Мавзу: Туронзамин – қадимий маънавият ва маърифат маскани


-MAVZU JADIDCHILARNING MA'RIFATPARVARLIK HARAKATI VA UNING XALQ MA'NAVIYATI RIVOJIDA TUTGAN O’RNI



Download 1,12 Mb.
bet21/41
Sana23.07.2021
Hajmi1,12 Mb.
#126341
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji

8-MAVZU

JADIDCHILARNING MA'RIFATPARVARLIK HARAKATI VA UNING XALQ MA'NAVIYATI RIVOJIDA TUTGAN O’RNI.
Reja:

1. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma'naviyatini ko’tarishdagi roli.

2. Jadidchilarning amaliy harakatlari va tarixiy taqdirlari haqida.

3. Fitrat ijodida ma’naviyat masalasi.


Jadidchilik aslida ma'rifatparvarlik harakatining ko’rinishidir. Shuning uchun biz bu o’rinda masala bayonini ma'rifat va ma'rifatparvarlik tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik.

Ma'rifatning luqaviy ma'nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma'rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonidir. Ma'rifat so’zining ko’pchilikdagi ma'nosi maorifdir. Ma'rifat atama sifatida – tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. Ma'rifatli degani – bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya'ni ma'rifatning ma'lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma'lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, meditsina va boshqalarning ham ma'lum yo’nalishlarini egallaydilar.

Ma'rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma'rifat - bilim va madaniyatning qo’shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir.

Ma'rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim beruvchi maktab va o’quv yurtlarida tarqatiladi. Ma'rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o’z ichiga oladi.

Jamiyatda ma'rifat, ya'ni bilim ma'rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma'rifatparvar – ma'rifat uchun kurashuvchi; ilm, bilim chiroqini yoquvchi; ma'rifat xomiysi va tarafdori demakdir.

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o’tishi ma'rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng etuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko’zlovchi ma'naviyatli kishilari ma'rifatparvarlik bilan shuqullanadilar. Ma'rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatninng, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim qoyalarni ilgari suradilar, shu qoyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.

Ma'rifat ma'naviy qaramlik, qo’rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma'rifiy uyqoqligida deb biladilar va ma'rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma'rifatga intilib yashagan. Bu o’lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo’shgan allomalar etishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar. Bunga 1998 yilda Ahmad al Farqoniy tavalludining 1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi keng nishonlanganligini misol qilib ko’rsatishimiz mumkin.

O’tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Uluqbek va boshqalar nafaqat ilm cho’qqilarini egallab qolmay, uni - ya'ni ma'rifatni keng tarqib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.

Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o’tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o’qli, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo’li ma'rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tuzum va jaholatga, ma'naviy qullik va zulm-zo’ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma'rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o’lkani, uning kishanlarini ilm chiroqi bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etdilar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko’rsatdilar.

Ko’rinadiki, jadidchilik, ma'rifatchilik ham millatni ma'rifatli qilish, ma'naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kelgan buyuk tarixiy harakatdir.

Jadidchilik - yangilanish, yangi usul ma'nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlarining umumiy nomi.

Jadidchilikning asosiy qoya va maqsadlari: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo’shin tuzish va boshqalardan iborat.

Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o’zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo’lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma'rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi qoyalar etakchilik qilgan. O’lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo’ydilar. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o’stirish zarurligini payqadilar. Shu orqali milliy uyqonish yasamoqchi bo’ldilar. Buni esa ta'lim va tarbiyada - ma'rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta'lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo’lida hormay-tolmay ishladilar.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. Bu davrlarda jamiyatning ma'naviy inqirozi chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lmay ma'rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo’lmas edi. Jadidlar, ya'ni ma'rifatchilar millatning ma'naviy kamoloti yo’lida o’zining butun kuchi va iste'dodini safarbar etishga tayyor bo’lgan fidoyilar edi.

Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqoqidan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qat'iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta'lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish qoyasini ilgari surganlar va bu borada o’zlari amaliy harakat namunasini ko’rsatganlar.

Xullas, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyqonish va milliy ong yuksalishida katta rol o’ynagan.

Jadidchilik qoyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo’jaev, So’fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar qoyat oqir sharoitlarda tarqib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini erga urishga yo’l qo’ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma'rifatchi jadidchilar oqir moddiy qiyinchiliklar, qoyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to’yqusini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab etganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o’z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o’zlari dars berar, o’quv qo’llanmalari yozar, nashr etar va bu yo’lda jonbozlik ko’rsatar edilar. Bu yo’lda hatto o’z mablaqlarini ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik jamiyatini qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz. Bu uluqvor vazifalarni hal etish, Prezidentimiz Islom Karimov «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblari, ya'ni «O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz»da: «Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu uluqvor va murakkab vazifalarni hal qilish, eng avvvalo, ta'lim tarbiya, ma'rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, televidenie orqali odamlarda ma'rifatparvarlik qoyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga homiylik, saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish zarur», -deb ta'kidlaganlarida yuqorida biz qalamga olgan fidoyi, saxiy, millatparvar insonlar kabi bo’lishga bizni chorlayotgan bo’lsalar, ne ajab!

Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning nazariy asoschilaridan biri Mahmudxo’ja Behbudiydir (1879-1919).

Behbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tuqilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqadi, hisob, xuquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi.

U haj ziyoratini ado etib, Makka va Madinaga boradi. Misr va Turkiya shaharlarida bo’ladi. Peterburg, Minsk, qozon, Ufa va Orenburg kabi Rossiya shaharlarida bo’lib yangi davr madaniyati bilan yaqindan tanishadi.

Mahmudxo’ja Behbudiy, bolalarga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi o’quv yurtlariga yuborish kerak, degan masalani o’rtaga tashladi. U quyidagi uch qoidani olqa surdi: 1) zamon talablaridan kelib chiqib ish ko’rish; 2) millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni etishtirish; 3) milliy biqiqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish. Asrimiz boshlarida ilgari surilgan bu qarashlar hozirgi davrimiz uchun mosligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning bunday ilqor fikrlari mustaqil Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Behbudiy orzu-umidlarining ruyobga chiqishi, deb qaramoq lozim. Behbudiy ma'rifatning ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif bo’limida ishlayturqon musulmonlarning boshini silangiz... o’rtadan niqobni ko’taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo’ymangizlar. qammaga ozodlik yo’lini ko’rsatingizlar...» Mahmudxo’ja Behbudiy erksevarlik, millatparvarlik, ma'rifatparvarlik qoyalari uchun ta'qib ostiga olindi va o’ldirildi.

Jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Munavvarqori Abdurashid o’qli (1878-1931). U Toshkentda tuqilgan. Munavvarqori ham boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili deb xalqni savodli va ma'rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fikrdan kelib chiqib, Toshkentda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabni ochadi, unga rahbarlik qilib, musulmon bolalarni o’qitadi. O’z zamonasi uchun maqbul bo’lgan «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Er yuzi» kabi darsliklar yozadi. U ko’proq etimlarni, beva-bechoralarning bolalarini o’qitishga ahamiyat beradi.

Munavvarqori ta'lim-tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko’tarmay jamiyatda katta o’zgarishlar qilish aslo mumkin emasligini tushunib etadi.

Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan qoyalari tufayli sobiq zo’ravon Sho’rolar hukumati uni ta'qib ostiga oldi. 1931 yil 25 aprelda esa otib tashlandi.

Milliy uyqonishga chorlovchi qoyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma'naviy inqirozda bo’lishini tanqid qildi, barchani savodli bo’lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» degan qoyasi ma'rifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U ma'rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma'rifat ziyosidan bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko’rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» kitobida ma'rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqyotida tutgan o’rni haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o’rganish – bugun o’zligimizga qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu o’rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik. «Ilm inson uchun qoyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To’qri yo’lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas'ul bo’lishimizga sabab bo’lur. Bizlarni ilm jaholat qoronquligidan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e'tiqodimizni orttirur...

Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, qayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga boqliqdur».

Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq Sho’rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiali bo’ldi. Ularning ko’pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» degan tamqa bosilib, qataqon qilindi, jadidlar qoyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga orqaga surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik qoyaning tazyiqida, keyinchalik esa iskanjasida bo’lib, to’la ravishda namoyon bo’la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o’rganishga intilganlar ham tazyiq ostiga olindi. Uni o’rganishga intilganlar ham ta'qib qilindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik qoyalari, ma'rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Jadidlarning qoyalari o’lmas qoyalar bo’lgani uchun ham mustaqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib keldi.

Mavzu ma'rifatga, ya'ni ilm-bilimga ham tegishli bo’lgani uchun ma'ruza matni nihoyasida bir qator hadis va hikmatlarni keltirib o’tishni lozim topdik, zero u foydadan holi bo’lmas, degan umiddamiz.


xxx

-Beshikdan to qabrgacha ilm izlang!

xxx

-Ilm – fansiz davlat qurib bo’lmaydi.



xxx

-Dil va aqlning tarbiyasi ilm bilan rivojlanib, kamol topadi.

xxx

-Ilm tufayli odamlar nodonlik, jaholat botqoqidan chiqib, o’z imkonlarini kamolga etkazadilar.



xxx

-Garchi Xitoyda bo’lsa ham ilm talab qilinglar.

xxx

-Ilmning tikanli va zahmatli yo’llariga bardosh berib o’ta olgan odamgina iymoni komil inson bo’la oladi, Olllohning rizoligiga erishib, uluqlik tulporiga minadi.



xxx

-Ilm o’rganish har bir mo’min farzidir.

xxx

-Bir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro’zasidan afzal.



xxx

-Ilm aqlning chiroqi va jilovidir.

xxx

-Sadaqaning afzali mo’min kishi avval ilm o’rganib, keyin boshqalarga ham o’rgatishidir.



xxx

-Ko’rinadiki, odamzod naslining uluqligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir.

xxx

-Bilingki, bilim, o’ylab ko’rilsa, misoli bir jilov. U barcha yomon, yaramas ishlardan insonni tiyib turadi. Bilim egasi o’z tilaklariga etadi, orzu - maqsadiga erishadi.



Ilm egalarining foydasi har doim ko’pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz bo’lib, hurmatga sazovor bo’ladilar. Shu tufayli ota-bobolarimiz doimo bilimga intilib yashaganlar. Ular ma'rifat chiroqlarini mash'ala singari yoqqanlar. Yuksak ma'naviyat va ilm-ma'rifat tufayli Turonzamin er yuzida shuhrat qozongan.

Tayanch so’z va tushunchalar:

Jadid; jadidchilik; ma'rifat; ma'rifatparvarlik; yangi maktab; najot – ilmda; Mahmudxo’ja Behbudiy; Munavvarqori; Abdulla Avloniy; Cho’lpon; Fitrat; Abdulla qodiriy; «Oyna»; «Kecha va kunduz»; «O’tgan kunlar»; «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot».

Takrorlash uchun savollar:

1. «Jadid» so’zining ma'nosi nimaq

2. Jadidchilik harakatining paydo bo’lish sabablarini tushuntiring.

3. Jadidchilik harakatining namoyandalaridan kimlarni va ularning qanday asarlarini bilasizq

4. Mahmudxo’ja Behbudiy kim bo’lganq

5. Munavvarqori faoliyatini izohlab bering.

6. Abdulla Avloniy haqida nima bilasizq

7. Ma'rifatparvarlik qoyalarini ilgari surgan qanday shoir va yozuvchilarni hamda ularning qaysi asarlarini bilasizq

8. Jadidchilik harakati namoyandalarining tarixiy taqdirlari haqida nimalarni bilasizq

9. Mustaqillik va jadidchilik harakatiga munosabatdagi o’zgarishlarni tushuntirib bering.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish