Treningni tashkil etishdagi muhim jihatlar.
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joy shinam, keng, erkin harakatlanishga mo‘ljallangan, stullar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Xonada ishtirokchilarning orasiga to‘siq bo‘ladigan ortiqcha jihozlar (ortiqcha stol, stullar) bo‘lmasligi kerak. Guruh a'zolari doira shaklida o‘tiradilar. Doira shaklida o‘tirishning afzalligi shundaki, hamma ishtirokchilar bir-birining borligini his qilishi va bir-birini ko‘rib turishiga imkoniyat bo‘ladi. Bu esa ishtirokchilarda ishonch, qiziqish, diqqat kabi xususiyatlarni vujudga keltiradi. Shuningdek, boshlovchi va ishtirokchilar orasida erkin muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, bolalar guruhi bilan ishlaganda ular qarshisida o‘qituvchining bo‘lmasligi o‘smirlarda haqiqiy tenglikni his etishga yordam beradi. Bu orqali guruh a'zolarining haqiqiy ijtimoiy tengligini ta'minlovchi psixologik muhit (iklim) yaratiladi.
Trening jarayonida guruh a'zolari soni 8-10 kishidan 15-20 gacha bo‘lishi eng ma'qul variant hisoblanadi. Eng yaxshi guruh 12-15 kishidan iborat bo‘lgan guruhdir. Ishtirokchilarning ko‘payib ketishi o‘zaro ishonch muhitining tarkib topishiga halaqit berishi mumkin. A'zolari kam bo‘lgan alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlarini tezroq tushunadilar va ahillashishlari oson kechadi. Agar ishtirokchilar soni 25 kishidan ortib ketsa dastur va mashqlar ishtirokchilarni bir necha guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi, ammo bunda ko‘p vaqt talab etiladi va ishtirokchilarning diqqati bo‘linadi. Bu esa kutilgan natijaga erishishga halaqit beradi.
Har qanday trening trenerning qisqacha informatsiya berishi bilan boshlanadi. Bunda u treningning maqsadi, vazifalari, shuningdek, ishtirokchilar egallashi mumkin bo‘lgan omillar haqida gapiradi. Ya'ni ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil qilinishi, o‘tkazilishi va ishtirokchilar trening oxirida qanday natijalarga erishishi mumkinligi tushuntiriladi.
Keyingi bosqichda trener guruh a'zolari bilan mashg‘ulot davomiyligini kelishib olishi kerak. Mashg‘ulot davomiyligi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
XULOSA
Xulosa qilib aytganda Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng
barcha sohalarda yangilanish va rivojlanish jarayoni keng tarzda amalga
oshirilmoqda. Shu qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham katta
ahamiyat berilmoqda. Bejiz emaski, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi,
1993-yildagi “Sog’lom avlod uchun jamg’armasini tashkl etish to’g’risida”gi
Farmoni, 1998-yil 10-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni va shu farminni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, Respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 1999-yil 29- martdagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tog’risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasining 2000-yildagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24- oktabrdagi “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni hamda Republika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 2003-yil 4-yanvardagi qarori – bu hujjatlarning barchasida hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sportni aholi o’rtasida keng yoyish va yoshlarni sportga jalb etish umumdavlat ishi ekanligi va bu barcha xo’jalik va jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalarining burchi ekanligi ta’kidlangan. Barcha qonun, qaror va farmonlarda kishilarning sog’lom turmush tarzini shakillantiruvchi yangidan yangi aniq vazifalar belgilab berilgan, ayniqsa bolalarni go’dakligidan boshlab mustaqil jismoniy mashg’ulotlarga o’rgatishga keng jalb qilish, ularni chiniqtirish, xususan, sog’lom, baquvvat, chidamli, chaqqon bo’lib o’sishlariga jiddiy e’tibor berish zarurligi alohida uqtirilgan. Chunki bu dolzarb masalalardan biridir. Prezidertimiz Islom Karimov o’z chiqishlarida mamlakatimizda sog’lom avlod tarbiyasi davlat ahamiyatiga molik vazivasi ekanligini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Bu sharafli vazifani bajarishda esa jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish ham kata ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, milliy mafkuramiz, qadriyatlarimizni jismoniy tarbiyada ham aks ettirish choralari ko’rilmoqda. Ya’ni sportni rivojlantirish bilan birga, milliy qadriyatlarimizni, o’zbekona urf-odatlarimizni ham yosh avlod hayotiga singdirib borish va shu ruhda tarbiyalashga muhim vazifa deb qaralmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |