Muloqotning kommunikativ tomoni- deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, goyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bolib til xizmat qiladi. Til shaxslar ortasida aloqa vositasi bolib, uning yordamida kishilar bilgan malumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Mahlumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda ogzaki nutq. Ogzaki nutqning ozi dialogik va monologik turlarga bolinadi.
Dialogik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bolgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bogliq boladi. Shuning uchun ham oqituvchi bilan oquvchining, hissiy rahbarlarning, diplomatlarning, kochada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan murojaati bolib, uning psixologik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bolishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan talaba tayyorgarlik paytidan boshlab, mahruza qilib bolgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga kop kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq hisoblanadi. Til vositasida olib boriladigan muloqot verbalg, yani sozli deyiladi.
Muloqotning interaktiv tomoni-muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita tasir etishlarinn taminlaydi. Shu tufayli oqituvchi bola shaxsiga maqsadga yonalgan holda tasir korsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bemahni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bolmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini ozgartirish imkoniyatiga ega. Masalan, maktab oqituvchisining ozi oqitayotgan sinfda farzandi bolsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan kechirishi mumkin, yani bir vaqtning ozida ham ota yoki ona, ham oqituvchi rolini bajarishga majbur boladi. Yoki xulqi yomon oquvchining uyiga kelgan oqituvchi bir vaqtning ozida ham oqituvchi, ham mehmon rollari ortasida qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning ozaro muloqotlari kutishlar tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi, oqituvchidan mahlum harakatlarni kutishadiki, ular oqituvchi roliga zid bolmasligi kerak. Oz rollariga mos harakat qilgan, doimo mehyor mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli harakatlar deb ataladi. Masalan, oqituvchining odobi, oz kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi, ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir.
Demak, ozaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik tasir korsatadi. Bu tasir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. Yani, bahzan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli tasirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, hech qanday tasir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir pedagogning oz tasir uslublari va tasir kuchi boladi.
Shaxslararo tasir haqida gap ketganda, oqituvchi obroyining roli haqida ham aytish lozim. Chunki, obroli odam doimo osha obro qozongan guruhida oz mavqeiga va tasiriga ega boladi. Shaxs obroyi uning boshqa shaxslarga irodaviy va emotsional tasir korsata olish qobiliyatidir. Mahlumki, obro amal yoki hayotiy tajriba bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi shaxsning odamlar bilan togri munosabati, undagi odamiylik xislatlarining, boshqa ijobiy xislatlarining uygunlashuvidadir. Avtoritet tasir korsatishning eng muhim mezonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |