Mahmud qoshg‘ariy turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarini o‘rganish maqsadida butun Markaziy Osiyoni kezib chiqdi. O‘zi to‘plagan boy dalillari asosida xalqimizning buyuk olimi “Javohirun nahfi lug‘atit turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va “Devoni lug‘otit turk” (“Turk tilning lug‘ati”) asarini yozgan. Mahmud qoshg‘ariyning birinchi asari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo‘q. Olimning ikkinchi asari 1074-1075 yillarda yozilgan. Asarda turkiy qavm-urug‘lar: qipchoq,. o‘g‘uz, boshqirt, basmil, qay, yaboku, tatar, qirg‘iz, chigil, yag‘mo, tuxsi, uyg‘ur, tangut, tabg‘ochlardan tashqari yana fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |