Мавзу: Туронзамин – қадимий маънавият ва маърифат маскани



Download 1,12 Mb.
bet7/41
Sana23.07.2021
Hajmi1,12 Mb.
#126341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji

Ki bu sir erur olam afruz ham, Xususan, erur fasli Navro'z ham.

Navro'z haqida juda ko'p tarixiy asarlar, rivoyatlar mavjud. Yuqoridagilardan tashqari A. Firdavsiyning «Shohnoma», Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit-turk», Xoja Ali Termiziyning «Navro'znoma», «Solnoma» asarlarida, shuningdek, Mashrab, Ogahiy, Muqimiy, Fur-qat, Nodira, Uvaysiy, Zebuniso ijodlarida Navro'z haqida fikrlar bayon etiladi. Ogahiy Navro'zni shunday kuyladi:



Ey yor sanga tangri taborak bo 'Isun, Navro 'z Ua toza yil muborak bo 'Isun, llohi, har kuning Navro 'z bo 'Isun, Hamisha tole'ing Feruz bo'Isun.

Mustaqil O'zbekistonda «Navro'z» har yili katta tan-tana bilan nishonlanmoqda. «Navro'z» arafasida umum-xalq hasharlari o'tkaziladi. Oy davomida xayriya ishlari: yetim, nogironlarga, muhtojlarga yordam berish, qariya-larni qadrlash, ular holidan xabar olib ziyorat qilish, kasal-lar holidan xabar olib, ularga sovg'a-salomlar ulashish, bolalar uylariga turli sovg'alar topshirish tadbirlari amal-ga oshiriladi. Barcha kasb egalari Navro'zga atab o'zlarining xayriyalarini, hadyalarini tayyorlaydilar.

«Navro'z» arafasida va bayram kunlari sumalak, halim, ko'k somsa, ko'k chuchvara va boshqa turli-tuman taomlar pishiriladi. Qizlar «Navro'z»da kiyadigan liboslarni tay-yorlashga kirishishadi. «Navro'z»ga san'at ahli alohida tayyorgarlik ko'radilar. Ular «Navro'z»ga bag'ishlangan kuy, qo'shiq, raqs tomoshalarini qunt bilan tayyorlaydilar va turli joylarda, sayilgohlarda xalqqa ijro etib beradilar. «Navro'z» kunlari shahar va qishloqlarda katta tomosha-lar, tantanalar va xalq sayillari bo'lib o'tadi.

Poytaxtimizning «Milliy bog'i»da har yili respublika-da eng yirik «Navro'z» teatrlashgan tomoshalari bo'lib o'tadi. Bu markaziy tadbirda turli san'atkorlar milliy raqslarini, bahorni kutib olish, tabiatning yangilanishi, insonlar dillarining poklanishi va dalalarda yangi mehnat mavsumiga bag'ishlangan kuy, qo'shiqlar ijro etishadi, har bir viloyat vakillari maxsus tomoshalar ko'rsatadi.

Navro'zga bag'ishlangan tomoshadan keyin barcha viloyatlar markazlarida, poytaxtning asosiy may don va ko'chalarida umumxalq sayillari bo'lib o'tadi, turli tan-lovlar, musobaqalar tashkil etiladi.

Hozirgi davrda mustaqil diyorimiz uchun Navro'z kishilarga yasharish va bunyodkorlik, poklanish va yangi-lanish, ruhiy ko'tarinkilik olib keladigan asosiy bayram bo'lib qoldi.

Yurtimizda islom dini bilan bog'liq Ro'za va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami sifatida ni-shonlanib kelingan. Lekin sobiq Ittifoq davrida bu bayram-lar ham taqiqlangan edi. Mustaqillik qo'lga kiritilishi bilan ushbu bayramlar milliy qadriyat sifatida qayta tiklandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yH 20-iynunda «Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb e'lon qilinish haqida», 1992-yil 27-martda «Ro'za hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g'risida» Farmoni chiqdi. Far-monda, jumladan, shunday deyiladi: «Mustaqil O'zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar o'rtasida mehr-oqibatni barqarorlash-tirish maqsadida diniy bayram — Ro'za hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb tayinlasin».

1991—1992-yildan boshlab har yili mamlakatimizda Qurbon va Ro'za hayiti umumxalq bayrami sifatiga nis-honlanadi. Ushbu bayram kunlari birinchi navbatda dunyo-dan o'tganlar ruhiga tilovat qilinadi, kasallar, nogironlarga yordam beriladi, qarindosh-urug'lar, yaqin kishilar bir-bir-larini qutlashadi, omonlik tilashadi. Bolalar ham, kattalar ham yaxshi kiyinishib, turli sovg'a-salomlar ulashiladi. Ma-hallalarda qizlar «kelin ko'rdi»ga borishadi. Umuman, bu hayitlar xalqimizning hamjihatligiga, mehr-shafqatning kuchayishiga, oqibatli bo'lishga xizmat qilib kelmoqda.




Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish