Mavzu: Turbo Paskal bilan ishlash Reja



Download 47 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi47 Kb.
#272823
  1   2
Bog'liq
1554 Turbo Paskal bi



Mavzu: Turbo Paskal bilan ishlash

Reja: 1.Turbo Paskalda ishini boshlash tartibi.

2. Funksional klavishlar.

3. Matn muharriri.

4. Turbo Paskalda dasturlar bilan ishlash.

Turbo Paskal tizimi bir nechta distributiv disketlarda beriladi va qattiq diskka o'rnatiladi. Qattiq diskda tizim ochilganda, odatda, TP (yoki PAS, TURBO PAS, PASCAL va h.k.) nomli catalog hosil qilinadi, bu katalogga distributive disketdagi hamma fayllar jaylashtiriladi. Turbo Paskal muhitini ishga tushirish uchun shahsiy kompyuterning kataloglar shjarasida bu katalogni va undagi TURBO. EXE faylini topish kerak. Bu fayl Turbo Paskalning ishga tayyor dasturlash muloqot tizimiga ega. Unga Turbo Paskalning minimal miqdordagi zaruriy qismlari (matn muharriri, kompilyator, joylashturivchi, yuklovchi) kiradi. Shuningdek, muloqot muhitida normal ishlash uchun TURBO. TPL fayilda asosiy kutubxona va yordam xizmati (TURBO. HLP ham bo'lishi kerak. Ko'pgina misollarining yozilishi, tarjima (kompilyatsiya) qilinishi va bajarilishi uchun shu fayllar yetarli.

Sanab o'tilgan fayllar D diskning TP katalogida joylashgan bo'lsin. Unda Turbo Paskalni chaqirish uchun:

D:\TP\TURBO buyrug'iniberish kerak.

Bu buyruq bo'yicha MS-DOS operatsion tizimi TURBO.EXE faylidan dasturni bajarishga qo'yadi: dasturni tezkor xotiraga yuklaydi va unga boshqarishni uzatadi.

Yuqorida sanab o'tilgan fayllarga ega catalog tizim (sistema) katalogi, deyladi. Tizim katalogini joriy catalog qilib ishlatish mumkin emas. Chunki, birinchidan, dasturlash tizimidagi qandaydir bir faylni o'chirib qo'yib, uning ish qobiliyatini buzish mumkin, ikkinchidan, bu catalog tezda Turbo Paskalga tegishli bo'lmagan boshqa faylar bilan to'lib qolioshi mumkin. Yana bir sababi shuki, Turbo Paskal TURBO. TP va TURBO.PSK nomli fayllar orqali ishga tayyor bo'lish xususiyatiga ega.

Tizimi chaqirilganda u joriy katalogdan bu fayllarni izlay boshlaydi. Agar bu xususiy katalog bo'lsa, tizim har safar foydalanuvchining xihishiga ko'ra ishga tayyorlanadi. Agar bu fayllar katalogda topilmasa (Turbo Paskalga birinchi murojaatda shunday bo'ladi ham), sistema izlashni tizim katalogida davom etiradi. Ularni u yerda topolmagach, standart tarzida ishga tayyorlanadi. Keyinchalik foydalanuvchi ishga tayyorlash fayllarni shaxsiy katalogga saqlab qo'yib, shu bilan u har safar tizimga murojaat qilingandan keyin uni qayta ishga tayyorlash zaruriyatidan qutilishi mumkin.

Sistema muvaffaqiyat bilan chaqirilgach, shaxsiy kompyuter ekrani birinchi rasimda ko'rsatilgan ko'rinishni oladi:
Turbo Paskaldan chiqish uchun alt klavishini, uni qo'yib yubormasdan turib, X lotin harfli klavishini bosish va har ikkala klavishni qo'yib yuborish kerak.

Yuqori satr Turbo Paskalning mumkin bo'lgan ish rejimlari ''menyu'' sidan, quyi satr asosiy funksional klavishlarning qo'llanilishi to'g'risadagi qisqacha ma'lumotdan iborat. Ekraning qolgan qismi, ikkilamchi ramka bilan chegaralangan va dastur matnini kiritish hamda tahrirlash uchun mo'ljalangan, tahrir oynasiga tegishli. Uning yuqori satrida dastur matni o'qilgan disk faylining nomi (yangi faylga NONAME.PAS ismi beriladi) va ''sichqon''- kiritish qurilmasi bilan ishlashda foydalaniladigan maydon (bu maydonlar kvadrat qavslar bilan belgilangan) hamda 1 raqami - oyna raqami keltiriladi. Turbo Paskalda bir vaqtda bir nechta dasturlar (yoki bitta yirik dasturning qismlari) bilan ishlash mumkin. Ularning har birialohida tahrir oynasini isglatishga imkon beradi.

Turbo Paskalda tahrir oynasi (oynalari) dan tashqari tahrir rejimi, dastur ishi natijasini chiqarish, yordam, registrlar xizmati ynalari ishlatiladi. Xohishga ko'ra ular ekranga navbat bilan chaqiriladi yoki unda bir vaqtda mavjud bo'ladi.

Funksional klavishlar Turbo Paskal muhitini boshqarish uchun ishlatiladi. Ular F1,F2,...F12 deb belgilanadi va klaviaturaning eng yuqori registrida joylashgan bo'ladi. Bu klavishlarning har biri bilan menyuning qandaydir bir buyrug'i bog'lanadi. Deyarli hamma klavishlarning ishlashini uchta klavishlar bilan takomillashtirish mumkin. Bu klavishlar quyidagilar:Alt (Alternative - qo'shimcha degan so'zdan), Ctrl (Control - boshqaruvchi) va shift (SHIFT - siljituvchi). Bu klavishlar yozuv mashinkasida registrni vaqtincha almashtirish klavishlari kabi ishlatiladi: ularning bittasini bosish va uni qo'yib yubormasdan turib, funksional klavishni bosish kerak. Bunda keyin ikki klavishning bunday birgalikda bosilishni chiziq orqali ko'rsatamiz. Masalan, alt - F3 alt klavishi bilan birgalikda F3 klavishi ham bosilishi kerakligini bildiradi.

Quyida funksional klavishlar va ularning Ctrl hamda Alt klavishlari hamkorligida Turbo Paskal muhitida uzatiladigan buyruqlar keltiriladi:

F1 - yordam xizmatiga ma'lumot olish uchun murojaat qilish (Help-yordam);

F2 - tahrirlanadigan matnni diskli faylga yozish;

F3 - diskli fayldagi matnni muharrir oynasida o'qish;

F4 - tuzatish (yahshilash) rejimida ishlatiladi: dastur bajarilishini boshlash yoki davom etirish va kursor turgan satirning bajarilishi oldidan to'xtash;

F5 - faol oynani butun ekranga yoyish;

F6 - navbatdagi oynani faollashtirish;

F7 - tuzatish rejimida ishlaydi:dasturning keyingi satrini bajarishni; agar satrda protsedura (funksiya)ga murojaat bo'lsa, bu protsedura (funksiya)ga kirish va uning birinchi operatori bajarilishi oldidan to'xtashni bildiradi.

F8 - tuzatish rejimida ishlatiladi: dasturning keyingi satrinibajarishni; agar satrda protsedura (funksiya)ga murojaat bo'lsa, uni bajarish va uning ishini kuzatmaslik kerakligini bildiradi;

F9 - dasturni o'tkazishni bajarish: muharrirdagi dasturni kompilirlash, tezkor xotiraga yuklash va bajarish, shundan keyin Turbo Paskal muhitiga qaytish;



Alt - F5 - muharrir oynasini dastur ishi natijalarini chiqarish oynasi bilan almashtirish.

Qisqa izohlarni keltiramiz.

Dastur ishini tekshirish uchun ktrl - F9, Turbo Paskaldan chiqish uchun alt - X buyruqlari kerak bo'ladi. F2 va F3 klavishlar shahsiy kataloglar bilan ishlashda yordam beradi. Alt - F5 buyrug'I yordamida, ixtiyoriy daqiqada, dasturni ishlatish natijasida olingan ma'lumotlarni ekranda ko'rish mumkin bo'ladi.

Turbo Paskal matn muharriri foydalanuvchiga dasturmatinlarini yaratish va tahrir qilish uchun qulay vositalar beradi. Bosh menyuning rejim tanlash holatidan tahrir holatiga o'tish uchun ESC (ESCape - qochish) klavishini, bosh menyudan tanlashga o'tish uchun F10 klavishani bosish kerak.

Dastur matnini yaratish uchun bu matnni shaxsiy kompyuter klaviaturasidan kiritish kerak. Navbatdagi satr to'lishi bilan kursorni keyingi satrga o'tkazish uchun (kursor hamma vaqt ekranda dasturning navbatdagi belgisi yozilishi kerak bo'lgan joyini ko'rsatadi) Enter klavishi bosiladi.

Tahrir oynasi uzun, yetarli darajada keng, bir bo'lagi ekranda ko'rinibturgan qog'oz varag'ini ifoydaladi. Agar kursor quyi chegaraga yetgan bo'lsa, tahrir oynasini o'rash amalga oshiriladi:u bir satr yuqoriga ko'tariladi va pastdan varaqning yangi satri paydo bo'ladi. Agar kursor ekranning o'ng chegarasiga yetsa, oyna, belgilarning kiritila borishi bilan, o'ngga siljib boradi. Varaqning gorizontal va vertikal o'lchmlari fayldagi belgilarning umumiy soni bilan (ular 64535 dan ko'p bo'lmasligi kerak) cheklanadi, lekin Turbo Paskal kompilyatori uzunligi 125 belgidan katta bo'lmagan dastur satrlarni qabul qiladi.

Oynani varaqqa nisbatan quyidagi klavishlar yordamida siljitish mumkin:

PageUp - bir bet yuqoriga;

PageDown - bir bet pastga;

Home - joriy satr boshiga;

End - joriy satr oxiriga;

Ktrl - PageUp - matn boshiga;

Ktrl - PageDown - matn oxiriga;

Quyida Turbo Paskalning eng ko'p ishlatiladigan buyruqlari keltirilgan:




Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish