2.Turizm uchun brend yaratish texnologiyalari
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichida turizm xizmat ko‘rsatish sohasi bozor munosabatlari rivojlanishining muhim sektori bo‘lib qolmoqda. CHunki, turizm xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiѐtning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunda turizm yaxlit tizim sifatida alohida bir mamlakat va umumjahon xo‘jaligining ma’lum unsurlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Xususan, oxirgi o‘n yillikda tez sur’atlarda xalqaro turizm rivojlandi.
Mamlakatda turizm tizimi taraqqiyotining jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan omillardan biri turistik xizmatlar bozori, ya’ni milliy turizm bozorining talab darajasida emasligi bo‘lib, bu o‘z navbatida turizm industriyasini katta turistik resurslarga ega bo‘lgan mintaqalarda rivojlantirish imkoniyatini chegaralaydi. Ayniqsa, turizm sohasining taraqqiѐtidagi hozirgi holat, uning istiqbolini belgilovchi ko‘rsatkichlar tahlili turizm industriyasi faoliyatini shakllantirishning iqtisodiy, tashkiliy omillarini o‘rganish, turizm xizmati sifatini ko‘tarish, milliy turistik korxonalar, firmalarning raqobatbardoshligini ta’minlash hamda milliy turizm mahsulotiga xorij talabini o‘stirishga asos yaratadigan mukammal ilmiy tadqiqotlarga ehtiѐj mavjudligini ko‘rsatadi. Bu esa turizmda milliy turizm bozorini tashkil etish va rivojlantirish yo‘llarini izlab topishni taqozo etadi. SHu boisdan ham, turizm sohasida milliy turizm bozori o‘ziga xos o‘rin tutadi. CHunki, turizm bugungi kunda global tarmoq sifatida eng yaxshi rivojlanaѐtgan sohalardan biri sifatida xalqaro miqѐsda shaxslararo, madaniy, ijtimoiy va siѐsiy munosabatlar rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. SHu boisdan ham, turizmda bozorni o‘rganish shakllantiriladi va to‘la amalga oshiriladi. Marketing alohida saralab olingan faoliyat sohasi bo‘lib, bu orqali turistik faoliyat natijasi bo‘lgan turistik mahsulot turistik bozorda sotilib, oxirgi turistga etkaziladi. Bunda asosan, davlat sektori, turistik firmalar va mehmonxonalarning barchasi faol ishtirok etadilar.
Turizm sohasida marketing yoki turizm marketingi yanada samarali turistik-ekskursion xizmatlarni ishlab chiqish va turistik mahsulot sifatini oshirish asosida hamda jahon turistik bozorida kechayotgan jarayonlarni hisobga olgan holda daromad olish maqsadida ularni sotish bo‘yicha turistik korxonalar faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi sanaladi. Turizm marketingining tarkibiy qismi va marketing munosabatlarni to‘la amalga oshirishga qaratilgan strategik marketing hisoblanadi. Strategik marketing iste’molchilar, ya’ni turistlarning hojat va talablarini “tizimli” doimiy tahlili bo‘lib, unda turistik firmalarga barqaror raqobat holatini ta’minlovchi samarali mahsulot va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish amalga oshiriladi.
SHuningdek, milliy turizm bozoriga xos bo‘lgan turizm marketingi turistik firma iste’molchiga taqdim etishi mumkin bo‘lgan turistik xizmatlarga mavjud yoki yashirin talabni aniqlash, identifikatsiyalash va baholash hamda mavjud kuch salohiyatini maqbul daromad olish maqsadlarida ushbu xizmatlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, targ‘ib qilish va sotishga qaratish sanaladi. Turizmda marketing turistik firmaga turistik mahsulotlar bozorida ijobiy natijalarga erishish imkonini beruvchi o‘zaro bog‘liq usullar va chora-tadbirlar tizimi sanaladi.
Butun jahon turistik tashkiloti turizmdagi marketingning quyidagi uchta quyidagi asosiy vazifasini ajratadi (1-rasm):
Asosiy vazifalar
mijozlar bilan
|
rivojlanishni
|
nazorat qilish
|
|
|
|
1-rasm. Turizmda marketingning asosiy vazifalari
Ushbu vazifalarni izchil amalga oshirish bugungi kunda turistik firmalarda zamonaviy marketing sifatli xizmatlarni ishlab chiqish va ularga keng jalb qiluvchi narxni belgilash yo‘llarini bildiradi. Bunda turistik firma mavjud va ehtimolli mijozlar bilan uzluksiz kommunikatsion aloqaga ega bo‘lishi lozim. SHuningdek, turistik firma faoliyati jaraѐnida maqbul narx siyosatini ishlab chiqish va “narxni yaratish” strategiyasini turistik firma faoliyatining o‘ziga xosliklariga muvofiq qo‘llash lozim. SHuning uchun ham, turistik korxonalarda malakali xodimlarga ega bo‘lgan marketing xizmatlarini tashkil qilish kerak va ular korxona faoliyatini yaxshilash strategiyasi bilan shug‘ullanib, marketing tadqiqotlari o‘tkazish orqali turistik korxona qiyofasini shakllantirish bilan band bo‘lishlari lozim.
Milliy turizm xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini hozirgi zamonda kechayotgan moliyaviy o‘zgarishlar kesimida tashkil qilish umumiqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan ekanligi soha mutaxassislari va olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Ammo, milliy turizmni rivojlantirishning konseptual asoslarini shakllantirish va uni amalda tadbiq etish jarayonining ko‘p qirrali va murakkabligi sababli yuzaga keladigan muammolarning aksariyat qismi nazariy va uslubiy jihatdan to‘liq o‘rganilmasdan qolmoqda. CHunki, turizmni rivojlanishi turistik bozorning faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Milliy turistik bozorning turli yo‘nalishlardagi ta’riflari turistik bozorning mohiyatini aks ettiradi. Avvalo, turistik bozor turistik mahsulot oldi-sotdi bitimlari yuz beradigan joy sanaladi. Biroq, bunday savdo faqat bir yerning o‘zida kechmaydi. Xususan, savdo, teleks, telegramma, faks, telefon hamda sotuvchi va xaridorning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi. SHuning uchun ham, turistik bozor aniq bir joy yoki geografik hudud bilan belgilanmaydi hamda uni xalqaro turizm bozori deb nomlanadi.
Umuman olganda, milliy turistik bozor turistik mahsulot sotuvchilari va xaridorlari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladigan va turistik mahsulot sotilishi yuz beradigan soha bo‘lib, u turistik mahsulot sotuvchilari va xaridorlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning xususiyati, shu bilan birga, turistik mahsulotning har bir sotuvchisi va xaridori o‘z manfaatlariga ega bo‘ladi hamda bu manfaatlar o‘zaro mos tushgandagi turistik mahsulotning sotuvi amalga oshiriladi. SHu sababli ham, milliy turistik bozor turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilari manfaatlarining o‘zaro moslashtiruv vositasi bo‘lib, bunda xo‘jalik yurituvchi turistik sub’ekt uchun turistik bozor ushbu sub’ekt mahsulotini xarid etishdan manfaatdor bo‘lgan hamda bugun yoki ertaga uni xarid etish uchun yetarli pul mablag‘lariga ega bo‘lgan iste’molchilar yig‘indisidir.
Milliy turistik bozorning mohiyati uning funksiyalarida aks etadi. Bunda iqtisodiy kategoriyaning funksiyasi ma’lum munosabatlar tizimida uning xususiyatlarining namoyon bo‘lishi sanaladi. Bu esa turistik bozor funksiyalari jamiyatda turistik faoliyatning namoyon bo‘lish shakli va mohiyatini aks ettiradi. SHunga asosan, turistik bozor quyidagi keltirilgan vazifalarga ega bo‘ladi
1-vazifa: Turistik mahsulotda aks ettirilgan qiymat va iste’mol qiymatining sotilishini ta’minlash.
2-vazifa: Turistik mahsulotning iste’molchi tomonidan iste’mol etilishini ta’minlash yoki iste’molchini turistik mahsulotgacha yetkazib kelish.
3-vazifa: Mehnatga bo‘lgan moddiy rag‘batlantirishlarni iqtisodiy ta’minlash yoki mehnatni iqtisodiy rag‘batlantirish.
Turistik bozorda birinchi funksiyaning amalga oshirilishi jarayonida turistik mahsulot pulga ayirboshlanadi. Bunda turistik mahsulotdagi iste’mol qiymati ijtimoiy tan olinadi. Natijada, turistik industriyani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari qo‘lga kiritiladi. Turistik bozorning ikkinchi funksiyasi turagentliklar va turoperatorlar tarmoqlarining yaratilishi bilan amalga oshiriladi.
Turist o‘z pullarini turistik mahsulotga ayirboshlanib, o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Natijada, milliy turistik bozorda insonlarning yo‘qotilgan ish kuchining qayta tiklanish jarayoni yuz beradi. SHuningdek, turistik tashkilot o‘z faoliyati natijasida olgan daromadi uni turistik mahsulotni qayta ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi. Milliy turistik bozor o‘z sig‘imi va o‘z sub’ektlariga ega bo‘ladi. Turistik bozor sig‘imi uning qancha miqdorda turistik mahsulotni “yuta olish” qobiliyati bo‘lib, bu miqdor to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan aholi soni hamda turistik taklif hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Turistik bozor sig‘imi bozor unsuri bo‘lgan “narx” ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. CHunki, narxning turli darajalarida turistik mahsulotga bo‘lgan talab turlicha miqdorlarda bo‘ladi. Turistik bozor sub’ektlari esa turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari bo‘lgan huquqiy va jismoniy shaxslardir. Turistik mahsulot iste’molchilari bo‘lsa, turistik sayohatni amalga oshirishni istovchi fuqarolar, ya’ni turistlar sanaladi. Turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilari turistlarning ehtiyojlarini qondirib, foyda olish maqsadida faoliyat yurituvchi turistik firmalar bo‘lib, bular O‘zbekiston milliy qonunchiligida “turistik faoliyat sub’yektlari” hisoblanadi. Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar deb nomlanadi.
Darhaqiqat, mamlakatimizning turizm sohasida yetarli darajada va har qanday xorijiy mamlakatlardan qolishmaydigan imkoniyatlarga egaligi bu borada ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Ana shularni hisobga olib, mamlakatda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab hozirgi kungacha zamon talablariga javob beruvchi milliy turistik bozorni rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinaѐtgan islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda.
SHu bilan birga, turizm dunyo mamlakatlari o‘rtasida notekis rivojlanib, bu ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Xususan, xalqaro turizmning eng rivojlangan joyi G‘arbiy Evropa mamlakatlari hisoblanib, bu mintaqaning hissasiga xalqaro turizm bozorining 75 foizdan ortig‘i va 60 foizga yaqin valyuta tushumlari to‘g‘ri keladi. Bu taxminan 20 foizga yaqini Amerika, 10 foizdan kamrog‘i Osiyo, Afrika va Avstraliyaga to‘g‘ri keladi. Hamda milliy bozorni rivojlantirishga qaratilgan turizm sohasini G‘arbiy Evropa mamlakatlarida rivojlanishining asosiy sabablaridan biri shundaki, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda bu erlarda xalqaro turizmni yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiyotni tiklash asosiy yo‘nalish hisoblangan. Buni o‘z vaqtida tushungan biznesmenlar, tadbirkorlar oz pul sarflab, ko‘proq foyda olishni aynan shu xalqaro turizm sohasida ko‘rganlar. SHu sababli ham, bugungi kunda G‘arbiy Evropa mamlakatlarida xalqaro turizm sohasidan olinadigan daromad ularning jami daromadlarida salmoqli o‘rinni egallaydi.
O‘zbekistonning turistik salohiyati yuqoriligi bilan birga, ularning yuqorida aytib o‘tgan shaharlar o‘ta diqqatga sazovor. Masalan, turistlarning ko‘rishi mumkin bo‘lgan ob’yektlar soni bo‘yicha Xiva shahari birinchi o‘rinda turadi. Unda 310 ta ob’yekt, ikkinchi o‘rinda Buxoro shahri bo‘lib, unda 221 ta ob’yekt, Toshkent shaharida 144 ta va Samarqandda 118 ta ob’yekt mavjud. Mazkur ishlarni yaxshilash maqsadida hozirgi kunda turistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan juda ko‘p xususiy firmalar tashkil qilindi. Ularning ko‘pi o‘z ishini muvofiqlashtirish va bir-biri bilan hamkorlik qilish maqsadida kasbiy uyushmalarga birlashdi. Bu tashkilotlar o‘z a’zolariga erkin faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun tegishli shart-sharoitni yaratib beradilar.
Bozor munosabatlari asta-sekin rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlariga kirib borishi, undagi band aholi hamda aholining barcha qatlamlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bozor munosabatlari aholini yangicha fikrlashga, yangi iqtisodiy tarmoqlarni shakllantirishni uni YAIM tarkibida ulushini oshirishni talab etadi. Bir iqtisodiy tizimdan yangi iqtisodiy tizimga o‘tish aholining turmush darajasiga ta’sir qiladi. CHunki, mamlakat iqtisodiѐtida olib borilayotgan muhim ijtimoiy siyosatlardan biri aholi bandligini
ta’minlash va turmush darajasini oshirish sanaladi. XX asr oxirlarida aholi turmush darajasini oshirish va aholi bandligini ta’minlash, iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi, xususan qishloq xo‘jaligi, sanoat tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq, aholi ehtiyojlarini shakllanishi, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning yuzaga kelishi, xizmat ko‘rsatish sohasini shakllantirish va rivojlantirishni taqozo etdi. Xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanib borishi, aholi turmush darajasini yaxshilanib borayotganligini ko‘rsatadi. SHu sababli ham, milliy turizm bozorini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy tarmoqlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hamda, aholi turmush darajasini oshirish va bandlikni ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohasining turizm tarmoqlari muhim tarmoqlardan biri sifatida qaraladi. SHu boisdan ham, turizm hozir va kelajakda mamlakat xazinasi uchun zarur valyuta tushumini ko‘paytiradi, aholini ish bilan ta’minlaydi va shu asosda uning turmush darajasini oshirish uchun xizmat qiladi.
O‘zbekistonda iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni mavjud bo‘lishi, bu sohani jadal sur’atlar bilan rivojlanish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Hatto, jahon hamjamiyati tomonidan umume’tirof etilgan masalalardan biri ham jahon miqiyosida iqtisodiyotning barcha sohalari, xususan xizmat ko‘rsatish sohasining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanayotgan turizmda turizm bozorining barqaror rivojlanib borayotganligini ta’kidlamoqda. Marketing mahsulotning bozorda iste’molchi bilan qarshilashishi va bir-birlari bilan tenglashishi hisoblanadi. CHunki, turizm marketingini turistik xizmat yoki mahsulot bilan turizm bozori shakllantiradi. Turizm bozori geografik nuqtai-nazardan ikki qismga milliy va xalqaro turizm bozoriga ajratiladi . Shunga asosan, bozordagi iste’molchilar “turist” deb nomlanadi.
Umuman olganda, turizm marketingida turistik mahsulotga qaraganda xizmatning bozorlanishi asosiy hisoblanadi hamda turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar turli xil xizmatlarning yig‘indisidan tashkil topadi. Bu bilan turizm sohasining barqaror taraqqiyotida milliy turizm bozorining tutgan o‘rni belgilanadi.
1.Ichki turizm - o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarni vaqtinchalik tashrif buyurovchi joyda (to‘lanadigan faoliyatsiz) turstik maqsadlarda sayohat qilishga aytiladi.
Ichki turizm davlat chegaralarini kesib o‘tish bilan va turistlik rasmiyatchilik bilan bog‘liq emas. Milliy valyuta, til, hujjatlar oldingidek o‘zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlarning 80-90 foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Unga ketayotgan harajatlar xalqaro turizm harajatlaridan 5-10 barobar ortiqdir Ayniqsa u AQSHda ommabop hisoblanadi.
2.Xalqaro turizm –vaqtinchalik kelgan joyida faoliyati to‘lanmaydigan, doimiy yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistlik maqsadlarda safar qilish tushuniladi.
1968 yilda Rimda sayohatlar va turizm bo‘yicha BMTning birinchi konferensiyasida xalqaro turizmga qo‘yidagi ta’rif berildi.
CHet el turisti – bu vaqtinchalik tashrif buyuruvchi, ya’ni istalgan shaxs, tashrif buyurayotgan davlatida malakaviy faoliyati to‘lanmaydigan istalgan maqsadlarda doimiy yashayotgan davlatidan tashqariga boshqa davlatga tashrif buyurishidir.
CHet el turistlarga mazkur davlatga 24 soat muddatdan kam bo‘lmagan muddatga vaqtinchalik tashrif buyurgan shaxslarning barchasi kiradi. SHuni qayd qilish kerakki, ba’zi davlatlarda BMT statistik komissiyasining tavsiyalaridan chetlanishga ruxsat beriladi. Masalan, ba’zi davlatlarda 3 kun muddatdan kam bo‘lmagan muddatga tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblansa, ba’zilarida 2 xafta, uchinchilarida esa bu muddat 1 oydan kam bo‘lmagan muddatda tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblanadi.
Tashrif buyuruvchi chet el turistlar tovar va xizmatlarni to‘lay turib, qabul qilayotgan davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlaydi. Shu bilan birga uning tulov balansini faollashtiradi. Shu sababli chet el turistlarini kelishi «aktiv turizm» nomini oldi.
3.Kiruvchi turizm- faoliyati to‘lanmaydigan turistlik maqsadlarda doimiy yashamaydigan shaxslarni o‘zga mamlakat hududiga tashrifi, sayohati hisoblanadi.
4.CHiquvchi turizm – bir mamlakat hududida doimiy yashovchi shaxsni boshqa mamlakatga faoliyati to‘lanmaydigan sayohati, tashrifi hisoblanadi.
5.Rekreatsion turizm – dam olish maqsadidadagi turizm bo‘lib, qator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli bo‘lib hisoblanadi. Ispaniyaga, Italiyaga, Fransiyaga, Avstriyaga chet el turistlarini tashrifi avvalo mana shu maqsadni ko‘zda tutadi. Rekreatsion turizm sayohatni davomiyligi bilan, marshrutga kiruvchi shaharlarni soni ko‘p bo‘lmaganligi , havo transportidan keng foydalangan holda, avvalo charter havo reyslari bilan ajralib turadi.
Dam olish maqsadida safarlar turli xilma-xilligi bilan farqlanadi va qiziqarli tamosha dasturlarini (teatr,kino,festival va h.k) qiziqishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar (ov,baliq ovlash,musiqali,badiiy ijodiyot va h.k) tashrif buyurgan mamlakatni milliy madaniyatini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan etnik sayohatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
6.Sog‘lomlashtiruvchi dam olish turizmi o‘ta shaxsiy individual harakter kasb etadi. Lekin ko‘pgina holatlarda, kira haqiga chegirmalar olish maqsadida hamkorlik uchun turistlar birlashadilar.Turizimni boshqa turlariga nisbatan davolanish uchun turlar odatdagi muddatlardan ko‘proq bo‘lib 24-28 kunni tashkil etadi.
Inson organizmiga ta’sir etish vositasiga qarab davolanish uchun dam olish iqlimli,dengiz, balchiq bilan davolanish va h.k.larga bo‘linadi.
7.Tanishuv (ekskursion) turizm. Turizimni bu turi o‘z ichiga tanishuv (bilish,ko‘rish) maqsadlari bilan bog‘liq tashrif va sayohatlarni o‘z ichiga oladi.
Ekskursiya bilishning bir shakli bo‘lib,shaxs intelekti va dunyoqarashini kengaytirish funksiyasini bajaradi. Tanishuv sayohatining turli ko‘rinishlaridan biri bu avtomobil turizmi hisoblanadi,boshqa transport vositalariga qaraganda avtomashina va avtobuslarda sayohat qilish turistlarga anchagina kengroq tanishish imkoniyatlarini yaratadi.
8.Malakaviy ish turizmi. Turizimning mazkur turiga ish maqsadlari bilan safarlar kiradi. Hozirgi zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda hayot xalqaro aloqalarni bog‘lash zaruriyatini chiqarmoqda. So‘ngi yillarda ishchan soha vakillarining tashriflari ommaviy tus olmoqda.
Qator turistlik firmalar turli maqsadlarda biznesmenlarni guruh-guruh bo‘lib tashriflarini tashkil etishga ixtisoslashtirilmoqda. Ishchanlik turizmini kattagina afzalligi shundaki, uni yuqori mavsum bo‘lmagan paytda ham tashkil etish imkoniyatini beradi. Bunda turfirmalar nafaqatgina sof turistlik xizmatlarni-transport, joylashuv, ovqatlanish, sayohat xizmati bilan chegaralanmasdan,balki, o‘ziga xos maxsus xizmatlar-savdo sheriklarining imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, tarjima, zarur bo‘lgan iqtisodiy ma’lumotlarni taqdim etish ishchanlik uchrashuvlarini tashkil etish va h.k. Buning uchun tashrif buyuruvchilarga tegishli yig‘ilishlar o‘tkazishda zallar va maxsus vositalarga mavjud bo‘lgan kongres-markazlar tashkil etiladi. Ko‘pgina holatlarda kongress ishtirokchilarini ularning oila a’zolari kuzatib boradilar, hamda ularga ham forum tashkilotchilari turistlik firmalar bilan birgalikda sof turistlik dasturlarni taqdim etadilar. Ayrim holatlarda ishtirkchilarning o‘zlari ham shaharning diqqatga sazovar joylari bilan tanishadi, kongress tugagandan so‘ng esa mamlakat bo‘ylab turistlik sayohatlarni amalga oshiradilar.
Turizmni mazkur turining o‘ziga xos hususiyatlari shundan iboratki ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari oddiy turistga qaraganda mamlakat bo‘lib sayohat paytida ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro forumlarni va shunga o‘xshash tadbirlarni o‘zlarida o‘tkazishga harakat qiladilar.
9.Ilmiy turizm. O‘qish ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi. Xorijda ta’lim olish uchun safar qilish O‘zbekistonda ham turbiznesining o‘rnatilgan segmentlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Safarlardan ommabop bo‘lib borayotgan turi bu til o‘rganish maqsadida, ayniqsa Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida so‘zlashadigan davlatlarga safarlar kengayib bormoqda.
10.Hozirgi vaqtda kattagina qiziqish uyg‘atayotgan bu sport – turizmi hisoblanadi. Bu safarlarning asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan sport turi bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratib berishdan iborat.
Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli inventarlarni, maxsus trassalarni, arqon yo‘llar, sport maydonchalarini, asbob-uskunalarni talab etadi. Sport sayohatlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu dam oluvchilarni xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Sport sayohatlari, safarlarning maqsadiga bog‘liq ravishda 2 turga bo‘linadi: aktiv va passiv. Birinchi holatda bu qandaydir sport turi bilan shug‘ullanish hisoblansa, ikkinchi holatda shunchaki ishtirok etish hisoblanadi.
11.Shop-turlar Rossiya va SNG davlatlari uchun xosdir. Xorijga tashrifning asosiy maqsadi bo‘lib, olib yana qayta sotish uchun halq iste’moli tovarlarini harid qilish hisoblanadi (poyafzal, trikatoj va boshqa tovarlar
– Turkiyada, Italiya, Portugaliya, Suriyada; yozgi to‘qima kiyimlar – Indoneziyada; pustinlar – Gretsiya va Argentinada; mebel – Polsha va Italiyada; tele-radio mahsulotrlar BAAda; avtomashinalar Germaniyada, SHvetsiyada, Finlandiyada, Gallandiyada).
Bu turdagi biznes «Mokilar» mazkur davlatlarni byudjetiga sezilarli daromadlarni olib kelmoqda. Masalan, Turkiyada «Mokilar» har yili 8-10 mlrd dollar miqdorda mahsulotlarni harid qiladilar. Mamlakat hukumati har tomonlama shop-turizmni qo‘llab quvvatlamoqda. Turkiyaning turizm bo‘yicha vazir maslahatchisi ommaviy axborot vositalari orqali habar qilishicha, sifatsiz tovarni sotib olgan turistlar 15 kun muddat ichida uni almashtirilishini, to‘langan so‘mmani qaytarish yoxud kamchiliklarini bepul bartaraf etishini talab qilishlari mumkin.
Agar nuqsoni ko‘rinmaydigan tovarlar harid qilganda iste’molchi ikki yil ichida sotuvchiga o‘z da’vosini bildirishi zarur,xatto «Mokilar» uchun aviabiletlar narxini 50 %ga pasaytirish rejalashtirilmoqda.
12.Sarguzashtli turizm – o‘ziga xos tarzda dam olishni bir turi bo‘lib, turistlarni nafaqatgina ular uchun jalb qiluvchi joylar bilan ta’minlash, balki g‘alati, g‘ayritabiiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga jalb qiladi. («SHoxona ov» «Lasos ovlash» «Qaroqchilar xazinasini izlash» va h.k.).
Sarguzashtli turizm bir necha turlarga bo‘linadi?
safar ekspeditsiyalari;
safari –turlar (ov, baliq ovlash, kapalak tutish h.k.)
dengiz sayohatlari (yaxting).
Sarguzashtli turlar mavzusi va geografiyasi juda keng va turli tumandir. Odatda bu guruhli turlar hisoblanadi. Bunday turizmning o‘ziga xos jihati shundaki ov qilishga, baliq ovlashga, tegishli ruxsat beruvchi turli litsenziyalarni olish hisoblanadi. Sarguzashtli turizm ma’lum xavf-xatar bilan bog‘liqdir, shu sababli, bunday turlarni xavfsizligini ta’minlash uchun yuqori malakali, tajribali instruktorlar zarur bo‘ladi. Turizmning mazkur turi juda yuqori narx bilan belgilanadi va uni elitar dam olish turkumiga kiritish mumkin.
13.Diniy turizm (xaj safari, ziyorati) hozirgi vaqtda juda yuqori talabga ega bo‘lib, ommaviy tus olmoqda. Mustaqilligimiz sharofati bilan har yili yuzlab vatandoshlarimiz Makkayu Madinaga xaj va umra safarlarini amalga oshirmoqdalar.
Turizmda diniy maqsadlarning bir necha turlarini ajratib
ko‘rsatishimiz mumkin:
Xaj ziyorati (gunohlarni yuvish maqsadida, diniy e’tiqod maqsadida ziyoratgoh joylarga tashrif buyurish).
Tanishuv tashrifi (diniy qadamjolar, haykallar; din tarixi, din madaniyati bilan tanishuv).
Ilmiy tashriflar (diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi tarixchilar va boshqa mutaxassislarning tashrifi).
Turizm mazkur turining jiddiy muammosi bo‘lib, bu sohada yuqori malakali kadrlarning yo‘qligi hisoblanadi. SHu narsa juda muhimki, ular nafaqatgina tarixiy va arxitektura yodgorliklarini ko‘rsatish, balki chuqir ma’naviy va diniy bilimlar bilan tanish bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |