Мавзу: Туронзамин – қадимий маънавият ва маърифат маскани


Mavzu: Ma'naviy meros qadriyatlar ,ularning shakllari va o'zaro munosabati



Download 1,12 Mb.
bet3/41
Sana23.07.2021
Hajmi1,12 Mb.
#126341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji

2.Mavzu: Ma'naviy meros qadriyatlar ,ularning shakllari va o'zaro munosabati. Reja:

1. Ma'naviyat taraqqiyoti bosqichlari .

2. Ma'naviy meros ,milliy qadriyatlar.

3.Ma'naviy ma'daniyat.

4.Tarixiy davomiylik.
Ma’naviy meros- ma’naviyat rivojlanishining uzoq davrlar mobaynida tarkib topgan, inson aql-zakovatining mujassamlashgan ifodasidir. O‘tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’daniyat boyliklar majmuiga madaniy meros deyiladi. Jamiyat o‘zgarishi bilan uning madaniyati, tipi ham o‘zgaradi-yu, lekin madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat yo‘q bo‘lib ketmaydi, madaniy meros va an’analari saqlanadi. Har bir yangi avlod moddiy va ma’naviy madaniyat negizini har gal angitdan yaratmaydi, balki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik-jamiyat va uning madaniyati ravnaqining shartidir. CHunki tarixi davomiylik ma’naviyat rivojlanishining qonuniyati hisoblanadi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, sho‘rolar zamonida madaniy merosga to‘g‘ri munosabatda bo‘linmadi. Boyu zamindorlarga, hokim sinf tabaqalariga xizmat qilgan o‘tmish madaniyatining bizga keragi yo‘q yangi- proletar (yo‘qsil) madaniyatini aratimiz» degan shoir ostida sobiq Sovet Ittifoqi xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatiga qiron keltirildi, saroylar, masjid va madrasalar buzib tashlandi, nodir asarlar yoqildi. Bu siyosatning eng zararli joyi shunda bo‘ldiki, madaniy merosga past nazar bilan qaraldi, osori atiqalar qarovsiz qoldi.

SHu bilan birga har bir jamiyat o‘tmish madaniy merosini qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘r-ko‘rona qabul qilib olmaydi, albatta. Madaniy merosning o‘z dunyoqarashi, tuzumi, manfaatlariga mos keladigan, bugun va kelajak uchun uchun xizmat qiladigan qismini qabul qiladi. CHunki o‘tmishdan qolgan barcha narsalar bir xil qadriyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, sho‘rolar zamonida yaratilib, uning siyosatini targ‘ib etgan, endilikda o‘z umrini yashab bo‘lgan kitoblarning bugungi kun uchun ham, kelajak uchun ham qadriyati yo‘q. To‘g‘ri, ular meros, lekin madaniy meros emas, ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qolish mumkin, xolos. Demak, madaniy merosning qadri abadul abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deyiladi. O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan milliy -qadriyatlarning qadriga to‘la etilmoqda va keng targ‘ib –tashviq qilinmoqda. Milliy qadriyatlarimiz istqilol madaniyatini yaratishimizga negiz bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu hol milliy mafkuramizda o‘z ifodasini topmoqda (Vatan tuyg‘usi T.: O‘zbekiston 1996 116-bet).

qaysiki mamlakatda bo‘lmasin jamiyatdagi yangilanish doimo madaniy merosning uyg‘onishiga olib keladi. Bu esa ommaning birlashuvida milliy o‘zlikni anglashning shakllanishi va rivojlanishida muhim g‘oyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. SHu bilan birga eski mafkuradan voz kechilgan va etarli darajada ishlangan yangi mafkura hali yaratilmagan paytda yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldiradi: MDH mamlakatlarida yuzaga kelgan hozirgi ahvol fikrimiz dalilidir. Ularning har biri milliy uyg‘onish omili sifatida o‘tmish madaniy merosini zo‘r berib tiklamoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov «Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash –degan edi, o‘zbek xalq yaratgan va milliy boylik bo‘lgan san’at asarlarini izlab topish, ularni O‘zbekistonga qaytarish ma’naviy dasturimizning muhim bo‘lagini tashkil etadi. Bu milliy boylik bizga ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan. Binobarin, biz ham uni ko‘z qorachig‘iday asrab –avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak»

Respublikamizda, 1994 yilda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, 1996 yil yanvar oyida esa shu markaz qoshida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasining tashkil etilishi mustaqillik sharoitida o‘tmish madaniy merosini o‘rganish va o‘zlashtirishning muhim ahamiyat hamda huquqiy demokratik davlat qurish borasidagi ulkan dasturni hayotga tatbiq etishning yorqin dalilidir. «Oltin meros» xayriya jamg‘armasiga O‘zbekiston ijodkor yoshlarning «Iste’dod» xayriya milliy va ijtimoiy barqarorlik hamda madaniyat jamg‘armalari ham qo‘shildilar. Jamg‘arma boshqaruvi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboevdir. Yangi xayriya jamg‘armasi faoliyati xalqimiz merosning nodir namunalarini to‘plash va asrab-avaylashga uni nafaqat republikamizda balki turli mamlakatlarda targ‘ib nafaqat respublikamizda balki turli mamlakatlarda targ‘ib qilishga qaratilgan. Ushbu jamg‘arma fuqarolar o‘rtasida ayniqsa yoshlarda vatanparvarlik, mustaqqillik tuyg‘ularini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Biz qadimgi xalqlarmiz. Moddiy, yozma va ma’naviy madaniyatmiz shu qadar ulkanki, merosimizdan nafaqat o‘z avlodimiz, balki Evropa, Osiyo arab mamlakatlari foydalanishgan va bu jahon umuminsoniy qadriyatlariga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lgan.

«Oltin meros» jamg‘armasi faqat yoshlarni, osori-atiqalarni, ilmiy asarlarni yig‘ish bilangina shug‘ullanib qolmasdan, balki yana u milliy boyliklarimiz, merosimizni istash, topish olib kelish, xalqqa ko‘rsatish, tashviqot qilish jarayonida xalqimiz ma’naviyatini poklaydigan, tiklaydigan, dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatib milliy dunyoqarashning shakllanishini kuchaytiradigan omillarga xizmat qiladigan tashkilotdir.

Jamg‘arma faoliyatida 8 ta yo‘nalish mavjud. So‘nggi 130-140 yil davomida moddiy va ma’naviy qadriyatlarimiz talon-taroj qilindi. Ularni qaytarish asosiy maqsad bo‘layapti.

X-XI asrlardayoq - Evropa madaniyati hali g‘onish palasiga kirmagan paytdayoq bizning SHarq madaniyati o‘shalarga rezonans (to‘lqin) olib borgan.

Dunyo xalqlari tarixida hech qaysi millat bizdek ko‘p ma’naviyat yaratgan emas. YAqin vaqtgacha, hatto hozirgacha ham fanlarning poydevorini yunonlar yaratgan deyilardi. Aslida ular yaratgan ilm-fan, falsafaning poydevorini bizning xalqimiz «Avesto» da, zardushtiylik dinida yaratgan. Iskandar-Aleksadr Makedonskiy bu erga kelganda avvalo zardushtiylar ibodatxonalarini vayron etib, qohinlarni yo‘q qildi. CHunki qohinlar bosqinchilarga qarshi vatanparvarlik kurashini uyushtirgandi. Iskandar Avetoning 12 ming qora mol terisiga oltin suvi bilan ko‘chirilgan nusxasini olib ketib, asosan ildm-fanga, astranomiyaga, tabobatga, jug‘rofiyaga oid qimlarini tarjima qildirib, qolganlarni kuydirib tashlagan. Qadimgi yunonlarning o‘zlari Platon va Aristotel ta’limoti, umuman, yunon falsafasi zardushtiylik ta’siri ostida shakllandi, deb tan olganlar.

«Avesto»da bizning Islomgacha bo‘lgan ma’naviy boyligimiz. Afsuski, bu kitobning biror sahifasi bizda yo‘q. Asarning to‘liq nuxasi Bombeydagi zardushtiylarning madaniy markazi – Koma insitutida saqlanadi. Nusxasini hozirgacha ololmadik. Koma insitituti xususiy bo‘lib, zardushtiylarning xayriyasiga asoslangan. Biz ilgari asarning nusxasini hammaga berar edik, ammo boshqa millat, din vakillari o‘zimizdan o‘rganib, o‘zimizga qarshi kurash boshladilar. Dinimizni tanqid qildilar, deyishdi.

Bizning ma’naviy boyligimiz o‘rta asrda, VIII-XI asrlarda, hatto mo‘g‘illar iste’losiga, juda oliy cho‘qqiga ko‘tarilgan edi. Hozirgacha ham Evropada arab fani deb atalib kelinayotgan fan bizning ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan.

Ibn Sino, Farobiy kabi ko‘plab olimlarnig asarlaridan parchalar lotin, qadimiy fransuz, italyan, ispan tillariga tarjima qilingan. Mana shu tarjimalar XII-XIII, asosan XIV asrdan ilm-fani falsafasiga chuqur ta’sir qildi. Bu asarlar, qo‘lyozma, tarjimalar Parij milliy kutubxonasida ko‘plab saqlanadi.

Eng ko‘p merosimiz Rossiyada, Sank-Peterburgdagi, avvalgi imperator missionerlar Samarqand va Buxoroda «sayohatchi», «savdogar» bo‘lib yurib, arzimagan pullarga, temi-tersakka almashtirib olib ketishgan. Eronda Griboedov o‘ldirilgandan keyin rus imperiyasi kontributsiya – xun talab qilgan. SHunda Eron podshosi bu xunni turkiy asarlar evaziga to‘lagan. O‘shanda Navoiyning Hirotda Sulton Ali tomonidan ko‘chirilgan birinchi devoni Sank-Peterburgga kelib qolgan. Ularni hozir hech kim qaytarib bermaydi. Hatto tanishishga ham yo‘l qo‘yilmaydi. YAna ko‘p boyliklarimiz Angliya, Fransiya, Turkiya va Hindistonda qolib ketgan. Patnada QUDOBAXS kutubxonasi bor. SHu kutubxonada Beruniyning ustozi ibn-Iroqqa taqdim qilish uchun tuzgan 33 ta risolasidan iborat to‘plami saqlanmoqda. Bu kutubxona ibn-Iroq, xabash, Farobiy, Beruniy, ibn-Sinolarning asarlari bor. YAna ibn-Iroqning 14 ta asari ham shu kutubxonada saqlanmoqda. Qo‘lyozmalarning mikrofilmini olishga ham ruxsat berilmaydi.

Qatag‘on yillarida ustoz Hamid Sulaymon jasorat ko‘rsatib Fransiya, Angliya va boshqa erlardan merosimizning ma’lum qismini olib kelgan edi.

Mamlakat bir oyog‘i iqtisod, bir oyog‘i siyosat, bir ko‘zi ma’naviyat, ikkinchi - axloq, ya’ni qadriyat bo‘lgan ulkan odam ekan. Ko‘zi bor odam qayoqdan kelayapti, qayoqqa ketayapti, ko‘rib, turadi. Biz esa ko‘zimizni o‘zimiz ojiz qilib qo‘ydik.

Voris-ko‘p o‘lchovli falsafiy mezon bo‘lib, jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarning uzluksizligini, turli davlatlar aloqasini, yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarining bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tishini ifodalaydi. Ayni paytda keyingi avlodga shu meosdan qaysi biri o‘tadiyu, o‘tmishda qaysi biri qolishi borasida murakkab tanlov jarayoni yuzaga keladi.

Ma’naviy merosimizning ba’zi manbalari quyidagilardan iboratdir:



  1. Qadimgi tarixiy yodgorliklar

  2. Arxeologik topilmalar

  3. Etnografik manbalar

  4. Toponimik manbalar

  5. YOzma manbalar

  6. Oilaviy tarixiy manbalar.

Demak, madaniy meros tushunchasi tarixiy rivojlanishning u yoki bu bosqichi tashkil etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning teskari birligini aks ettiradigan sivilizatsiya taraqqiyotining muhim shakllaridan birini ifodalaydi. Jamiyatning butungi tarixi-o‘tmish, hozirgi davr va kelajak sivilizatsiyasi o‘rtasidagi birlikning hamda vorislikning aniq ifodasi hisoblanadi. O‘tmish davrning taraqqiyot qonuniyatini bilmay turib, hozirgi zamon taraqqiyotini, kelajak taraqqiyot qonunlarini chuqur tushinish va bu borada fikr yuritish mumkin emas.

Xalq ma’naviyati, an’analari, urf-odatlari milliy negizdan hosil bo‘ladi, va tarixiy ahamiyatga ko‘ra o‘ziga xos, nodir sanaladi. Ayni har xalqning o‘ziga xos madaniyati asrlar davomida boshqa xalqlarning madaniy yutuqlaridan ajralmagan holda yuzaga keladi rivojlanadi. Har bir avlod madaniy boylikni yangitdan yaratmaydi, balki sivilizatsiya davomida shakllangan moddiy va ma’naviy boyliklarni qabul qiladi hamda boyitadi. Bu qonuniyatdir. Demak, Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «YUksak ma’naviy burchlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insonlarning ming yillik tarixi, ota-bobolarimizning necha-necha avlodlar tajribasi davomida yuzaga kelgan».

Qo'shimcha adabiyotlar:

Darsningjihozi:

1. Musulmonova O. Ma'naviyat qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. Toshkent- 1998 yil

2.«Ma'naviyat asoslari» Toshkent-2000

3. MurodovM. O'zbekiston qadriyatlari Toshkent «Cho'lpon», 1995 yil

Videoglaz, kompyuter, xarita,boshqotirnia, «aql charxi», tarqatma materiallar.

Darsning elementlari va davomiyligi.

1. Tashkiliy qismi:


  1. Salomlashish

  2. O'quv xonasining ko'zdan kechirilishi

  3. Davomatning olinishi

2. Du nyo xabarlari:

M aqsad: O'quvchi] arning siyosiy ongini, og'zaki nutqini, erkin fikrlashini o'stirish.

3. Uyga vazifani so'rash:
Og'zaki savollar


  1. «Ma'naviyat asoslari» fanining predmeti nima?

  2. «Ma'naviyat» tushunchasi mazmuni va ta'rifi?

  3. «Madaniyat» nima?

  4. Ma'rifat nima?

  5. O'zbek xalqining boy madaniy va ma'naviy merosiga nimalar kiradi?

  6. Ma'naviyataing tarkibiy qismini nimalar tashkil qiladi.



4. [jodiy ish:

  1. «Mehr va muruvvat» yili

  2. «O'zmgni, o'z uyingni, o'zing asra»

5. Fi krl ami j ami ash:
«Aql charxi» o'yini

Qolmas jahon ichra kishi

faqat qolgusi yaxshi nomu ishi

Shayx Sa'diy Sheroziy,

Harbirdars o'quvchi hayotida unutilmas! voqea, fikrida unutilmas kashfiyot bo'lib qolishi kerak

I.Karimo\|

1. Ta'limiy (ilmiy)

Ma'naviyat-bashariyat taraqqiyoti

mahsuli.
Ma'naviy meros, qadriyatlar, ularning shakllari haqidayangi bilim berish.

2. Tarbiyaviy:

sog'lom avlodni ma'naviy xulq - atvorli, muomala madaniyati va milliy qadriyatlarni e'zozlash ruhida tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi dunyoqarashini


shakllantirish:

«Sog' tanda, sog'lom akl» deganlaridek yoshlarda ma'naviyo meros, qadriyatlar valarning shakllariga nisbattan to'g'ri munosabat, ko'nikma hosil qilish, sog'lomfikrlashlarin i ,og'zaki nutqini shakllantirish.

Yangi bilim berish, suhbat, bahs - munozara, havaskor o'qituvchi darsi.

Tushuntirish - rna'ruza, muhokarna,



  1. Madaniyat so'zi arabcha qaysi so'zdan kelib chiqqan (Madina)

  2. Zardushtiylikning muqaddas kitobi (Avesto)

3,Iqtisodni qondiruvchi yemaklik eng zarur narsa ne? (non)

  1. «Ma'rifat» so'zi arabcha qaysi so'zdan olingan? (arafa)

  2. Insonning kindik qoni to'qilgan joy? (Vatan)

  3. Dunyo musulmonlari keltirgan din qaysi? (islom)

  4. Miliiy bayrog'imizning tabiatga xos va mos rangi? (Yashil)

  5. Fikrni o'qish, insonning fikri va ruhiy holatini masofaga uzatishga nima deyiladi?
    (Telepatiya)


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish