Mavzu: Turkistonda jadidchilik ma'rifatparvarlik harakatining yuzaga kelishi va yoyilishi Reja



Download 326,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana18.01.2022
Hajmi326,86 Kb.
#387985
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turkiston

jadidchilik

 milliy-ozodlik harakati 

sifatida tarixga kirgan bo’lib, ular dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, 

ma‘rifat va taraqqiyotga erishish g’oyalari mavjud edi. Ular erkinlikka erishish 

yo’lida milliy ong va o’zlikni bilishni o’stirish zarur, deb ta‘kidlaganlar.  

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston jamiyatida ma‘naviy inqiroz 

chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umumsoni qadriyatlardan 

baxramand bo’lmay, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymay, ijtimoiy va 

iqtisodiy taraqqiyotga erishib bo’lmas edi. Shu sababli jadidlar millatning  

ma‘naviy kamoloti ma‘rifatga erishuvida deb to’shundilar. Buning uchun 

maktablarda dunyoviy bilimlar berish bilan isloh qilish zaruriyatini ta‘kidlab, 

milliy uyg’onish va milliy ong shaklanishida muhim rol uynaganlar. 

Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishidir. Shuning uchun biz 

bu o‘rinda masala bayonini ma’rifat va ma’rifatparvarlik tushunchalari va uning 

ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik. 

Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda 

ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan 

ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’rifat so‘zining ko‘pchilikdagi ma’nosi maorifdir. 

Ma’rifat atama sifatida – tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman 

bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani – bilimli, muayyan 

sohada ma’lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan 

hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi 

ilmning, ya’ni ma’rifatning ma’lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, 

kimyoning ma’lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, 

medisina va boshqalarning ham ma’lum yo‘nalishlarini egallaydilar. 

Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak 

ma’rifat - bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu 

mazmunni yoyish quroli, vositasidir. 




Ma’rifat asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va o‘quv 

yurtlarida tarqatiladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo‘lib, 

bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va 

sohalarini o‘z ichiga oladi. 

Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma’rifatparvar – 

ma’rifat uchun ko’rashuvchi; ilm, bilim chirog‘ini yoquvchi; ma’rifat homiysi va 

tarafdori demakdir. 

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir 

tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk, 

ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi 

ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. Ma’rifatparvarlar 

odatda davr uchun, jamiyatninng, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi 

uchun muhim g‘oyalarni ilgari suradilar, shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun 

kurash olib boradilar. 

Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadisni bartaraf etadi, insonga beqiyos 

ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat bahsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun 

kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb 

biladilar va ma’rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma’rifatga 

intilib yashagan. Bu o‘lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar 

yetishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini 

hayratga solganlar. Bunga 1998 yilda Ahmad al Farg‘oniy tavalludining 

1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi keng 

nishonlanganligini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. 

O‘tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, 

Mirzo Ulug‘bek va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini egallab qolmay, uni - ya’ni 

ma’rifatni keng targ‘ib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar. 

Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja 

Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali 




Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr 

oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos 

etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tizim va 

jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash 

olib bordilar. Bu ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilm 

fan madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ilm chirog‘i 

bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etdilar. 

Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda 

ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko‘rsatdilar. 

Ko‘rinadiki, jadidchilik, ma’rifatchilik ham millatni ma’rifatli qilish, ma’naviyatini 

yuksaltirish maqsadlarida yo’zaga kelgan buyuk tarixiy harakatdir. 

Jadidchilik - yangilanish, yangi usul ma’nosini anglatadi. U yangi zamonaviy 

maktab, matboa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi. 

Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal 

qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, 

xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod 

etish, konstitusion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat 

qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin to’zish va 

boshqalardan iborat. 

Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yo’zaga kelgan, o‘zbek 

xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan 

ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, 

ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilik qilgan. O‘lkani 

mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo‘ydilar. 

Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini 

payqadilar. Shu orqali milliy uyg‘onish yasamoqchi bo‘ldilar. Buni esa ta’lim va 

tarbiyada - ma’rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha 

ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo‘lida hormay-tolmay ishladilar. 




XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda 

katta bo‘lgan. Bu davrlarda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqurlashgan bo‘lib, 

milliy madaniyatni ko‘tarmay, umumsoni qadriyatlardan bahramand bo‘lmay 

ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo‘lga qo‘ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 

taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo‘lmas edi. Jadidlar, ya’ni ma’rifatchilar 

millatning ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zining butun kuchi va iste’dodini safarbar 

etishga tayyor bo‘lgan fidoyilar edi. 

Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog‘idan olib chiqish uchun harakat qilar 

ekanlar, bunda shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim 

berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g‘oyasini ilgari 

surganlar va bu borada o‘zlari amaliy harakat namunasini ko‘rsatganlar. 

Xullas, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyg‘onish va milliy 

ong yuksalishida katta rol o‘ynagan. 

 Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, 

Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo‘jayev, So‘fizoda, 

Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g‘oyat og‘ir sharoitlarda targ‘ib etishga harakat 

qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga 

urishga yo‘l qo‘ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma’rifatchi jadidchilar 

og‘ir moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning 

ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning 

murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, 

milliy iftixor to‘yg‘usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini 

anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o‘z zimmalariga 

oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar 

maktablar ochar, ularda o‘zlari dars berar, o‘quv qo‘llanmalari yozar, nashr etar va 

bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatar edilar. Bu yo‘lda hatto o‘z mablag‘larini 

ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning 

hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik 

jamiyatini qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz. Bu 



ulug‘vor vazifalarni hal etish, Prezidentimiz Islom Karimov «Turkiston» gazetasi 

muxbirining savollariga javoblari, ya’ni «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan 

qurmoqdamiz»da: «Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu ulug‘vor va murakkab 

vazifalarni hal qilish, eng avvalo, ta’lim tarbiya, ma’rifat masalasiga borib taqaladi. 

Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, 

televideniye orqali odamlarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarbiyalash, maktab-

maorif tarmoqlariga homiylik, saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu 

xususiyatlarni kuchaytirish zarur»

 -deb ta’kidlaganlarida yuqorida biz qalamga 



olgan fidoyi, saxiy, millatparvar insonlar kabi bo‘lishga bizni chorlayotgan 

bo‘lsalar, ne ajab! 

Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning nazariy asoschilaridan biri 

Mahmudxo‘ja Behbudiydir (1879-1919). 

Behbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga 

qiziqadi, hisob, xuquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi. 

U haj ziyoratini ado etib, Makka va Madinaga boradi. Misr va Turkiya shaharlarida 

bo‘ladi. Peterburg, Minsk, Qozon, Ufa va Orenburg kabi Rossiya shaharlarida 

bo‘lib yangi davr madaniyati bilan yaqindan tanishadi. 

Mahmudxo‘ja Behbudiy, bolalarga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat 

farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi o‘quv 

yurtlariga yuborish kerak, degan masalani o‘rtaga tashladi. U quyidagi uch qoidani 

olg‘a surdi: 1) zamon talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish; 2) millat taqdiri va 

istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish; 3) milliy boqiylikdan chiqib, 

dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-

ma’naviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga 

aylanish. Asrimiz boshlarida ilgari surilgan bu qarashlar hozirgi davrimiz uchun 

mosligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning bunday ilg‘or fikrlari mustaqil 

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash 

borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Behbudiy orzu-




umidlarining ruyobga chiqishi, deb qaramoq lozim. Behbudiy ma’rifatning 

ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif 

bo‘limida ishlayturg‘on musulmonlarning boshini silangiz... o‘rtadan niqobni 

ko‘taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar. Hammaga ozodlik yo‘lini 

ko‘rsatingizlar...»

[2]


 Mahmudxo‘ja Behbudiy erksevarlik, millatparvarlik, 

ma’rifatparvarlik g‘oyalari uchun ta’qib ostiga olindi va o‘ldirildi. 

Jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan yana biri Munavvarqori 

Abdurashid o‘g‘li (1878-1931). U Toshkentda tug‘ilgan. Munavvarqori ham 

boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili deb 

xalqni savodli va ma’rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fikrdan kelib chiqib, 

Toshkentda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabni ochadi, unga rahbarlik qilib, 

musulmon bolalarni o‘qitadi. O‘z zamonasi uchun maqbul bo‘lgan «Adibi avval», 

«Adibi Soniy», «Yer yo’zi» kabi darsliklar yozadi. U ko‘proq yetimlarni, beva-

bechoralarning bolalarini o‘qitishga ahamiyat beradi. 

Munavvarqori ta’lim-tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, 

madaniy saviyasini ko‘tarmay jamiyatda katta o‘zgarishlar qilish aslo mumkin 

emasligini tushunib yetadi. 

Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan g‘oyalari tufayli sobiq 

zo‘ravon Sho‘rolar hukumati uni ta’qib ostiga oldi. 1931 yil 25 aprelda esa otib 

tashlandi. 

Milliy uyg‘onishga chorlovchi g‘oyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir 

yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma’naviy inqirozda bo‘lishini tanqid 

qildi, barchani savodli bo‘lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga 

chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» 

degan g‘oyasi ma’rifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U 

ma’rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma’rifat ziyosidan 

bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko‘rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» 

kitobida ma’rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqyotida tutgan o‘rni haqida qimmatli 




fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o‘rganish – bugun o‘zligimizga 

qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu 

o‘rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik. «Ilm inson 

uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki ilm bizga o‘z ahvolimizni, 

harakatlarimizni oyna kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, 

savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To‘g‘ri 

yo‘lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas’ul bo‘lishimizga sabab bo‘lur. 

Bizlarni ilm jaholat qorong‘uligidan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat 

dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur... 

Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va 

oxiratimiz ilmga bog‘liqdur». 

Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq 

Sho‘rolar to’zumi davrida nihoyatda fojiali bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligiga yuqorida 

bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» degan tamg‘a bosilib, 

qatag‘on qilindi, jadidlar g‘oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. 

Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini 

yana bir asrga orqaga surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik 

g‘oyaning tazyiqida, keyinchalik esa iskanjasida bo‘lib, to‘la ravishda namoyon 

bo‘la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o‘rganishga intilganlar ham 

tazyiq ostiga olindi. Uni o‘rganishga intilganlar ham ta’qib qilindi. Mustaqillik 

sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik 

g‘oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, 

asarlari chop etildi. Jadidlarning g‘oyalari o‘lmas g‘oyalar bo‘lgani uchun ham 

mustaqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib keldi. 

 


Download 326,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish