- 2.2. Turizmning zamonaviy turlari
- Xalqaro miqyosda, shuningdek O'zbekistonda ham hozirgi davr turizmi ishlab chiqarish. Iqtisodiyot sayohatdan yangi sohadagi industriyaga aylanib bormoqda. Sayohatchilarga xizmat qilish, madaniy va moddiy-texnik jihatdan xizmat qilish yo'li bilan sayohat poydevorini mustahkamlashning yangi usullari keng tarqalmoqda.
- Rossiyadagi Umumrossiya xalq sayohati jamiyati (Vseross.narodnogo turket.obhestva - VNTO) modeli asosida mamlakatda quyidagi turizm faoliyatlari rivoj topmoqda:
- Turizm manzaralarining (prostranstvo) kengayishi;
- Ijtimoiy turizm va vatanparvarlik (xayriya-ekosan) ekspeditsiyalar "O'zbekiston hammamizning uyimiz";
- Mahalliy (ichki) turizm;
- Ma'naviy-ma'rifiy va iqtisodiy shakllanish (haj safarlari);
- Ixtisoslashgan va ijtimoiy hamkorliklar;
- Tijorat va tadbirkorlik faoliyatlari;
- Ijtimoiy fondlar shaxsiy omonatlarni saqlash; Davlat byudjetlaridan voz kechish;
- Sayrlar - o'lkashunoslik ishlarini bolalar sayohat stansiyalari, mahallalarda tashkil qilish;
- O'quv ta'tillari va mehnat ta'tillarida sayr-sayohatlar;
- Turizm to'g'risidagi qonun va qarorlarni hayotga singdirish;
- "O'zbekiston-ekspress" poezdi bilan Ekosan-tur xalqaro jamg'armasi, "Kamolot", "Qariyalar jamg'armalarining o'lka bo'ylab sayr-sayohatlari;
- O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida ixtisoslik (kasbiy) turizm kadrlarini tayyorlash;
- "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari talablaridagi sayr-sayohatlarni o'quvchi yoshlar va mehnatkash ommasiga singdirish;
- Sayohat jihozlari va mehmonxona sharoitlarida ishlatiladigan buyumlar, chinni idish-tovoqlar va texnik vositalarni ishlab chiqish, xarid qilish;
- Ommaviy madaniy tadbirlar, sport musobaqalari va xorijiy sayyohlarning ishtirokidagi anjumanlarda reklamalar;
- O'zbekturizm milliy kompaniyasi, Ekosan-tur Xalqaro jamg'arma jamiyatlarining nashr ishlarini ko'paytirish va x.k.
- Turizmning turlari mamlakatlarning geografik jihatdan joylashishi, iqlim sharoiti, shug'ullanuvchilarga moddiy-texnik ta'minotning yaratilishi va boshqa bir qator sabablarga ko'ra ko'p turlarga bo'linadi.
- Sobiq Ittifoq davrida deyarli turizmning barcha turlari (piyoda yurish, tog', g'or, qiyalarga osilib chiqish - skalolazanie, sportcha chamalab topish, suv turizmi, avto-moto turizmi va h.k.) yagona sport klassifikatsiyasidan sport turi sifatida o'rin egallagan edi.
- O'zbekistonda ham mazkur turlar turizmga qiziquvchi iqtidorli yoshlar orasida ancha tarqalgan edi.
- Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya (Oltoy, Sibir, Ural va x.k.), Ukraina, Belorussiya, Kavkaz respublikalari va Boltiqbo'yi mamlakatlarida sport turizmining barcha turlari bO'yicha nufuzli musobaqalar o'tkazish davom etmoqda.
- O'zbekistondagi turli islohotlar, ba'zi shart-sharoitlar (o'zini-o'zi boshqarish, moddiy-texnik ta'minlash va h.k.) tufayli sport turizmi bo'yicha maxsus tadbirlar, musobaqalar rasmiy ravishda tashkil qilinmayotir.Shu sababdan faqat tog' turizmi, qoyani zabt etish, avto-moto turizmi bilan shug'ullanuvchilargina o'z faoliyatlarini to'xtatgan emas.
- Xalqaro sport klassifikatsiyasiga kiritilgan turizm turlari quyidagi yo'nalishlar va talablardan iborat.
- Turizm bo'yicha razryadlar va kategoriyalar murakkabligi. Xalqaro yagona sport klassifikatsiyasida turizm mustaqil sport turi hisoblanadi va boshqa sport turlaridagi razryadlar bunda ham mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
- Razryad normalarini qayta bajarish muddati ikki yilga belgilanadi va bunda bir kategoriya yuqori normativni bajarish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |