Shaxsiy brend nima uchun kerak va uni qanday yaratish mumkin?
Shaxsiy brend ommaviy shaxs uchungina zarur desangiz, xato qilasiz. Hatto o‘qituvchi yoki elektr ustasi bo‘lsangiz ham, u sizga talabgir mutaxassis bo‘lishda yordam beradi.
Brend tushunchasi marketingdagi muhim tushunchadir. Brend bo‘lmasangiz, mavjud emassiz. U holda siz kimsiz? Siz – oddiy tovarsiz.
Filip Kotler, xalqaro marketing professori
O‘z rezyumengizni tuzgan kuningizdan boshlab, siz mehnat bozoridagi tovarga aylandingiz. Munosib maosh to‘lanadigan yaxshi ishni topish va talabgir bo‘lish uchun sizga nafaqat professional kabi rivojlanish, balki shaxsiy brend ustida ishlash lozim.
Brend — xonada bo‘lmaganingizda odamlar siz haqingizda aytadigan gaplar. Telegram uni Petya Ivanov emas, Pavel Durov yaratgani uchun mashhur bo‘ldi. Tesla loyihasi bilan qandaydir Jon Smit emas, Ilon Mask shug‘ullangani uchun e'tibor berishdi.
Axir Durovga qadar hech kim messenjerlar yaratmaganmidi? Balki texnika oliy ta'lim muassasasining iqtidorli talabasining diplom loyihasi bundan-da zo‘r bo‘lgandir. Biroq u haqida hech kim bilmaydi, Durovni esa hamma taniydi. Mask haqida ham aynan shunday fikrlarni aytish mumkin. Elektr avtomobillarni u o‘ylab topmadi, tugmasiz telefon ham Jobsning ixtirosi emas. Bu buyumlarning bari brend-shaxslar sababli mashhur bo‘ldi3.
Aytish mumkinki, shaxsiy brend – bir kunda yaratilmaydigan muayyan obraz. Odamlar sizning ismingizni eshitganda aynan o‘sha obrazni tasavvur qilishadi. O‘zini zo‘r deb hisoblagan mutaxassislar mijoz va ish beruvchilar ular haqida bilishi uchun shaxsiy brendni yaratishlari lozim. Shaxsiy brend – sizning obro‘ingiz.
Shaxsiy brend bor-yo‘g‘i ikki savolga javob berishi lozim: sizni kim biladi va siz haqingizda nima deb o‘ylashadi?
Shaxsiy brend qachon zarur?
Ikki asosiy holat mavjud:
Sohangizda yuqori raqobat bo‘lsa.
Agar mashhur mutaxassis xizmatlari haqi siznikidan yuqori bo‘lsa.
Odamlar mutaxassislik va tajriba evaziga ko‘proq haq to‘lashga tayyor. Ular xotirjamlik va ishonchni sotib olishni istaydilar.
Odamlarda haq to‘lash istagi paydo bo‘lishi uchun ularning miyasida muayyan mutaxassis obrazini yaratish uchun ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi.
Shaxsiy brend zarur bo‘lgan kasblar juda ko‘p: sartarosh va uslubchidan tortib, shifokor va quruvchigacha, huquqshunos va savdolar bo‘yicha menejerdan tortib, kopirayter, dizayner va SMM-mutaxassisgacha. San'at sohasini ham yodga olish lozim – rassom, yozuvchi, musiqachi shaxsiy brendsiz to‘laqonli mavjud bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |