Tuproq strukturasi deb, mazkur tip va uning qatlamiga xos har xil kattalikka, shakliga, suvga chidamlikka ega bo’lgan agregatlar yig’indisiga aytiladi.
Tuproq strukturasi deb, mazkur tip va uning qatlamiga xos har xil kattalikka, shakliga, suvga chidamlikka ega bo’lgan agregatlar yig’indisiga aytiladi.
Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa strukturasiz yoki kam strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga yerga ishlov berish holatlariga tuproqning suv havo rejimlari va umuman unumdorligi hamda o’simliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalarga rus olimlari V.V.Dokuchayev, P.A.Кostichev, N.A.Кachinskiy va boshqalarning asarlarida alohida ahamiyat berilgan.
Tuproq strukturasining buzilib ketish sabablarini e’tiborga olib strukturani saqlab qolishga qaratilgan quyidagi muhim tadbirlardan samarali foydalanish zarur:
Tuproq strukturasining buzilib ketish sabablarini e’tiborga olib strukturani saqlab qolishga qaratilgan quyidagi muhim tadbirlardan samarali foydalanish zarur:
1) Tuproqning xossalari va o’ziga xos xususiyatlariga qarab yerga ishlov berishning samarali sistemalaridan foydalanish;
2) Yer o’z vaqtida yetilgan holatda ya’ni agregatlari bir-biriga yopishib,kesaklar hosil qilmaydigan paytda haydalishi;
3) Ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashda organik, mineral o’g’itlardan muntazam va samarali foydalanish hamda shu bilan bir qatorda strukturani yaxshilab borish chora-tadbirlarini olib borish agronomiyadagi zarur tadbirlardandir.
Tuproqning plastikligi. Nam tuproqning har qanday tashqi kuchlar ta’sirida o’z yaxlitligini buzmagan holda shaklini o’zgartirishi va buni mexanik kuchlardan keyin ham saqlab qolish xususiyatiga tuproqning plastikligi deyiladi.

Tuproqning yopishqoqligi.Nam tuproqning boshqa qattiq jismlarga yopishish xossasidir. Jumladan, tuproqning ish qurollariga va mashinalarning harakat qismlariga yopishuvi natijasida mexanizmlarning tortish qarshiligi oshadi va yerga ishlov byerish sifati pasayadi.
Tuproqning bo’kishi va cho’kishi.Nam tuproqlarning o‘z hajmini kattalashtirish qobiliyatiga bo’qish(ko’pchish) quriganda esa uz hajmini kichraytirishiga uning cho‘kish xossasi deyiladi. Dastlabki hajmiga nisbatan foiz bilan ifodalanadi.