Мавзу: Туронзамин – қадимий маънавият ва маърифат маскани


Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qardosh qiladi, ularning taqdirini o‘zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi



Download 1,12 Mb.
bet4/41
Sana23.07.2021
Hajmi1,12 Mb.
#126341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji

Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qardosh qiladi, ularning taqdirini o‘zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi.

I.A.Karimov.

3. MAVZU MILLIY VA UMUMINSONIY MA’NAVIYAT HAMDA ULARNING O‘ZARO MUNOSABATI

REJA:

  1. Ma’naviyat, etnos, xalqlar va mamlakatlarning milliy ong hamda milliy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari.

  2. Umuminsoniy madaniyatda etnik umumiylik va milliy madaniyatning o‘zaro aloqadorligi hamda buyuk davlatchilik nazariyalari.

  3. Prezident Islom Karimov asarlarida milliy va umuminsoniy ma’naviyat masalalarining tahlili.

E T N O S –(etnik birlik ham deyiladi)-kishilarning qabila, elat, millatdan iborat bo‘lga, tarixan tarkib topgan barqaror ijtimoiy guruhdir. Etnik birlik tushunchasi etnografiya jihatdan x a l q ma’nosini bildiradi. Demak, xalq -etnik birlik (qabila, elat, millat) larning turli shakllarini ifodalash uchun ishlatiladigan atamadir. Ba’zan, etnik birlik deganda bir qancha xalqlar, shuningdek xalqning muayyan xususiyatlar bilan ajralib turadigan qismlari tushuniladi.

Xalq so‘zi lug‘aviy ma’noda tilimizda el, elat, millat, aholi, xaloyiq, olomon, bir guruh kishilar ma’nolarini anglatish uchun qo‘llaniladi. Masalan, o‘zbek xalqi iborasi o‘rnida kezi kelganda eli, o‘zbek elati, o‘zbek millati deyish mumkin.

Xalq so‘zi-joy nomlari bilan birga kelib, o‘sha joyda yashovchi aholini bildiradi: qishloq xalqi, shahar xalqi, Farg‘ona xalqi va hokazo.

Xalq atamasi falsafiy nuqtai nazardan yondashsak, uning ta’rifi bunday. Tarixning hamma bosqichlarida jamiyat vazifalarini hal etishga qodir, yurt yumushiga yaroqli va qobiliyatli qatlam, ijtimoiy birlik, tarix ijodkori.

M I L L A T - deb muayyan bir hudud doirasida, istiqomat qiladigan moddiy-iqtisodiy ishlab chiqarish turi atrofida birlashgan bitta adabiy tilda so‘zlashadigan, yaxlit ma’naviy ruhiy tabiatga ega bo‘lgan etnoslar-elatlarning turixiy birligiga aytamiz. YOki, boshqacha aytganda: millat kishilarning til, hudud, iqtisodiy aloqalari, madaniyati va xarakterli xususiyatlari shakllanishi hamda umumiyligining tarixiy shaklidir.

Millat bir so‘z bilan aytganda ma’naviyat birligidir. Ma’naviyat-davlat asosi, davlat va ma’naviyat suyanchig‘i. Milliy ma’naviyat, avvalo, tarixiy hodisadir. U qisqa davrda shakllanmaydi. Markaziy Osiyo xalqlari ibtidosi bilan bog‘liq. Milliy ma’naviyat tarixi millatning ma’naviy rivoji bilan bog‘liq. Milliy ma’naviy kamolot zamonda ya’nimillatning butun tarixi davomida yuz beradi, ammo u ba’zan shiddat bilan yuksalsa, ba’zan tanazzulga yuz tutishi mumkin. Milliy ma’naviyatimizning rivojlanishini 3 yirik davrga ajratish mumkin:


  1. Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti.

  2. Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy ma’naviyatimizning o‘rni va mavqei.

  3. YAngi davr jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz takomili masalalari.

Birinchi davr bir necha yilni qamrasa, ikkinchi davr 11-12 asrni, uchinchi davri esa I asrga teng bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Islomgacha ma’naviyatimiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarmilliy hududlarimizdan tashqari topilgan bo‘lib. «Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklardan bayon etilgan. Ikkinchi qismi qadim SHumer, Bobil va Ashshur, qadim Misr va YUnon, Hind va Xitoy manbalarida, Eron shahonshohlaridan qolgan toshbitiklar aks etgan. uchinchi guruhmanbalar arxeologik yodgorliklar bo‘lib, ular bevosita yurtimiz hududidagi moddiy ashyolar va inshootlar bilan bog‘liq. To‘rtinchi guruh manbalar so‘nggi davrlargacha og‘zaki an’ana holida etib kelgan xalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o‘yinlar, bayramlar, xurofiy irim-sirimlar bo‘lib, ular yuzasidan xulosalar chiqarish mushkuldir.26

Milliy ong – bu milliy madaniyatimizning tarkibiy qismi, milliy madaniyatimizning cho‘qqisidir. Milliy ong milliy madani-yatining millat manfaati, millat istiqboli, taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning inson ongidagi ifodasidir. U milliy mamadaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birdamlik va milliy hamkorlik tuyg‘ulari zaif bo‘lgan xalqlarda yuksak milliy ong bo‘lishi amrimaholdir.

Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy til va madaniyatini qadrlashga, milliy axloq-odob va boshqa ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ong negizini tashkil etadi.

Agar milliy ongimiz to‘xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilli-gimizning ma’naviy zamini mustahkam bo‘lmaydi. CHunki milliy mustaqillika yo‘nalish beradi, halqini yaktan, yakdil qiladi.

Milliy ong muayyan millat va xalqning ijtimoiy borligi – ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari, urf-odatlari, an’analari turmish tarzi asosida vujudga kelgan kishilarning (millat yoki xalqning) hissiyotlari, kechinmalari, tushunchalari, qarashlari, g‘oya va nazariyalari majmuini anglatadi. Milliy ong mahalliy borliqni (ijtimoiy borliqni) aks ettirsada, u hech qachon sust-passiv bo‘lmaydi. Aksincha milliy ong ajdodlarning avlodlarga qoldirgan ma’naviy merosi orqali, yangi sharoitda vujudga kelgan muayyan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan qo‘shilib o‘sib, rivojlanib boradi. SHu bois ta’lim va tarbiyaning milliy ongning shakllanishi hamda taraqqiy etishidagi o‘rni va ahamiyati nihoyatda ulkandir.

Muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi, ma’naviy qiyofasi o‘sha jamiyatning tabiiy, ijtimoiy, tarixiy sharoitlariga qarab o‘zgarib boradi. Millatning ruhiy, ma’naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o‘z ifodasini topadi.

Milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma’lum davrlarda o‘zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat asosan tashkil etuvchi bazis va ustqurmaning mohiyatini tubdan o‘zgartirib borishga faol ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida hozirgi kunlari sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlar jarayonini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ularning hayotidagishiddat bilan ro‘y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o‘zgarishlar qanchalik inqirozli tus olmasin, xalq ommasi ongining, ayniqsa ongning yangicha shakllanishi anchagina ijobiy tus olmoqda.

Milliy ong va uning shakllanishi eng avvalo, milliy uyg‘onish zaminida boshlanishi tabiiydir. Milliylikni tan olish – millatga mansub kishilarning ijtimoiy-etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etgan.bo‘ladi. Milliylikda milliy mansublik ruhi mavjud. Milliy ruhimizdagi milliy tuyg‘ularimiz mavjud milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanadi. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy asoslangan bo‘lsa, uni biz milliy o‘z-o‘zini anglash deb tushunamiz. Milliy o‘zlikni anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun qo‘llanma darajasiga ko‘tarilsa, biz uni milliy mafkura deb ataymiz.

Islom Karimov o‘zining «Istiqlol va ma’naviyat» asarida ta’kidlaganlaridek, «Bugungi kunimizga xos yorqin xususiyatlardan biri millatning o‘zligini anglashdir»27. Demak millatning o‘zligini anglash tushunchalarining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:


  1. Milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushinib etish.

  2. Milliy qadriyatlar: til, tug‘ilib o‘sgan joy, madaniyatga (keng ma’noda) sodiqlik.

  3. Milliy manfaatlarni tushinib etish.28

  4. Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish.

  5. Vatanparvarlik.

SHaxs milliy o‘zligini anglash tushunchasini tarkibiy qismlari quydagilardan iborat:



  1. Millat (etnos)ga mansubligini anglash.

  2. Mazkur millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy o‘rnini anglash.

  3. Milliy qadriyatlarga sadoqat.

  4. Milliy taraqqiyotga vijdonan xizmat qilish.

Mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan xalqda etuk milliy ong bo‘lmasa, ozodlik, erkinlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. agar xalqimizning milliy ongi to‘xtovsiz o‘sib bormasa, mustaqilligimizning ma’naviy ong mustaqillikka yo‘nalish beradi, xalqni yakdil qiladi.

Siyosiy madaniyati o‘sgan milliy o‘zligini anglagan xalq va millatning hayoti mazmunan boyiydi, go‘zallashadi. O‘z-o‘zini, milliy o‘zligini anglash – bu milliy birlikning, milliy ahillikning va milliy totuvlikning asoslaridan biridir.

Xalqning milliy jihatdan o‘z=o‘zini anglashiga erishmasdan turib, umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib, g‘oyaviy-iqtisodiy jihatdan uyushtirib, har qanday murakkab vazifalarni hal qiladigan buyuk ijtimoiy kuchga aylantirib bo‘lmaydi.

O‘zini o‘zi anglash – bu xalqning o‘tmish tarixiy taraqqiyot yo‘lini, ota-bobolarining, nasl-nasabining, avlod-ajdodining kim bo‘lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk xissalarini bilib olishdir. Milliy anglash – uning jamiyat va Vatanning porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega ekanligini chuqur anglab etish, ular bilan cheksiz faxirlanish, mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun o‘zini safarbar etishi demakdir.

O‘zini chuqur anglab etgan, ko‘zi ochilgan, aqli etilgan, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan uyg‘ongan va jipislashgan xalq va millatn mustamlakachilik usulida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarni talon-taroj qilish, huquqini paymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish mumkin emas. SHuning uchun ham davlatimiz siyosiy huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy nuqtai nazardan har tomonlama etuk shaxsni shakllantirishni bugungi kunning bosh vazifasi deb belgiladi. CHunki faqat siyosiy madaniyati, milliy ongi rivojlangan, o‘zini-o‘zi milliy jihatdan anglab etgan xalqgina mustaqillikning buyuk kuchiga aylanadi.Buni Evropa va Osiyoning qator ilg‘or mamlakatlari misolida ko‘rish mumkin.

Milliy ong va o‘zligini anglash u yoki bu millatga mansubligini his qilish uning o‘tmishdagi tarixni, madaniyati, urf-odat va an’analarni har tomonlama chuqur bilish bilangina chegaralanmaydi.

Milliy o‘z-o‘zini anglash millitning hozirgi ahvoli, uning oldida echimini kutib tkrgan muammolarni bilish va ularni hal qilishda faol harakat etishni talab qiladi. Buning uchun yuksak madaniyat, uzoqni ko‘ra bilish va donolik, g‘oyaviy-ma’naviy etuklik va poklik, yangicha fikirlash imkoniyatlaridan, jamiyat taraqqiyotini jadallashtirib, aholining farovon hayot zamin yaratish yo‘lida foydalana bilish kerak.

Xalqimiz, yosh avlodimiz milliy ongini o‘stirishda eng katta e’tibor talab etiladigan muammo – ularning huquqiy ongini e’tibor talab etiladigan muammo – ularning huquqiy ongini yanada o‘stirishdir. Qonunga itoat qilish, unga bo‘ysunish barcha fuqarolar uchun majburiydir. Qonunga hurmat bilan qarash unga og‘ishmay rioya qilish barchamizning burchimizdir. SHuningdek, yoshlarimizda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan yangicha fikirlash imkoniyatini rivojlantirish katta ahamiyatga egadir.

Huquqiy ongni rivojlantirish masalasiga keyingi vaqtlarda jiddiy e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyunda «YOshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1997 yil 20 may kun respublika huquq-tartibot idoralari rahbarlari, huquqщunos olmlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda eng muhim: 1) huquqiy bilim, 2) huquqiy ong, 3) huquqiy madaniyat masalalarini ko‘taradi.

«Dunyodagi har bir davlat, katta – kichikligidan qat’i nazar o‘z taraqqiyoti jarayonida ma’naviyatga ehtiyoj sezgan va sezadi. Bu – tarixiy zaruratdir. Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tarixning burilish davrlarida ayniqsa beqiyos bo‘ladi», - degan edi faylasuf J.Tulenov.
Ma’naviyat majmui ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanmog‘i kerak. Milliy axloq ma’naviyatning markazini tashkil qiladi. Uning belgilari rostlik, adolat, do‘stlik, insonparvarlik, bir-biriga hurmat, hamjihatlik, bilimlilik, mehnatsevarlik, adolatlilik, ona tiliga va Vatanga muhabbat, sahovat, mas’ullik, halollik singari fazilatlardir. Ulardan birortasining ham ma’naviy komillikdagi o‘rnini kamsitish mumkin emas. Ammo axloqiylikning bosh belgisi rostlik, rostgo‘ylik hamdir.

Minglarcha yillik tariximizda qizil ip bo‘lib o‘tgan milliy xususiyatlarimizdan biri jonlilik va bitmas faollikdir. Qadim Osiyo va Evropa hududlarida turk va mo‘g‘il aralashmagan birorta buyuk baynalmilal xodisa bo‘lgan emas. Turkiy millati qanday mamlakatga kelmasin, oxirida u o‘sha jamiyatning tepasiga ko‘tarilmay qolmagan. Xitoy, Hind, Eron va Misr qul sifatida keltirilgan turklar ko‘p vaqt o‘tmay, u erdagi siyosiy hayotda rol o‘ynay boshlaganlar va ko‘p martalab butun davlat idorasini boshqarganlar. Mavlono Jaloliddin Rumiy derki, «Turkiy o‘tgan yil asir olgan edilar, qara uni sotib olgan arab dorda osilib turibdi».

Turklarning butun tarixiy rivoji davomida ko‘zga tashlangan eng ayon irqiy xususiyatlardan biri tarixning biz bilgan davridan buyon askar bo‘lib kelganligi, intizomsevarligi. Hayotning eng og‘ir damlarida sabrli bo‘la olishdir.

Umuminsoniy ma’naviyat birligida qadriyatlarning alohida o‘rni va roli bor. Bular o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi:



  1. Milliy qadriyatlar: ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig‘indisidan iborat.

Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, uning o‘tmishi, kelajagi bilan uzviy bog‘liqdir.

Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvur faqat g‘oya emas, balki tuyg‘u hamdir. Milliy tuyg‘u – tabiiy tuyg‘udir. Unda millatning tarixi, hozirgi ahvoli, milliy ruhiyati va xususiyatini tushunish hissiy shaklda mujassamlashgan bo‘ladi. Insoniy milliy ong va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning o‘z milliy manfaati va qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy manfaatlar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy tuyg‘ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat uchun eng katta jinoyatdir.

Har bir kishida o‘z qadr-qimmatini saqlash, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi bo‘ladi. Har bir millatda ham xuddi shu holni ko‘ramiz. Bu tuyg‘u insonning alohida qadr-qimmat tuyg‘usiga o‘xshaydi. Millatlarning o‘z-o‘zini anglash jarayoni takomillashgani sari milliy manfaatlari ham milliy qadriyatlari ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.

Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi milliy mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o‘z millati manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmaslik kerak.

2. Umuminsoniy qadriyatlar: insonlarda axloq va madaniyatning ustunligini e’tirof etishda, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar hamkorligining umumiy yo‘nalishini hosil qilishda va dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy ishlarni tushunishida, madaniy-ma’naviy, ilmiy-texnikaviy, harbiy sohaning, aloqaning mamlakatlarda va xalqlarda rivojlantirishda ko‘rinadi.

Umuminsoniy qadriyatlar o‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosida amal qilishi, dunyodagi ko‘plab xalqlar, elatlar, millatlarning o‘tmishidagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalanganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlar tubdan farq qiladi (falsafa, t,; O‘qituvchi, 1997, 291-bet)

Tabiiatni muhofaza qilish ekologik tarbiya va madaniyatning rivojlantirish insoniyatning sihat-salomatligini saqlab qolish, havfli kasalliklarni o‘zaro hamkorlikda oldini olish, oziq-ovqat, energiya va yoqilg‘i tanqisligini tugatish, madaniy boyliklarni, sivilizatsiyani eson-omon saqlab qolish, urishlarning boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, tinchlikni saqlab qolish – ularning hammasi umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlar va millatlarnigina emas, balki bashariyatning mulkidir.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog‘liqdir. Ularning har ikkisi bir-biriga ta’sir etadi, birinchisi ikkinchisini to‘ldiradi, mazmunan boyitadi.

Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan, mazmun jihatidan chuqur va keng bo‘lib, u o‘z ichiga oladi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar, va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi va umumiyligini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlarni umumbashariy qadriyatlardan ajratib olib, unga mahliyo bo‘lib ketish, o‘z millatini maqtash, uning tarixi madaniyati ideallashtirish boshqa millatlar vakillarining milliy tuyg‘ulari va nafsoniyatlariga birmuncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg‘ular millatchilik tuyg‘ulariga aylanib ketishi mumkin. SHuning uchun ham bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, kamtarlik, quyushqondan chiqib ketmaslik, o‘zga millat kishilari tili, madaniyati, tarixi, an’ana va udumlarini astoydil hurmat qilish talab qilinadi.

SHuni ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda birorta ham xalq va millat o‘zidan boshqa xalq va millatlardan, umumiy jahon sivilizatsiyasidan ajralgan alohida tarixga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Barcha xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanishi tarixi bir-biri bilan chirmashib ketgan. SHuning uchun ham har bir millat o‘z doirasidan cheklanib qolmay, boshqa millatlar va xalqlar bilan birgalikda taraqqiy etadi.

Butun jahon va ma’naviy taraqqiyoti xalqlar millatlar elatlar, guruhlar va shu kabilar tarixiy taqdirining o‘zaro bog‘lanishi, chirmashuvi, bir-birini to‘ldirishi asosida amalga oshadi. Agar biror millat boshqa millatlar bilan umumiy xususiyatlarga ega bo‘lmaganda, iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lmaganda, ulardan o‘rganmagan va o‘zidagi yutuqlarni boshqalar bilan baham ko‘rmaganda edi, baxtsiz millat bo‘lmagan bo‘lur edi. Bunday millat jahon sivilizatsiyasining samaralaridan foydalana olmagan bo‘lardi.

Xalqlarning ulug‘vorligi mahdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shadigan hissasidir. Ayni chog‘da, boshqa bir narsani ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Gap shundaki, milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo‘yish, muayyan ijtimoiy iqtisodiy va boshqa muammolarni qaysidir millat va elatning manfaatlariga xilof ravishda hal etishga intilish, milliy manfaat bahonasida milliy xudbinlikni, tekinxo‘rlikni olqishlash millatlararo munosabatlar taraqqiyotga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o‘rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o‘zbek xalqining ham o‘ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona va xolisona o‘rganish mustaqillik sharoitidagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning asosiy shartlaridan biridir. Insoniy va milliy qadriyatlarni ilmiy va xolisona ish tutish kerak.

Milliy madaniyat va an’analarga, milliy qadriyatga hurmat bilan qarash, millatning o‘ziga hurmat bilan qarashning asosiy bug‘inidir.

Xalqimizning yaxshi an’analari, udumlari, mehnatsevarlik, halollik, mehmondo‘stlik, yaxshi qo‘ni-qo‘shnichilik, katta va kichiklar, farzandlar va ota-ona o‘rtasidagi hurmat singari ajoyib insoniy hislatlar qayta tiklanmoqda. Ming yillar mobaynida shakllangan ma’naviy va milliy qadriyatlar hozirgi davrda yaratilgan ma’naviy boyliklar bilan qo‘shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g‘oyaviy va ma’naviy poklanishni ta’minlashga ko‘maklashadi.

Xalqimizni buyuk farzandlarining xotirasini abadiylashtirish, ularning qadr-qimmatini tiklash, tavalludlarni o‘tkazishda respublikamizda keyingi vaqtlarda ko‘p xayrli ishlar qilinmoqda. SHulardan biri- o‘zbek xalqining atoqli farzandi SHarof Rashidov tavalludining- 75 yilligi keng nishonlanganligidir (1992 ) SH. Rashidovning to‘yi umumxalq to‘yiga aylanib ketdi, chunki u o‘z hayotini to‘la-to‘kis xalqqa xizmat qilishga safarbar etgan olijanob inson edi. U vatanimiz boshiga qiyinchilik tushgan kunlarda ham, uning baxt-saodat kunlarida ham doimo xalq bilan birga edi.

Inson qadrini e’zozlash, uning obru-nomusini tiklashda mintaqamizdagi shaharlar, joylar, viloyatlar, tumanlar, xo‘jaliklar, maktablar, ko‘chalarga xalqimizning ulug‘ farzandlari nomlarining berilishi tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Lekin bunday ishlar shoshma-shosharlik bilan emas, balki oqilona hal qilinishi lozim. Bizningcha, Xorazmiy, Amir Temur, Navoiiy, Bobur kabi buyuk insonlarning muborak nomlarini yirik ilmiy markazlar, mashhur universitetlar, harbiy o‘quv yurtlariga berilsa, tarixiy haqiqatga mos tushgan bo‘lardi.

Insoniyatni e’zozlash uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish- bu milliy qadriyatlarimizni tiklash xalqimizning qadimiy va boy tarixiga, uning an’analariga va urf-odatlariga hurmat bilan qarash demakdir.

Millatchilik- bir millatni ikkinchi millatdan ustun qo‘yishga asoslangan psixologiya, mafkura, dunyoqarash va siyosat. Millat endigina oyoqqa turadigan va milliy davlatchilik qaror topayotgan bosqichda ijobiy vazifani o‘taydi. Ijobiy xususiyati vatanparvarlikdir, salbiy jihati – millatlararo nizom, shovinizm va fashizmdir29

«Millatchilik» siyosiy tusga kirsa, kuchli salbiy yo‘nalish kasb etishi mumkin. Bu davlat va millat xafsizligiga, mintaqaviy va keng ko‘lamdagi xavfsizlikka ancha kuchli tahdidga aylanib ketishi mumkin. Millatchilik O‘zbekistonda va markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo munosabatlarga xavf solmoqda ( I.A. Karimov). U Markaziy Osiyodagi respublikalarning xududiy-ma’muriy chegaralarini vujudga keltirish sohasida Rossiya imperiyasi olib borgan va sovet hokimiyati davom ettirgan siyosat oqibatlariga borib taqaladi.30 Rossiyada hali ham soxta milliy manfaatlaridan vos kecha olmayotganlar, hali ham «derjavniy» g‘oyalari bilan xayrlasha olmayotgan, millatchi Jirnovskega o‘xshagan shovinistlar bor. CHor Rossiyasi, so‘ngra esa sovet davlatining aniq maqsadiga qaratilgan migratsiya siyosati, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisiningn polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo‘lishiga olib keldi. O‘zbekistonda yashayotgan boshqa millatlarning vakillari orasida ham etnik madaniy asoslarda jipslashish jarayonlar faol yuz bermoqda. Hozirgi kunda anchagina o‘zbeklar O‘zbekistondan tashqarida yashamoqda. Masalan, Tojikistonda jami aholining 24,4 foizini, Qirg‘izistonda 13,8 foizini Turkmanistonda – 9,0, Qozog‘istonda 2,5 foizi o‘zbeklar tashkil qiladi. SHuning uchun ham Markaziy Osiyoning suveren davlatlari o‘rtasida chuqura har tomonlama aloqalar o‘rnatish, «Turkiston –umumiy uyimiz» (1995 yil 20 mayda Qozog‘istonda O‘zbekiston kunlari marosimi) g‘oyasiga asoslangan o‘zaro munosabatlar muhim rol o‘ynaydi. Milliy munrsabatlar hamma vaqtlarda bo‘lganidek, hozirgi paytda ham dolzarb masala hisoblanadi. Agar milliy masala to‘g‘ri hal qilinmasa, jamiyat 2 tomonlama zarar ko‘radi: 1) mamlakat ichida, millatlar o‘rtasida chiqishmovchilik, nizolar chiqib turadi, bu esa iqtisodiy rivojlanishga ham, ma’naviy yuksalishga ham salbiy ta’sir qiladi; 2) davlatning chet el davlatlari bilan bo‘ladigan munosabatlariga ham rahna tushadi.

Madaniy – ma’rifiy sohada g‘arb va SHarqning o‘ziga xos qiyofalari borligini tarixdan ko‘p mutafakkirlar e’tirof etishgan. Xususan, Ibn Sion o‘zining «SHarq falsafasi» asarida olimlar «g‘arbchilar» va «sharqchilar»ga ajratar ekan, ba’zi kishilarning falsafiy yo‘nalishida yunon falsafasiga yopishib olish holatlarini johilliklarini aqllarining zaifligi oqibati deb boholagan edi. Ulug‘ Hind mutaffakiri Svami Vivekamanda: «Evropa ovozi – siyosat ovozidir, va bu borada uning ustozi qadimgi YUnonistondir» deydi. SHarq ovozi – ruhiyat va ma’naviy ovozdir – barcha payg‘ambarlarning butun hayot faoliyatlari Ruhni targ‘ib qilishga qaratilgan.

Kommunistik ma’fkura qurboni bo‘lgan rus sharqshunos va ruhiyatshunos olimasi E.P.Blavatskaya shunday degan: «SHarq tarbiyasi an’anasining asosida birdamlik va uyg‘unlik falsafasi yotadi. SHarq ustoz o‘z shogirdlariga «bir qo‘lning barmoqlari singari» birdam va uyg‘un bo‘lish ruhini singdiradi. YAna mafkuraviy tayziqqa uchragan rus sharqshunos olimlaridan biri S.F.Oldenburgning fikricha: «g‘arb moddiy madaniyat borasida, shu darajada tuban va ayanchlidir». Insoniyatning haqiqiy umumbashariy madaniyati g‘arb sivilizatsiyasi va SHarq ma’naviyatining qo‘shilishi asosida yaratilishi mumkin.

g‘arbchilik ruhida sho‘ro fani ilmiylikka emas, balki mafkuraviylikka asoslangan edi. Qadimgi SHarq deganda Evropaning ko‘proq muloqatda bo‘lgan Misr, Osuriya, Bobil va g‘arbiy Osiyo tushunilar va ularning faqat tarixi bilan cheklanib qolinardi. . .

Umuminsoniy qadriyatlar negizida 2 ta konsepsiya yotadi:


  1. Evropamarkazchilik konsepsiyasi – oqimi

  2. Osiyomarkazchilik oqimi – konsepsiyasi.

Umuminsoniy qadriyatlar mavqeidan qaraganda, Evropa markazchilik (evroapsentristik) va Osiyo markazchilik (aziatsentristik) oqimlarni engib o‘tish kerak bo‘ladi. Sivilizatsiya va qarshi kurash shunga olib keladiki, turli irqchilik nazariyalari, mustamlakachilik mafkurasi va siyosati yuzaga kelishi bilan birga Evropamarkazchilik ta’limotiga ko‘ra go‘yoki g‘arb ilg‘or, uyg‘un rivojlanuvchi taraqqiy etuvchi sifatida, SHarq esa sustkash, dangasa an’analarga yopishib olgan tarzda qaralib, g‘arb bilan SHarq bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘yilgan edi. Bu narsa jumladan falsafa sohasida, fanda ham ko‘p ko‘zga tashlandi. SHunday tadqiqotlarning «asosi» sifatida turli sabablarni bichib-to‘qib chiqarishdan ham tabtortinmaydi: g‘arb kishisining miyasi va tafakur tarzidan mutloqo boshqacha, ya’ni ustun ekanligi ta’kidlandi. Tabiiyki, har qanday xarakatda qarshi tezkor qarshi harakat vujudga keladi. SHu bois SHarqda ham darhol buni aksini isbotlashga kirishib ketildi, ya’ni SHarqliklar o‘z ustunliklarini davo qila boshlashdi.31

Har ikkala markazchilik sentrizm vakillari, madaniyat va sivilizatsiyaning chetda qoldirib, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishdi va hatto qadimgi faylasuflarning fikrlarini tan olishmay qo‘ydilarki, chunonchi qadimgi YUnon faylasufi Geraklit «Sog‘lom fikir - hamma uchun umumiy» degan edi.32

Markschilik (sentristik) g‘oyalarining takrorlanishi hozirgi kunda ham yuz berib turibdi va bunday harakatlar faylasuflar, madaniyat xodimlari vakillari va umumjahon xalqlari va mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikda rahna solishga xizmat qilmoqda. Bunday urinishlar talabalar va aspirantlar auditoriyalarda ham paydo bo‘lib, SHarq va g‘arb faylasuflarining fikrlariga ko‘r-ko‘rona, noaynan va oshirish baho berilgan tarzda namoyon bo‘lmoqda. Binobarin, zamonaviy fan esa g‘arb va SHarqni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishning asossiz ekanligining isbotlovchi rad etib bo‘lmaydigan dalillarga ega (o‘sha kitob 46- bet).

Bugungi kunda asosiy yo‘nalish umuminsoniy qadriyatlarga qaratish, zamonaviy sivilizatsiyaning rivojlanishi va mustahkamlanishining zaruriy sharti va omilidir. O‘z tizimida haqiqiy, utkinchi bo‘lmagan milliy qarg‘driyatlarni mujassam etgan nsoniy qadriyatlarga tayanish tafakkurning eng muhim metodologik qoidalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday yondashuv SHarq va g‘arbning turli falsafiy ta’limotlari, oqimlari, yo‘nalishlari o‘rtasidagi va umuman ular madaniyatlari o‘rtasidagi musobaqa hamkorlikning zarurligini ko‘rsatib beradi. Busiz bugungi kunda olammshumul muammolarni echish mushkul, chunki hoh yirik hoh kichik xalqning tarix va dunyo sivilizatsiyaning chekkasida yashash mumkin emas.

«Ayniqsa, taenlangan o‘z taraqqiyot va islohat yo‘limizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan miliy madaniyatimiz, SHarq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand bo‘lish muhimdir»33 degan edi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 1995 yil 3 oktyabrda Davlat va jamiyat qo‘rilishi akademiyasining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida.

O‘zbekiston FA A. Navoiy nomidagi muzeyning etakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Faezulla Sulaymonova «SHarq va g‘arb» asarini chop qilgan34

Nur sharqdan . . . Burin imperiyamida keng tarqalgan maqol. YAqin vaqtlargacha YUnon va Rimda ilmu-fan rivoj topishida Misr, umuman yaqin SHarq mamlakatlari asos bo‘lib xizmat qilinganligi aytilgan.

Eramizdan avvagi VII-V asrlarda shakllangan Ioniya fani va falsafasi YAqin SHarq ta’siri ostida emas, balki bizning qadimi dinimiz Zardushtiylik ta’limoti asosida shakllangan ekan.

SHarq madaniyati, ilm-fani falsafasi, va adabiyotining ta’siri, Janubiy Fransiya provans SHimoliy Fransiya va Italiyada kuchli bo‘lgan. Parijda, SHarq she’riyatining ta’siri ostida Turbadur va turumerlar, Italiyada «YAngi yoqimli uslub» shakllandi.

Agar g‘arbiy Evropa fan va texnika rivojining oliy darajasi ko‘tarilgan bo‘lsa, SHarq xalqlari inson qalbini, ruhiyatinin o‘rganishda yuqori darajaga ko‘tariladilar. Rus adibi S. Sulginskiy: «g‘arb – oqim, SHarq - donishmandi, g‘arb – kenglik, sharq - teranlik, g‘arb – xarakat bilan yashagan, sharq esa orzu-umid bilan yashagan, agar g‘arbning atoqli olimlari halok bo‘lsalar, SHarqda ular faylasuflar . . . g‘arbga nisbatan bir-necha asrlar avval, SHarqda ilim-faning deyarli barcha sohalari uchun asos yaratilgan edi.», - deb yozgan.

Gyotening «g‘arbiy-SHarqiy devoni»da quyidagi to‘rtliklar bor:

Agar sen qalban bilimdon bo‘lsang,Quyidagi fikrni anglagin –

Butun g‘arb va SHarq CHambarchas bog‘lanishgan

Xulosa: Demak, umumiyinsoniy qadriyatlarning mohiyati va mazmuniga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalash – tavsiflash mumkin:



  1. Inson va insoniyat – eng oliy qadriyatlardir.

  2. Insoniyatning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tabiiy imkoniyatlar, mehnat, mehnat qurollari va mehnat mahsulotlarining birligi moddiy hayot qadriyatlari deyiladi.

  3. Jamiyatning hayoti faoliyati uchun zarur bo‘lgan va insoniyat taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tuzimlar (oila, millat, sinf, davlat) kabilarning mavburiy ijtimoiy hayot qadriyatlari tushunchasi bilan ifodalanadi.

  4. Kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan ilmiy bilimlar, falsafiy, axloqiy, estetik g‘oya va ideallar yig‘indisi ma’naviy hayot qadriyatlari deb ataladi.

Umuminsoniy qadriyat, bu avvalo bashariyatning mavjud bo‘lishi va yashab qolishi ta’minlaydigan tinchlik, umumjahon sivilizatsiyasi madaniyati kabi tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa, hozirgi termayadro asrida insoniyatning eng oliy qadriyati bu tinchlik va osoyishtalikning har qanday yo‘l bilan bo‘lsada saqlab qolishdir. Busiz har qanday qadriyat haqida gapirish aslo mumkin emas.35

Qadriyatlar qanday turkumga ajralmasin va qanday ko‘rinishga ega bo‘lmasin insoniy munosabatlar va umuman insoniyatsiz u hech qanday ahamiyat kasb etmaydi va tushuncha sifatida ham u biror ma’noni anglatmaydi.

Demak, faqat inson va insoniy faoliyat tufayli qadriyat tushunchasining haqiqiy ma’nosini ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong doirasida hamda shunga mofiq tarzda kishilarning ijtimoiy faoliyati sohasiga tatbiqan tushuntirish va o‘rgatish mumkin.

Umuman milliy ma’naviytni ikki yo‘nalishda ko‘rib chiqish mumkin:



  1. Tadrijiy yo‘nalishda, ya’ni tarixiy takomil jarayonida

  2. Tarkibiy yo‘nalishda, ya’ni turli jihatlarga yaxlit tizim sifatida

Ma’naviyatimizning asosiy qirralari – e’tiqod va ibrat (sunna), ilmi va mantiqiy tafakkur (islom marifatchiligi), haqiqat ishqi yo‘lida ruhiyat safarbarligi va iroda qudrati (tasavvuf va ilhom), pok insoniy mehir va ijtimoiy faolik (majox tariqi) – bir-birini inkor etmaydi, balki bularning biri kimda kam bo‘lsa, unda ma’naviy to‘kislik bo‘lmaydi? (Imomnazarov.M. Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari. T.: SHarq, 1996, 140-bet).


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish