3.Affiksal morfemaning turlari. - Turkologiyada an’ana bo’yicha affiksal morfema sifatida to’laqonli so’zlar emas balki mustaqil qo’llanmaydigan birliklar tan olinadi. Turkiy tillarda morfemalar 3 ta guruhga ajratiladi. Buni so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi va shakl yasovchi qo’shimchalar misolida ko’rish mumkin. O’zak va qo’shimchalarning turlari qat’iy tartib asosida birikadi: ya’ni o’zak+so’z yasovchi qo’shimcha+shakl yasovchi qo’shimcha+so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha.
Affiksal morfemalarning kelib chiqishi masalasidagi muammlardan biri affikslarning fuziyasi, ya’ni qo’shilib birlashish talqinidir. Turkiy tillarda bir xil ma’noli va, hatto har xil ma’no (vazifadagi) affikslar ham fuziya jarayonida o’zgarishga uchragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |