Surat bo‘yicha hikoya qilish. «2-sentabr – bilimlar kuni»
nomli surat.
Maqsad: Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rgatish.
Vazifalar:
• «Maktab», «Kuz» mavzularida lug‘atni faollashtirish.
• Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga, ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.
• Bog‘lanishli nutq–hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.
• Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Kutilayotgan natijalar:
• Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar.
• So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lishni o‘rganadilar.
• Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi.
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok tishga
mo‘ljallangan interfaol usullar:
• Aqliy hujum
• Qisqa hikoya
• Savol- javob
• Tetiklashtiruvchi mashqlar
• Amaliy ishlar
Kerakli jihozlar:
«2-sentabr – bilimlar kuni» mavzusi aks ettirilgan surat.
Mashg‘ulotning borishi.
Tarbiyachi: bolalar, 2-sentabr – bilimlar kuni deb belgilangan. Hammangizni bilimlar kuni bilan tabriklayman. Bugun bizning mtashkilotimizdan chiqqan bolalarimiz ilk bor maktabga qadam qo‘ydilar. O‘quvchi bo‘ldilar. Bugun, 2-sentabrdan barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish boshlanadi. Shuning uchun bu kun «Bilimlar kuni» deb nomlanadi. Siz ham bir yildan so‘ng maktabga chiqasiz, o‘quvchi bo‘lasiz. Men sizlarni hammangizni a’lo baholarga o‘qishlaringizni,
ilm- hunarli bo‘lishingizni istayman. Ilm-hunar orqali inson ko‘p narsalarni bilib oladi.
Mana bu suratga qarang.
Savollar:
1. Bu suratni qanday nomlash mumkin? Nom o‘ylab toping.
2. Kimning nomlagani to‘g‘riroq, qiziqarliroq deb o‘ylaysiz?
3. Nima uchun bu bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotiga emas, maktabga kelyaptilar deb o‘ylayapsiz? (o‘quvchilar kiyimini kiyishgan, papka olib ketyaptilar)
4. Maktab deganda qayerni tushunasiz? Maktabda bolalar nima qiladilar? (Maktab- bolalarga bilim beruvchi o‘quv – tarbiya maskani)
5. Maktabga kelayotgan bolalarni kimlar deyish mumkin? (o‘quvchilar, maktab bolalari)
6. O‘quvchilarning papkalarida nimalar bor? (daftarlar, kitoblar, qalamdon, ruchka).
7. Bu narsalarning hammasini birgalikda qanday aytish mumkin? (o‘quv qurollari)
8. Ularni qanday asrab- avaylash zarur?
9. Kitob - o‘quvchilarning eng aziz do‘sti, ular bolalarga bilim beradi. Kitob haqida qanday topishmoqlar yoki hikmatli so‘zlarni bilasiz? (A.Navoiy «Olamda kitobdan aziz do‘st
yo‘qdir», «Qat-qat qatlama, aqling bo‘lsa tashlama», «Kitobim-
oftobim»).
10. Suratda kimlarni ko‘ryapsiz?
11. Bolalar gullarni kimlarga taqdim etyaptilar?
12. Ilk bor maktabga chiqayotgan bolalar ota-onalari bilan chiqyaptilar, ko‘ryapsizlarmi? Nima uchun shunday deb o‘ylaysiz?
13. Qizchaning qo‘lida nima bor?
14. To‘g‘ri, qizchaning qo‘lida qo‘ng‘iroqcha bor. Siz ham maktabga chiqqaningizda maktabda 1-qo‘ng‘iroq chalinadi. 1-qo‘ng‘iroq siz uchun esda qoladigan qadrli daqiqalar bo‘lib qoladi. Siz bu daqiqalarni bir umr yodda saqlaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |