Mavzu: Tuproqning fizik va fizik mexanik xossalari. Reja: tuproqning umumiy fizikaviy xossalari Tuproqning kovakligi va uning turlari


Sug’orish ta’sirida tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarining o’zgarishi



Download 124,59 Kb.
bet17/18
Sana05.01.2022
Hajmi124,59 Kb.
#318408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5244585832160956491

Sug’orish ta’sirida tuproqning fizikaviy va fizik-mexanik xossalarining o’zgarishi.

Tuproqning solishtirma va hajm massalari hamda kovakligi - uning umumiy fizik xossalari deb yuritiladi. Tuproqning unumdorligini oshirish albatta, mana shu umumiy fizik xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rinda tuproq qattiq fazasining zichligi (solishtirma massasi) ning meliorasiyasi to‘g‘risida gap borishi mumkin emas, chunki solishtirma massasi bu uzoq vaqt o‘zgarmaydigan fizik konstanti hisoblanadi. Gap asosan butun vegetasiya davrida juda ham o‘zgarib turadigan tuproqning hajm massasi, hamda u bilan funksional bog‘lanishda bo‘lgan kovaklik to‘g‘risida boradi. Ma‘lumki, tuproq uch fazali sistema hisoblanadi. Lekin bu fazalarning nisbati ularga ishlov berish, sug‘orish jarayonida ancha o‘zgaradi. Bu o‘zgarish asosan tuproqdagi havo va suvga tegishlidir, ya‘ni tuproqda namning ko‘payishi o‘z navbatida havoning kamayishiga olib keladi va aksincha namning kamayishi xavoning ko‘payishiga olib keladi, chunki suv va havo bir ma‘noda - tuproq kovagida mavjuddir.

O‘zbekiston tuproqlarida makroagregatlarning kamligi, hamda ularning suvga chidamsizligi hajm massasini vegetasiya davomida o‘zgarib turishiga olib keladi.

Sug‘orish suvlari agregatlarni buzadi va ularni yanada zichlashishiga sabab buladi. Yangi sug‘oriladigan yerlar asta-sekin zichlashib tuproq qovushmasining zichligi jihatdan o‘rtacha o‘rinda turadi. Turli tipdagi sug‘oriladigan tuproqlar qovushmasining zichligi jihatdan bir-biriga yaqin turadi. Shunday bo‘lsa ham, sahro zonasidagi va gidromorf sharoitidagi tuproqlar ayniqsa kuchli zichlashgan bo‘ladi. Umuman, quyi qatlamlardagi tuproqning hajm massasi ustki qatlamdagi tuproqning hajm massasiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Eng katta hajm massasi haydalma qatlam tagidagi qatlamdadir

S.N.Rijov haydalma qavat tagidagi zichlashgan qatlam, ya‘ni "plug tovoni" sug‘orish vaqtida berilgan suvning va qisman ishlash qurollarining tuproq strukturasini buzishi va tuproqni zichlashtirishi tufayli vujudga keladi, degan fikrni bayon qiladi. Shuning uchun ham qadimdan sug‘oriladigan tuproqlarning haydalma osti qatlamlari bir muncha qatta hajm massasiga ega (1,6-1,8 g/sm3). Tuproqning bu darajada zichlanishiga ko‘p yillik sug‘orish hamda haydov qurollarining bosishi sabab bo‘ladi. Bu qatlamning zarari adabiyotlarda yetarli darajada keng yoritilgan va dehqonlar ham uni biladilar. Sug‘orilmaydigan yerlarda "plug tovoni" bo‘lmaydi.

Shuni ta‘kidlash kerakki, sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda mavjud mikroagregatlar oz miqdorda bo‘lsada, butun vegetasiya davomida hajm massasini juda ham ko‘tarilishiga to‘sqinlik qilib, o‘ziga xos fizik rejimini vujudga keltirishiga sabab bo‘ladi.

Dehqonchilik faoliyati va uzoq muddatli sug‘orish tuproqning morfologik tuzilishini, kimyoviy tarkibi, fizik va meliorativ holatini o‘zgartirib qolmasdan, balki uning fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi. M.Umarovning (1974) ma‘lumotlari bo‘yicha sug‘orish muddati Qarshi cho‘li taqirli tuproqlarining fizik-mexanik xossalariga, ayniqsa uning qatqaloqlanish jarayonini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Sug‘orish natijasida taqirli tuproqlarning plastiklik sonlari qo‘riq maydon tuproqlariga qaraganda bir muncha ortadi. Masalan, qo‘riq va portov yerlarning taqirli tuproqlarida plastikligining yuqori chegarasi 23-28 % o‘rtasida bo‘lsa, sug‘oriladigan maydonlarda esa bu ko‘rsatkich 25-31 % ni tashkil qiladi. Demak, sug‘oriladigan taqirli tuproqlarning ishlov diapazoni bir muncha keng hisoblanadi.

Sug‘orish davri, ayniqsa, taqirli tuproq haydalma qatlamining uvoqlanish darajasiga ancha ta‘sir qiladi. Eng avvalo tuproqlarning fizik yetilganlik ko‘rsatkichi ularning plastiklikning kuyi chegarasi holatidagi namlik darajasiga juda yaqin bo‘lishi xarakterlidir. Bunday holat ayniqsa, qadimdan sug‘oriladigan taqirli tuproqlarning fizik yetilganligida aniq ko‘rinib turadi, ya‘ni mazkur tuproqda plastiklikning quyi chegarasi 19,8 % ni tashkil etsa, uvoqlanish namligi esa - 20,2 % ga teng. Sahro zonasida joylashgan taqir va taqirli tuproqlarning eng salbiy tomoni sug‘orishdan keyin qatqaloq hosil bo‘lishidir. M.Umarov, J.Ikromovlar taqirli tuproqlarni bostirib sug‘organda katta qalinlikda va qattiqlikda qatqaloq paydo bo‘lishini aniqladilar. Sug‘orishning dastlabki va so‘nggi davrlarida portov yerlarda qatqaloqlanish qadimdan sug‘oriladigan taqirli yerlarda bir muncha sekinlashib, uning ko‘rsatkichlari bilan qo‘riq yerlardagi taqirli tuproqlarga yaqinlashadi. Shunday qilib sug‘orish, mineral va organik o‘g‘itlarning keng qo‘llanilishi tuproqning kimyoviy, fizikaviy va meliorativ holatlarini yaxshilabgina qolmasdan, balki ularning texnologik xususiyatlarini ham yaxshilar ekan.

Sahro tuproqlarining qatqaloq hosil bo‘lishiga moyilligi asosan uning namlanish darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tuproqdagi namlikni sarflanishdan qanchalik saqlasak, qatqaloq hosil bo‘lish jarayonini shunchalik kechiktirgan bo‘lamiz. Buning uchun ekin maydonlari sug‘orilgandan yoki yog‘in-sochinlardan so‘ng darhol yumshatilishi lozim, aks holda qatqaloq madaniy ekinlarning keyingi rivojini batamom to‘xtatadi. Qatqaloqqa qarshi kurashishning asosiy agrotexnik tadbirlari - go‘ngdan mulcha hamda o‘g‘it sifatida foydalanish, og‘ir tuproqlarning haydalma qatlamiga qum solish, sun‘iy strukturalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.


Download 124,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish