Mavzu: turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi tarixi


TURKISTON VILOYATINING ICHKI MA’MURIY-HUDUDIY BO‘LINISHI



Download 0,87 Mb.
bet2/5
Sana11.03.2022
Hajmi0,87 Mb.
#490586
1   2   3   4   5
Bog'liq
TURKISTON GENERAL GUBERNATORLIGINING TASHKIL ETILISHI TARIXI (3)

TURKISTON VILOYATINING ICHKI MA’MURIY-HUDUDIY BO‘LINISHI.
Turkistonning birinchi general-gubernatori fon Kaufmanning podshoga yo‘llagan hisobotida ham shunday so‘zlar yozilgan edi: «1863-1867 yillardagi muvaffaqiyatlar, ...bu turg‘un va o‘z turg‘unligiga o‘ralgan mamlakatning butun siyosiy tizimini barbod qilgani holda, yakson bo‘lgan kuchlarni qo‘lga olish, ularni o‘lkaga rus davlati manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib kelingan yangi ijobiy siyosiy va fuqaroviy dasturlarni bajarishga yo‘naltirishni uddalay olmadi”.
O‘lka bosib olingach, yangi boshqaruv munosabatlari «metropoliya - koloniya» yoki «markaz - chet o‘lka» prinsipiga ko‘ra o‘rnatildi. 1865 yil 2 martda Rossiya Senatining Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Orol dengizidan Issiqko‘lgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo xonliklari bilan chegaradosh hududlarda Turkiston viloyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Turkiston viloyatining ichki ma’muriy-hududiy bo‘linish tizimi sof harbiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, uning asosini harbiy-hududiy birliklar tashkil qildi. Viloyat uch bo‘limga: o‘ng qanot, markaz va chap qanotga bo‘lindi. Viloyatning ma’muriy markazi qilib dastlab Chimkent shahri belgilandi. Toshkent egallanib, to u Rossiya tarkibiga rasman kiritilguniga qadar, bu shahar Turkistonning ma’muriy markazi bo‘lib turdi.
Hududni ichki tashkillashtirish imperiyaga xos ma’muriy an’analar ruhida, mutlaq harbiy qo‘mondonlik va imperiya g‘aznasi manfaatlaridan kelib chiqib o‘tkazildi. Davlat o‘z tarkibiga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga ko‘ra, «buyuk rus» markazidan orqada bo‘lgan xalqlar yashovchi hududlarni kiritar ekan Rossiya imperiyasi Turkistonga keng istilochilik harakatlari davrida hududiy egalik ko‘lamiga doir tayyor puxta rejaga ega bo‘lmaganligi sababli avvalo, arzon va samarali boshqaruv hamda mustamlaka tizimni yaratish haqida qayg‘urdi. 
Binobarin, bosib olingan yerlarda boshqaruvni tashkil qilish bilan bog‘liq tayyor loyihalar ham yo‘q edi. Shu bois Turkiston viloyatining ma’muriy qurilishini tartibga solishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish tashabbusi imperiya harbiy qo‘mondonligi qo‘liga o‘tdi. Shu mazmundagi birinchi hujjat Yangi Qo‘qon liniyasi qo‘mondoni M.G.Chernyaevning shtabida ishlab chiqildi, Peterburgga «O‘rta Osiyo chegara viloyati haqidagi nizom loyihasi» ko‘rinishida taqdim etildi. Bu loyiha Harbiy vazirlikda qayta ishlandi va 1865 yilning 6 avgustida Aleksandr II «Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom»ga imzo chekdi. Turkiston viloyati tashkil etilib, unga general-mayor M.G.Chernyaev gubernator etib tayinlandi. Ushbu qonunchilik hujjatida hokimiyatni tashkillashtirish tizimi Kavkazorti hududidagi singari «harbiy-xalq boshqaruvi» deb yuritildi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish