Mavzu: turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi tarixi


TOSHKENT SHAHRI TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING SIYOSIY VA MA’MURIY MARKAZI



Download 0,87 Mb.
bet5/5
Sana11.03.2022
Hajmi0,87 Mb.
#490586
1   2   3   4   5
Bog'liq
TURKISTON GENERAL GUBERNATORLIGINING TASHKIL ETILISHI TARIXI (3)

TOSHKENT SHAHRI TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING SIYOSIY VA MA’MURIY MARKAZI
Bu yerlarni boshqarish uchun podsho hukumati tomonidan 1867 «tajriba tarzida uch yilga» «Sirdaryo va Yettisuv viloyatlaridagi boshqaruv to‘g‘risidagi nizom», 1868 yilning iyunida «Zarafshon okrugini boshqarishning muvaqqat qoidalari», «Farg‘ona viloyatini boshqarish bo‘yicha 1873 yil muvaqqat nizomi», «Amudaryo bo‘limini boshqarish bo‘yicha 1874 yil 21 may nizomi» ham ishlab chiqilgan bo‘lsada, ularning barchasi o‘z faoliyatida «harbiy va ma’muriy hokimiyatning birdamligi va uning bitta qo‘lda birlashtirilishini» rejalashtirdi.
Turkistonning Toshkentdan boshqa shaharlarida, o‘z-o‘zini boshqarish organlari tashkil qilinmagan edi. 1867 yil Nizomiga ko‘ra, jamoat-xo‘jalik ishlari shaharlarda saylanuvchi mahalliy ma’muriyat tomonidan amalga oshirilardi. Shaharlar qismlar (shahar rayonlari)ga bo‘linib, ularni oqsoqollar boshqarardi.
Toshkent shahri Turkiston general-
gubernatorligining siyosiy va ma’muriy
markazi hisoblanib, o‘ziga xos ma’muriyat
tizimiga ega edi. Bu yerda shahar ma’mu-
riyatini shaharning maxsus boshlig‘i bosh-
qarardi. Shaharning «eski» va «yangi»
qismlarida alohida jamoat-xo‘jalik bosh-
qaruvlari tashkil qilingan edi.
Turkiston general –gubernatorligi tuzilgan vaqtdan general – gubernatorga katta vakolatlar berildi. U ham fuqaroviy ma’muriyat boshlig‘i, ham Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni bo‘ldi. Podsho yorlig‘ida K.P.Kaufmanga “barcha siyosiy, chegara va savdo-sotiq ishlarini hal qilish, qo‘shni mamlakatlarda muzokara olib borish va shartnoma izolash, qarorlar uchun shartlarni kelishish” kabi vakolatlar alohida ta’kidlab o‘tiladi.
General – gubernator boshqaruv siyosatidan norozi bo‘lgan, siyosiy jihatdan ayblangan kishilarni besh yilgacha bo‘lgan muddatga badarg‘a qilish va qarshilik ko‘rsatilgan taqdirda, ishni harbiy sudga oshirish huquqiga ega bo‘lib, u aholiga solinuvchi soliqlar miqdorini belgilash, xorijliklarni rus fuqaroligiga qabul qilish, kreditlarni taqsimlash, shu jumladan, tub aholiga mansub bo‘lgan shaxslarga o‘lim jazosi berish haqidagi hukmlarni (agar ular qozilik va biylik sudlari tomonidan chiqarilgan bo‘lsa) bekor qilish huquqiga bo‘ldi.
Kanselyariya maxsus tuzilgan hukumat komissiyalari bilan hamkorlikda keyinchalik Rossiya vazirliklari va Davlat Kengashi e’tiboriga havola qilinuvchi Turkistondagi barcha qonunlarning loyihalarini ishlab chiqishda qatnashib bordi. Kanselyariya kadrlar masalalari bilan faol shug‘ullanib, “vazifasini bajarish huquqi berilgan lavozimlarga tayinlash, qo‘l ostidagi joylar va shaxslarni nazorat qilish, ishlarni hal qilish va qonunlarning bajarilishi yuzasidan choralar ko‘rish, yuqori boshliqlarga taqdim qilish” kabi vazifalarni bajardi. Shu tariqa o‘lka rahbariga harbiy, siyosiy va ma’muriy sohalarda cheksiz vakolatlar beriladi.
Viloyatlar boshqaruvi harbiy gubernator va viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilib, harbiy gubernator qoshida amaldorlar va
viloyat boshqarmasi mavjud bo‘lgan, vilo-
yat boshqarmasiga harbiy gubernatorning
yordamchisi raislik qilgan. Bu yordamchi
harbiy gubernator bilan kelishilgan holda
imperator yorlig‘i bilan vazifasiga tayinlan-
gan va ozod etilgan. Harbiy gubernator
bo‘lmagan paytlarda uning vazifasini yor-
damchisi bajargan. Viloyat boshqaruvlari
ma’muriy, sudlov, politsiya, moliya va
xo‘jalik yuritish funksiyalarini bajardi.
Ko‘chmanchi aholi sonining ko‘pligi tufayli, bo‘lislar bilan bir qatorda, aholi o‘troq yashovchi rayonlarda oqsoqolliklar ham tashkil qilingandi.
Uezd ma’muriyatini uezd boshlig‘i boshqarib, unga uezdda joylashgan qo‘shinlar ham bo‘ysungan. Uezd boshliqlari viloyat harbiy gubernatorlarining taqdimnomasiga ko‘ra, general-gubernator tomonidan tayinlanib, ishdan olinardi. Uezd boshlig‘i bir vaqtning o‘zida ispravnik, polismeyster, zemstvo boshlig‘i, shahar hokimi, yer-soliq xizmati raisi ham bo‘lgan. Uezd boshqaruvining shaxsiy tarkibiga uezd boshlig‘idan tashqari, uning yordamchilari va kanselyariya xodimlari ham kirgan. Uezd boshlig‘i yo‘q bo‘lgan hollarda uning vazifasini yordamchilari bajargan. Uezd ma’muriyati joylardagi barcha ishlarni rejalashtirib, muvofiqlashtirishi bilan bu bo‘g‘inga g‘azna ishlarini nazorat qilish, soliqlarni hisoblash, ichki tartibni kuzatish, yer-suv tufayli kelib chiqqan nizolarni hal qilish, uezdning bo‘lis va qishloq ma’muriyatlari faoliyatini nazorat qilish borasidagi ko‘p sonli ishlarning asosiy og‘irligi tushardi. Aytish mumkinki, uezd boshlig‘i jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy hayotining deyarli barcha sohalarida monopoliyachi hisoblanib, mustamlakachilik siyosatining mohiyati va ruhini uezd miqyosida hayotga tatbiq etar edi.
Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish