelaman”,
A.Obidjon – “Paxta”, P.Nazar – “Daraxt”, P.Tolib – “Kech kuz”, “Laylak qor”, X.Soloh – “Qor
qo’shig’i”, “Qaldirg’och uchib keldi” Sa`diy – “Guliston”, “Bo`ston”, A.Oripov – “Qushcha”, Z.Diyor –
“Gunafsha”, “Kapalak”, A.Akbar – “Qayerdasiz bolalar”, “Bola va qush”, T.Yunusov, K.O`tayev –
“Yer” “Maymun nega daravtda yashaydi?” (Afrika xalq ertagi), “Surnaychi Santa” (Yapon xalq ertagi),
“Toshbaqa hammadan kuchli bo`lib chiqqani haqida”, (Amerika xalq ertagi), bozorda kaltak yegan
sirtlon” (Afrika xalq ertagi), “Hayvonlar qushlar va baliqlar qayerdan kelib chiqishgan?” (Avstraliya
xalq ertagi). Bolalarga huquqqa doir dastlabki tushunchalar haqida ma`lumot berishda davom etish.
Bolalarga jamiyat tomonidan belgilangan tartib-qoidalar, odobli, axloqli bo`lsin va ularga rioya etish
to`g`risida tushunchalar berish. “Yaxshi va yomon” tushunchalarni farqlashga o`rgatish.
Bolalarda tasviriy san`at namusini mazmunini anglashga oid ko`nikma va malakalarni
shakllantirish. Bolalarni dekarativ naqshlar bilan tanishtirish.
Bolalarda narsa-xodisalarni kuzatish, idrok etish, go`zallikni his qilish qobiliyatlarini
rivojlantirish. Badiiy tasvirga bo`lgan qiziqishni o`stirish. Bolalarni voqeaband rasmlarni chizishga
o`rgatish.
Bolalarga quyidagi rasmlarni chizish tavsiya etiladi. Aylana ichida naqsh ishlash. O`simliksimon
naqsh ishlash. Kvadrat ichida aylana chizish. Oddiy shakldagi buyumlarni naqsh bilan bezatish.
Bolalarning musiqiy faoliyatini rivojlantirish. Qo`shiq kuylashda ohangni to`g`ri idrok etish
qobiliyatini shakllantirish. Qo`shiq va kuyni tinglashga undan zavqlanishga odatlantirish. Raqsga
tushishni musiqaga monand harakatlarni o`rgatish. Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, idroki
va hissiyotini tarbiyalash maqsadida quyidagi kuy va qo`shiqlarni tinglashga odatlantirish, ba`zilarni
aytishga o`rgatish tavsiya etiladi. O`zbek xalq kuylari – “Ufor”, “To`rg`ay”, o`zbek xalq qo`shiqlari –
“Oq sholi”, “Ko`k sholi”, “Dasta-dasta”, “Quyon”, “Oq terakmi, ko`k terak”, M.Dadaboyev –
“Onajonim”, I,Akramov – “Salimvoyning tovug`i”, X.Maxmudova – “Kakku”, D.Omonullayeva –
“Bug`doy”, “Nima hohlaysan qo`g`irchoq”, “Laylak”, M.Ikramova – “Aya, ayajon”, “O`ynayman”,
K.Qodirov – “Guldor kapalak”, A.Mansurov – “Oftobjon, o`rtoqjon”, M.Nasimov – “Bulbulcham”,
M.Najmiddinov – “Bolalar va g`ozlar”
TESTLAR
1. O`rta guruh bolalari necha metr masofaga tez yugira olishi kerak?
A. 20-30 metr
B. 30-35 metr
C. 40-60 metr
D. 20-25 metr
2. Tubandagilardan qaysi topshiriq o`rta guruh bolalariga bajartiriladi?
A. 5-10 sm balandlikdagi buyumlardan sakrab o`tish.
B. 10-20 metr masofani tez yugurib o`tish
C. To`pni 6 metr masofaga irg`itish
D. 5-6 metr masofaga yugurish
3. Tubandagilardan qaysi biri o`rta guruhga taaluqli?
A. Uchburchak bilan tanitish tanishtirish
B. 5 dan 1 gacha teskari sanash
C. O`ng va chap tomonni farqlash
D. To`g`ri to`rtburchak va uchburchakning tomonlari va burchaklari o`rtasidagi farqni ajratish.
4. O`rta guruh bolalari qaysi qushlar bilan tanishtiriladi?
A. To`ti, bedana, konereyka
B. Qaldirg`och, laylak, turna
C. Chunchuq, musicha, kaptar, to`ti, bulbul, bo`yog`li, qaldirg`och, qarg`a
D. Chumchuq, kaptar, musicha
5. Meva va sabzavotlarning qayerda o`sishi (daraxtda, polizda)haqidagi tasavvurlarini shakllantirish
qaysi guruhda amalga oshiriladi?
A. O`rta guruh
B. Ilk yosh guruh
C. Kichik guruh
D. Katta guruh
6. Qaysi biri o`rta guruhga taaluqli?
A. N.Narzullayev “O`lkam”
B. Sh.Sa`dulla “Lola va mushuk”
C. E.Vohidov “O`lka”
D. T.Adashboyev “Nasibaning olmasi”
7. O`rta guruh bolalari qaysi ranglarni bir biridan ajrata olishi kerak?
A. qizil, sariq, yashil, ko`k
B. qizil, sariq, yashil, ko`k, binafsha rang
C. qizil, sariq, zarg`aldoq, jigarrang, pushti
D. qizil, sariq, yashil, ko`k, jigarrang, oq, qora
8. O`rta guruh bolalari loydan nimalarni yasashga o`rgatiladi?
A. non, shirinliklar, teshik kulcha
B. o`rdakcha, quyoncha, xumcha, olmaxon
C. olma, sabzi, bodring, tuxum, baliq, toshbaqa, xo`roz
D. shar, piramida, qo`ziqorin
9. Tubandagi vazifalardan qaysi biri katta guruhga taaluqli?
A. 1,2 metr masofaga to`pni otish
B. Bir oyoqda 3-4 masofaga sakrash
C. 40-60 metr masofaga yugurib o`tish
D. 20-25 metr masofani tez yugurib o`tish
10. Qaysi vazifa katta guruhga to`g`ri kelmaydi?
A. cho`kkalab, qo`llarni tizzaga tiragan holda skameyka bo`ylab yurish.
B. Tevarak – atrofdagi yodgorliklar, tarixiy obidalar bilan tanishtirish.
C. 100 metr masofani tez yugurib o`tish
D. Hafta kunlarining ketma-ketligini aytishga o`rgatish
11. 5 dan 1 gacha sanash vazifasi qaysi guruhga taaluqli?
A. o`rta guruh
B. maktabga tayyorlov guruh
C. kichik guruh
D. katta guruh
12. Katta guruh bolalari qaysi o`simliklari bilan tanishtiriladi?
A. na`matak, malina, maymunjon
B. uzum, kungaboqar, maymunjon
C. na`matak, qayrag`och
D. malina, tol, uzum
13. Tubandagilardan qaysi biri noto`g`ri fikr?
A. katta guruhda osmon, quyosh, oy, yulduz, havo, suv, bulut, yog`ingarchilik, tuman, shamol,
chaqmoq haqida tushuncha beriladi.
B. Katta guruhda kema, paroxod, samolot, vertalot bilan tanishtiriladi.
C. Katta guruhda qarg`aning kuzda uchib kelishi va bahorda ketishi haqida ma`lumot beriladi.
D. Radio, televizor, videomagnitafon, kompyuter haqida ma`lumot berish katta guruhda amalga
oshiriladi.
14. Tubandagi ertaklardan qaysi biri katta guruhda o`tilmaydi?
A. “Qarg`avoy”, “Ur to`qmoq
B. “Gilam”
C. “Vafodor it”
D. “Qurbaqa qiz”, “Xurmacha polvon”
15. E.Vohidovning “O`lka” she`ri orqali tarbiyachi tomonidan qanday tarbiyaviy maqsad amalga
oshiriladi?
A. ona vatanga nisbatan muxabbat tuyg`usini tarkib toptirish
B. hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatni tarbiyalash
C. mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash
D. rostgo`ylik ruhida tarbiyalash.