O’qituvchi:Biz o’tgan ona tili darsimizda qaysi mavzu bilan tanishganmiz
O’quvchilar:Biz o’tgan ona tili darsimizda shart bog’lovchilari mavzusi bilan tanishganmiz
1.Mustaqil so’z deb nimaga aytiladi?
2.Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi?
3.Bog’lovchi deb nimaga aytiladi?
4.Shart bog’lovchilari deb nimaga aytiladi?
5.Ergashtiruvchi bog’lovchilar qatnashtirib gaplar tuzing
6.Shart bog’lovbchisi ishtirok etgan gaplarda tinish belgilarining ishlatilishini ayting.
3.O’tgan mavzuni mustahkamlash.
O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun “Kimning guli ko’p va tez ochiladi?” o’yinidan foydalanamiz.
Doskaga osib qo’yilgan gulzorga shart bog’lovchilari qatnashgan gaplar yozilgan gullarni yopishtiradilar.Qaysi guruhning gulzorida gullar tez va ko’p ochilsa o’sha guruh g’olib bo’ladi.
Yangi mavzu bayoni:
So’z yoki gaplarga so’roq,ta’kid, ayiruv-chegaralash,gumon,o’xshatish,inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar yuklamalar deyiladi.
Yuklamalarga:1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go’yo, go’yoki, naq, hech, sira, nahotki, na… na so’zlari;
2)-mi, -chi, -gina,(-kina,-qina), -dir, -u, -yu, -da ,-a singari qo’shimchalar kiradi.
Ularning birinchi guruhi so’z- yuklamalar, ikkinchi guruhi esa qo’shimcha-yuklamalar sanaladi.
228-mashq.Jadval asosida yuklamalarning ma’no turlari haqida gapiring.
Yuklamalarning ma’no turlari
|
Yuklamalar
|
So’roq-taajjub yuklamalari
|
-mi, -chi,-a(-ya)
|
Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari
|
hatto,-ku,ham, nahotki,-u,(-ya
|
Ayiruv-chegaralov
|
faqat,-gina,(-kina,-qina),atigi
|
O’xshatish-qiyoslash yuklamalari
|
go’yo,go’yoki, xuddi, naq,
|
Gumon yuklamalari
|
-dir
|
Inkor yuklamalari
|
Hech,sira, na…na
|
229-mashq.Berilgan gaplarda –u,(-yu),-da, na…na yordamchilarining qaysi o’rinda bog’lovchi, qaysi o’rinda yuklama vazifasida kelganini aniqlang.
1.Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da ,axiyri gurullab ketdi.2. Biladilar-da bu kishi. Yovlar bilan olishgan-a! -da ta’kid yuklamasi, -a so’roq yuklamasi.
230-mashq Yuklamalarni topib ma’nosiga ko’ra turlarini aniqlang.
1.Ayt-chi go’zal Sanobar,Qayer sening makoning? So’roq yuklamasi.2. faqat ojiz q alamim manim , O’zbekiston –Vatanim manim .Ayiruv-chegaralov yuklamalasi.
3.Ona zaminda o’sadigan mevali,manzarali dov-daraxtlar,o’simliklar hayot uchun ,inson salomatligi uchun naqadar zarur.Ularning salomatligi-chi?So’roq yuklamasi..
5.Yangi mavzuni mustahkamlash,o’quvchilarni baholash Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Chalkash jadval “dan foydalanamiz. Bu jadvalda yuklamalaning ma’no turlari chalkash holda berilgan. Bugungi olgan nazariy ma’lumotlaringizga asoslanib yuklamalarni to’g’ri joylang
Do'stlaringiz bilan baham: |