2.3.6. Tibbiy ko'rik va vrach nazorati - 2.3.6. Tibbiy ko'rik va vrach nazorati
- Maktab o'quvchilari va barcha turistlar sayohat, ayniqsa ko'p kunlik yurishlar oldidan maxsus meditsina ko'rigidan o'tib, sayohat uchun ruhsat olishlari talab etiladi. Uzoq sayohatga borish uchun mo'ljallangan o'quvchilarni maktab yoki mahalla vrachi avvaldan kuzatib, nazorat qilib borishi, ularning kartochkalariga tegishli xulosalarni muntazam yozib borishi lozim.
- Shunga qaramasdan, cayohat davomida uzoq yurib charchaganligi, ob-havo ta'sirida ayrim o'quvchilarda shamollash, yo'talish, isitma chiqarish, bosh yoki qorin og'rig'i paydo bo'lishi muqarrar. Buning oldini olish uchun maxsus dorilardan foydalanish mumkin. Dorilar sayohatchilarda individual ravishda hamda guruh uchun olingan aptechkalarda mavjud bo'ladi.
- Bolalar organizmi yoshga qarab turli xil rivojlanish xususiyatiga ega. Tabiatning go'zalligi, sayohatning qiziqarligi tufayli ayrim o'quvchilar charchaganligini tezda sezmasliklari mumkin. Shu sababdan ularning yoshi, jismoniy tayyorgarligiga qarab yuklama berish lozim.
- Har bir turist yurishgacha va yurishda o'z sog'lig'i, jismoniy chiniqishini nazorat qilib borishi kerak.
- 2.4. Sayohatlarda jismoniy tarbiya
- 2.4.1. Sayr (ekskursiya) jarayonlarida jismoniy tarbiya
- Sayorlar (ekskursiya) asosan turli uklovlarda o'tkazilishi tufayli qatnashchilarning faol harakati ma'lum darajada kamayadi, ba'zan esa umuman bo'lmaydi. Shu sababdan sayrlar jarayonida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish, eng qulay usullarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ularni quyidagi shakllarda o'tkazish mumkin:
- 1. Ertalabki gigienik gimnastika mashqlarini mustaqil bajarish yoki guruh shaklida tashkil qilish (rahbar yoki mehmonxona, turbaza xodimi).
- 2. Sayohat manzillaridan chiqish yoki tomoshalar cho'zilgan paytda usha manzilda gavda harakatlariga (yurish, egilish, burilish, o'tirib-turish, joyda sakrash, nafas olish va chiqarish) doir 4-6 ta mashqlarni bajarish. Bunda mustaqil holatda yoki uyushgan holda (guruh) kishilarning yoshi va jinsiga qarab bajarish zarur bo'ladi.
- 3. Bo'sh paytlarda xiyobonlar, manzarali joylar, sport inshootlarida yurish, yugurish, sakrash, turli o'yinlar (futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton, harakatli o'yinlar, turli estafetalar) va harakatlarni mustaqil yoki uyushgan holda (guruh) bajarish.
- 4. Sog'lomlashtirish markazlari, turizm maskanlari (baza) va tog'li sharoitlarga olib chiqilganda soylik, tepa-qir va so'lim joylarda yurish, mashqlar bajarish.
- Hozirgi davr ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlar har bir kishidan o'z sog'ligi uchun kurash olib borishni taqozo etadi. Shu sababdan sayohatda ishtirok etuvchilar va ularni tarbiya mashqlarining majmualari (kompleks) va ularni bajarish yo'llarini bilishlari lozimdir. Shu asosda sayr-sayohatlarda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishni kanda qilmaslikka odatlanishlari zarur bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |