Ko`rsatgich – o`lchash natijalarini ko`rsatuvchi qurilma.
Qayd qilgich – ko`rsatgichdan farqli o`laroq natijani qog’ozda, magnit lentasida, raqam tashuvchi va boshqalarda qayd qilish imkonini beradi.
Asbobning o`lchagich qurilmasi deb ataluvchi qolgan qismi (o`lchov zanjiri, kuchaytirgich, ta’minlash manbasi) datchikdan chekkaroqda o`rnatiladigan alohida uzel shaklida o`rnatilishi mumkin.
Traktor va avtomobillarni sinashda qo`llaniladigan o`lchov asoblar ko`pchiligi noelektrik kattaliklarni elektrik kattaliklar yordamida ifodalashga asoslangan. Bunda o`lchanayotgan muayyan fizik tabiatga ega bo`lgan kattaliklar elektrik signallarga aylantirib beriladi.
Elektrik o`lchov-o`zgartirgichlar lar parametrik (nofaol) va generator (faol) turlarga bo`linadi.
Parametrik o`zgartirgichlarda o`lchanayotgan kattaliklar o`zgarishi natijasida ularnig qarshilik, sig’im, induktivlik kabi elektrik parametrlari o`zgaradi.
Generator tabiatli o`zgartigichda valning aylanishida, temperatura va bosimga o`хshash kattaliklar ozgarganda EYUK (elektr yurituvchi kuch) hosil bo`ladi.
Traktor va qisjloq xo‘jaligi mashinalarni sinashda qo`llaniladigan ayrim o`lchov-o`zgartirgichlarlarning ishlashini ko`rib chiqamiz.
Tenzorezistorlar:
Uzunligi l va kesim yuzasi S bo`lgan ingichka sim o`tgazgichning qarshiligi uning uzunligi va kesim yuzasiga bog’liq bo`ladi:
(1)
- tkazgich materialining solishtirma qarshiligi, Ommm.
Sim cho`zilganda uning kesim yuzasi S kichrayganligi uchun qarshiligi oshadi. Cho`zilish natijasida sim materialining solishtirma qarshiligi ham o`zgaradi.
Bundan ko`rinadiki qarshilikning o`zgarishi R simning cho`zilishiga to`g’ri proporsional
(2)
bu yyerda k’- tenzorezestorning tenzosezgirlik koeffitsienti;
l / l = - nisbiy cho`zilish.
Odatda tenzorezestorlar konstantan materialidan tayyorladi. Bu material uchun k = 2,0 . . . 2,2. O`lchashlar uchun simli va folgali tenzorezestorlardan foydalaniladi. Tenzorezistor o`lchamlari kichik bo`lish uchun diametri 0,03 mm bo`lgan tola panjara shaklida buklanadi va qog’oz yoki plyonka asosga yopishtiriladi. Tenzorezestorlar faqat bo`ylama yo`nalishdagi cho`zilish yoki siqilishni sezadilar. Bunday tenzorezistorlar seryalab ishlab chiqariladi. Detalning yuza qismidagi deformatsiyani o`lchash uchun tenzorezistorlar deformatsiya yo`nalishi bo`ylab detalga yopishtiriladi (masalan БФ-2 elimi yordamida).
Qayishqoqlik chegarasida deformatsiyalanish kattaligi bo`yicha kuchlanishni topish mumkin:
(3)
E – qayishqoqlik moduli, po`lat uchun E = 2 1011 Pa
Detal yuzasining deformatiyalanish kattaligidan shu deformatsiyani hosil qilish uchun kerak bo`lgan kuchni topish mumkin.
(2) va (3) formulalardan tenzorezistorning muhim tavsiflaridan biri bo`lgan tenzosezgirlikni aniqlash mumkin. Buning uchun tenzorezistor teng qarshilikli balkaga yelimlab yopishtiriladi.Balkaning bir uchiga tenzorezistordan a masofada ma’lum m massali yuk osiladi (1 - rasm). Balkaning tenzorezistor o`rtasiga mos keluvchi kesimidagi qarshilik momenti quydagi formuladan hisoblanadi:
(4)
bu yerda,
b – balka kengligi.
h – balka qalinligi.
Balkaning nisbiy deformatsiyalanishi quydagi ifodalardan topiladi.
(5)
bu yyerda g = 9.81– erkin tushish tezlanishi, m/c
(2) va (5)dan tenzosezgirlikni topish mumkin.
(6)
R1, R2 – balka yuklangandagi va yuklanmagandagi tenzorezestor qarshiligi, Om.
Do'stlaringiz bilan baham: |