Shaxsiy brend nima uchun kerak?
Shaxsiy brend ishonchni oshiradi. Odamlar abstrakt brendlardan ko‘ra, o‘zlariga o‘xshash boshqa odamlardan faol tarzda mahsulot sotib olishadi. Savdo va yangi hamkorlar ishonchdan kelib chiqadi.
Shaxsiy brend institutdagi reyting daftariga o‘xshaydi: dastlab siz u uchun ishlaysiz, keyin esa u sizga ishlaydi. Bari oddiy.
Bu odam faqat ish va kasb haqida gapiradi. Siz ijtimoiy tarmoqda uning shaxsiy hayoti va qiziqishlari haqida ma'lumot topmaysiz.Bu obraz o‘z hamkasblarini o‘qitmoqchi bo‘lganlar uchun ideal. Shuning uchun ekspert ortidan butun bir boshli soha harakatlanishi uchun ustoz obrazini yaratish muhim.
Bu odam o‘z ekspertligini shaxsiyati bilan mujassamlashtiradi. O‘zi haqida gapiradi, tirik odam ekanini ko‘rsatadi.Uning auditoriyasi u kabi ko‘rinish, dam olish va yashashni istaydi. Biroq uning shaxsiy hayoti sirligicha qoladi. Odamlar uchun u bir vaqtning o‘zida ham ekspert, ham zo‘r yigit, bundan ortiq emas.Yuqorida yozilganidek, shaxsiy brend – obraz. Unga mos bo‘lish, uni qo‘llab-quvvvatlash lozim. Turli odamlar fikrida obraz buzilmasligi uchun hech qanday ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda doimiylik zarur.
O‘zingiz yaxshi biladigan sohani tanlang. O‘z mutaxassisligingizni aniqlang.O‘zingiz haqingizda do‘st, tanishlaringizga ijtimoiy tarmoqlarda mutaxassis sifatida gapirib bering.Maqsadli auditoriyangiz, salohiyatli mijozlaringiz kim ekanini aniqlang.
Sizga ko‘p daromad olib keladigan salohiyatli mijozlaringizning batafsil portretini tuzing. Ular vaqtini qayerda o‘tkazishi, nimani o‘qishi, qanday kanallarni ko‘rishini tushunish muhim4.
O‘z sohangiz va unga yaqin bo‘lgan mavzulardagi kitoblarni o‘qing, bilim darajangizni oshiring, xorijiy tillarni o‘rganing – suhbatlashish qiziq bo‘lgan odamga aylaning.
Tashqi obraz haqida o‘ylab ko‘ring. Mahsulotda bo‘lgani kabi brend-odamda ham muayyan jihatlar bo‘lishi lozim. Toki ular yordamida sizni tanish oson bo‘lsin. Bular: yorqin bo‘yinbog‘, pushtirang soch, soch o‘rami, ko‘zoynak va h.k.
Hamkasblaringiz va salohiyatli mijozlaringiz mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ling: ko‘rgazma, konferensiya, tanlovlarda ishtirok eting.
O‘zingizni turli kanallarda targ‘ib eting: ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalarni rivojlantirishni boshlang, sayt va blog yarating. Keyin esa sohaga oid maydonchalar va internet-nashriyotlariga chiqing, izohlar bering, maqolalar yozing. Keng auditoriya uchun ekspert obrazini yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |