Tuproq – iqlim (yoki tuproq - bioiqlim) mintaqasi – tuproq zonalari va tuproqning vertikal tuzilish birligi bo’lib, u yerda radiatsion, termik sharoitlar va ularning tuproq hosil bo’lishiga va o’simliklarning rivojlanishiga ta’sir qilish hususiyatlari tushuniladi. Shimoliy va Janubiy yarim sharlarda iqlimning harorat xususiyatlariga qarab kengliklar bo’yicha tubandagi tuproq – bioiqlim mintaqalariga ajratiladi: qutblar, boreal’, subboreal’, subtropik va tropik mintaqalar. Har bir mintaqa uchun qator tuproq hillari xos bo’lib, ular boshqa zonalarda uchramaydi.
Tuproq xili (tipi), tuproq klassifikatsiyasining asosiy taksonomik birligi, tuproqshunoslikning genetic asosi hisoblanadi. Bir xil genetic gorizontga, tuproq jarayonlarining yillik va ko’p yillik o’zgarishlari hamda gidrotermik rejimlari o’hshash tuproqlar bir tipga kiritiladi. Tuproq tiplari o’z navbatida kattaroq taksonomik birlikka – tuproqlar oilasiga birlashtiriladi. Bu birlashish asosida tuproqlarning bir xil qatlami, kesimi, organic, mineral moddalarning bir xil sifati, tarkibi kabi xislatlar yotadi.
Dunyo bo’yicha va Yer sharining turli zonalarida 23 ta yuproq oilalari aniqlangan. Ularga nordon serildiz, alfegumus, qo’ng’ir sho’rxoklar, kulrang kabi oila turlari kiradi.
Tuproq oilalari o’z navbatida yanada kattaroq taksonomik birlik – tuproq generatsiyasiga (paydo bo’lishiga) birlashtiriladi. Bunday birlashtirishning asosiy birligi: organik moddalarning to’planishi, ikkilamchi mineral moddalarning hosil bo’lishi, tuproqda hosil bo’lgan mahsulotlarning qatlamlar bo’yicha aralashuvi va mineral birikmalarning gidrogen to’planishi kabi xislatlardan iborat.
Tuproq generatsiyalari (yani, tuproqning yuzaga kelishi) o’z navbatida eng katta taksonomik birlik – tuproq geoximik assotsiatsiyasiga birlashadi. Bu birlik asosida tuproq asosini tashkil qiluvchi organik va mineral moddalarning bir – birlari bilan umumiy bog’liqligi, bir – biriga tasiri turadi. Tuproqlarning namlik darajasiga qarab tuproq – geoximik assotsiatsiyasi o’z navbatida 6 ta assotsiatsiyaga bo’linadi: 1) nordon subareal, 2) nordon subareal ogleen, 3) nordon ishqor subareal, 4) nordon – ishqor subareal ogleen, 5) neytral –ishqor subareal, 6) ishqor subareal.
Yer ustida bir- biri bilan almashib turadigan keng areallar – tuproq – geoximik birliklarini hosil qiladi. Har bir tuproq arealida juda murakkab ekologik omillar, yani atmosfera namligi, tuproq yuzasining yemirilishi, organik qoldiqlarning mineralizatsiyalanishi, tuproq hosil qiluvchi jinslarning boyligi (ko’pligi), ularning mexanik tarkibi, tuproqning hosil bo’lgan yoshi, tiplari kabi xislatlari va ularning bir – biriga tasir qilish qonunlari yotadi.
Tuproq qatlami mustaqil yer qobig’i (pedosfera)dan iborat. Tuproq bu o’simliklar, hayvonlar va mikroorgabizmlarning tog’ jinlari va iqlim bilan hamjihatlikda hosil bo’lgan mahsulotdir. Tuproq – biokos jism (tana), u bir vaqtning o’zida ham tirik, ham o’lik (norganik) moddalardan (suv, havo va organik qoldiqlardan) tashkil topgan bo’ladi.*(1)
Tuproqning fizikaviy xususiyatlariga uning mexanik tarkibi, zarrachalarning katta – kichikligi, g’ovakligi, suv o’tkazuvchanligi, havo almashinishi, yorug’likning yo’qligi, harakatning oz ampltudada o’zgarishi kiradi. Tuproqning asosiy ko’rsatkichlariga uning mexanik tarkibi, yani har xil kattalikdagi zarrachalarning nisbiy miqdori ifodalanadi.
Tuproqning tuzilishida, uni hosil qiluvchi zarrachalar katta ahamiyatga ega. Tuproq komponentlari quyidagicha farqlanadi:
katta zarrachali qum – 0,2 – 2.0 mm
mayda zarrachali qum – 0,2 mm – 20 mk
qumtuproq – 2 – 20 mk
mineral kolloidlar – 2 mk dan kichik
2 mm dan katta komponentlar (shag’al)
tuproqning fizikaviy tuzulishi katta ahamiyatga egadir. Tuproq zarrachali bo’lsa, uning tuzulishi yahshi, unda namlik, havo yahshi saqlanadi; mayda zarrachali tuproqqa namlik va havoning o’tishi qiyin bo’ladi, chunki g’ovakligi kam zarrachalar bir – biriga zich turadi. Odatda tuproqning zichligi 2,4 – 2,5 g/sm2 ga teng.*(2)
Har qanday tuproq qattiq, suyuq va gazsimon qismlardan iborat bo’ladi. Uning suyuq qismi suvdan (tuproq eritmasidan) iborat bo’lib, shu suyuqlik tuproq g’ovaklari orasida joylashgan va tuproq zarrachalari suyuqlik bilan to’yingan bo’ladi.*(3)
Tuproqning namlikni ushlab shimib olishi va pastki qatlamlariga o’tkazishi, tuproqning namlik o’tkazuvchanligi deyiladi. Yer osti suvlarining yoki pastki qatlamlardagi namlikning kapillyarlar orqali zarrachalardan – zarrachalarga, g’ovaklardan – g’ovaklarga ko’tarilishiga tuproqning suvni ko’tarib berish xislati deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |