Mavzu: Trаktоr vа аvtоmоbillаrni sinаshdа ishlаtilаdigаn o`lchаsh o`zgаrtirgich (dаtchik)lаrni sеzgirligini аniqlаsh.
Ishdan maqsad:
O`lchov-o`zgartirgichlarning tuzilishi ishlashi bo`yicha bilimlarni mustahkamlash.
Tenzosezgirlik, reostat o`lchov-o`zgartirgichlar va taxogeneratorning sezgirligini aniqlash usullari bilan tanishish.
Jihozlar va asboblar: tenzometr, reostat,
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Tenzometr — kuch tushadigan inshoot elementlari va mashina qismlarida vujudga keladigan deformatsiyalar (shakl oʻzgartirishlari) ni oʻlchaydigan asbob. Deformatsiyaning qiymati va elastiklik moduli (qattiq jismning qayishqoqligini ifodalovchi koʻrsatkich) maʼlum boʻlsa, materialda hosil boʻladigan zoʻriqishlarni aniqlash mumkin. T.ning mexanik va elektron turi bor. Mexanik T. richaglar (pishang) tizimidan iborat; uning uchi oʻtkir oyoqlari deformatsiya l anuvch i jismga tayanadi; jism uzayganda richaglar harakatga kelib, oʻlchov milini buradi; mil deformatsiya miqdorini koʻrsatadi. Elektron T.lar tekshirilayotgan detalga oʻrnatilgan tenzodatchik (uzatkich)lardagi elektr tokining oʻzgarishiga asoslanadi. Tenzodatchik sim yoki zarqogʻozdan yasalgan panjara yoki yarimoʻtkazgichdan tayyorlangan plastinadan iborat. Tenzodatchik qatgiq jismlarning mexanik deformatsiyasini elektr signallarga oʻzgartiradi va shu yoʻl bilan deformatsiyaning miqdori aniqlanadi.
Reostat (yun. rheos — oqim va statos — qoʻzgʻalmas) — elektr zanjiridagi tok yoki kuchlanishni rostlab turadigan qurilma. Asosan, faol qarshilikdan iborat; qarshilikni ravon yoki pogʻonali oʻzgartirish mumkin. Vazifasiga koʻra, reostat ishga tushirish, ishga tushirishrostlash, rostlash va nagruzka, qarshilik; materialiga koʻra, metall, lampali, suyuqlikli va koʻmirli xillarga boʻlinadi.
Traktor qishloq xo‘jaligi mashinalarini sinash vaqtida ta’sir kuchlari, burovchi, eguvchi momentlar, kuchlanishlar, burchak tezliklar kabi kattaliklarni o`lchashga to`g’ri keladi. Har qanday o`lchov asbobining asosida bitta fizik kattalikni u bilan funksional bog’liq bo`lgan boshqa fizik kattalik orqali ifodallash yotadi.
O`lchov-o`zgartirgichlar bu bitta hususiy o`lchash o`zgartirishni amalga oshiradigan texnik qurilmadir. Misol sifatida temperatura o`zgarishini simob ustunining mexaniq siljishi sifatida tasvirlovchi termometrni ko`rsatish mumkin. O`lchov-o`zgartirgichlar ga qo`yiladigan asosiy talab o`lchovida ma’lumotni minimal xatoga yo`l qo`yilgan holda uzatishdir.
O`lchov asboblari bir necha o`lchov-o`zgartirgichlar lardan tuzulgan bo`lib, odatda ular konstruktiv jihatdan uchta mustaqil uzeldan tashkil topgadi: datchik, o`lchagich qurilmasi, ko`rsatgich yoki qayd qilgich.
O`lchov asbobi datchigi deb o`lchov ob’yekti joylashtirilgan bitta yoki konstruktiv jihatdan bir – biriga bog’langan bir necha o`lchov-o`zgartirgichlar majmuasiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |