Marketing strategiyasi. Marketing strategiyasi mazmunini yoritishdagi boshlang’ich nuqta bozorni segmentlash va maqsadli bozorlarni tanlab olish hisoblanadi. Har bir maqsadli segmentga, raqobatchilarning undagi o’rnini hisobga oladigan alohida marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Bunda umumiy yo’nalishlar hamda marketing kompleksi har bir tashkil etuvchisining ichki strategiyasi (tovar, baho, sotish va kommunikativ siyosat) ishlab chiqiladi. Natijalar 8.1-jadval shaklida keltirishi mumkin.
Bozorni qamrab olishning marketing strategiyasini tanlashda quyidagi uchta turidan foydalanish mumkin.
ommaviy marketing;
differentsial marketing;
yo’naltirilgan marketing;
Do'stlaringiz bilan baham: |