Mavzu: Toshkent shahri ziyoratgohlarida me’moriy yozuvlarning aks ettirilishi Reja: Kirish I – bob. Toshkentning qadimiy maqbara va me’moriy majmualari va ulardagi yozuvlar



Download 86,95 Kb.
bet7/8
Sana01.09.2022
Hajmi86,95 Kb.
#848024
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ziyoratgohlar

Baroqxon madrasasi ana shu tip va maksadda barpo etilgan binolardan yaqqol ajralib turadi: masjid va darsxona o‘rnida qurilgan ikkita maqbara, ayni mahalda madrasa – ochiq hovli tevaragida butun jussasi kovushtirilgan me’moriy majmua bo‘lishidek qoidaga ham amal qilingan. Bino tashqi gumbazlari, peshtoqlari tepa qismi qaytaqayta qurishlar va zilzilalardan ham aziyat chekkan. Shu taxlit Baroqxon madrasasi ajoyib va nafis naqshu nigorlari yo‘qlik qa’riga yuzlangan edi. Ayni mahalda eski fotosuratlarda va arxeologik kazishmalar chog‘ida aniqlangan qadamalar parchalari, shuningdek, qo‘lyozma manbalar bizga qadar saqlanib qolmagan me’moriy ziynatlarni qayta tiklamoqqa imkon beradi.
Buyuk Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ismoil alQaffol ash-Shoshiy tabarruk maqbarasi yonida Toshkent hokimlari va ularning qarindoshlari sulolaviy xilxonasini barpo etish g‘oyasi Suyunchxojaxon ko‘nglida dunyoga kelgan edi, deya taxmin qilish ham mumkin. Madrasaning janubi-sharqiy burchagida joylashgan dastlabki uncha katta bo‘lmagan maqbara-xonaqoh ham chamasi Suyunchxojaxon farmoyishiga binoan barpo etilgan ko‘rinadi. O‘lchamlari jihatidan bosiq va odmigina bo‘lmish mazkur inshootda hech qanaqa naqshu nigorlar bo‘lmagan. Salibsimon ko‘rinishdagi maqbara gumbaz bilan qoplangan, to‘rtala fasadida ham peshtoqlari bo‘lgan. Chamasi, maqbara ichida biron-bir kishi dafn etilmagan, shuning uchun ham keyinchalik undan darsxona o‘rnida istifoda etilgan. XVI asr birinchi yarmi Markaziy Osiyo me’morchiligining ajoyib namunasi bo‘lmish ikkinchi maqbara-xonaqoh esa birinchisining ta momila ziddi, desa ham bo‘ladi. Bu maqbara Suyunchxojaxonning to‘ng‘ich o‘g‘li va taxt vorisi Keldi Muhammadxon tomonidan bunyod etilgan. Maqbara uchun maxsus bitilgan kitoba matn ana shu me’moriy qaydnoma muallifi Zayniddin Vosifiy esdaliklarida saklanib qolgan: «Abulxayrxon o‘g‘li Suyunchxojaxonning xilxonasi bo‘lmish ushbu inshoot uning taxt vorisi bo‘lmish Muzaffariddin Abulg‘oziy Sulton Muhammad Bahodirxon tomonidan hijriy 935 (1528-29) yili barpo etildi. Ayni mahalda ana shu kitoba bitik mazkur inshootning o‘zida amalga oshirilgani yoki aksinchaligi ham — noma’lum, chunki Suyunchxojaxonning o‘zi Turkiston shaxrida volidasi Robia Sulton begim maqbarasi yonida dafn etilgan.
Suyunchxojaxon maqbarasi - Baroqxon madrasasining markaziy binosi - mazkur inshootga kiraverishdagi darvozaxona mehvarining aynan ro‘parasida joylashgan. Devorlarida chukur ravoqsimon toqchalari bo‘lgan kvadratsimon zali ichki yapaski gumbaz bilan nihoyalanuvchi o‘zaro kesishuvchi bag‘allar tizimi bilan qoplangan. Tashki niliy gumbaz – Ko‘kgumbaz baland silindrsimon gardishga ko‘ndirilgan va murakkab serbo‘yoq handasaviy naqshlar bilan bezatilgan bo‘lgan. Gumbaz gardishi tepa qismidan esa suls xatida bitilgan Qur’oni karim oyatlari kitoba bitiklaridan iborat taram (polosa) ham o‘tgan edi. Xonaqoh-maqbaraning to‘rtala tomonidan ham peshtoqlar qad rostlagan. Madrasa hovlisiga qaragan peshtoq ulardan asosiysi bo‘lib, qolganidan ancha baland va xushkad havoza ravog‘i ham bo‘lgan. Asosiy zal devorlari, toqchalari va gumbazi bir mahallar kundal uslubida amalga oshirilgan farovon naqshlar, serbo‘yok jilolar bilan ziynatlangan edi". Devorlar poydevorida - tosh sinch qismida esa jimjimador naqshlari bo‘lgan to‘q yashil rangdagi koshinlardan terib chiqilgan panel – farsh bo‘lgan, sinchning burchaklaridagi agalmatolitdan ishlangan nafis o‘ymakori nimustunchalar esa keyinchalik Yunusxon maqbarasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Bino burchaklarida esa gumbazchalar bilan qoplangan hujralar joylashgan. Maqbara ichkarisida bir necha daxmalar mavjud, ammo ularning kimlarga oidligi noma’lum. Maqbaralarni ham o‘z bag‘riga olgan madrasa buyurtmachi nomi bilan Baroqxon madrasasi deb yuritiladi. Binobarin, avvaliga janub tomondagi peshtoq va hujralar, keyin esa shimoldagi hujralar barpo etilgan. Binosozlik ishlari nihoyasiga yetganidan so‘ng 2 maqbara va 32 hujrani o‘z ichiga olgan binoning umumiy o‘lchamlari tashqi konturi bo‘yicha 82x44 metr, hovli perimetri bo‘yicha 46x27 metrdan iborat bo‘lgan.
Madrasa hovlisiga to‘g‘ri olib boradigan darvozaxona tepasida mahobatli peshtoq barpo etilgan. Baroqxon madrasasiga shimol tarafdan kirish inshootlari turkumi uchta hujrali darvozaxona, janub tarafdan esa «Nomsiz» deya yuritiluvchi maqbaradan tarkib topgan. Mazkur binoning uchta peshtoqi madrasa konstruksiyaga jips, go‘yoki yaxlit bir jismdek tuyuladi. «Nomsiz» deb yuritiluvchi janubiy fasadgina inshootning birlamchi qiyofasini saqlab qolgan, xolos. Suyunchxojaxonning mahobatli maqbaraxonaqohi to‘rt tomondan yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan bir tarzda yalanglikda qolgan, peshtoqning ikkala yonboshidagi hujralar uning qiyofasiga soya solmagan. Madrasa va maqbaralarning suyak bilan qadamalab bezatilgan o‘ymakor naqshli eshiklari ham ajoyib va xushchiroy bo‘lgan.
Shayboniylar sulolasi hukmronligi tugagandan keyingi XVII asrda Baroqxon madrasasi qayta ta’mirlanganicha o‘z holiga tashlab ko‘yilgan. XVIII asr oxirlarida Toshkent madrasalarini tavsiflab o‘tgan o‘sha davr muallifi ulardan eng yaxshisi bo‘lmish Baroqxon madrasasi xarobaga aylangani, boyaqishning ichiga hatto chorva mollari qamalgani haqida afsus-nadomat bilan yozgan edi.
Ancha keyinrok Baroqxon madrasasiga e’tibor qaratildi. 1859 yili Toshkent hokimi Qanoatshoh hovlining shimol tarafidagi vayronaga aylangan hujralarni qayta tikladi va madrasa ta’minoti uchun vaqf ham ta’sis etdi. Biroq 1868 yildagi 8 balli kuchli zilzila oqibatida maqbaraning katta gumbazi qulab tushgan. Baxtli tasodif tufayligina chala vayrona holiga kelib qolgan Ko‘kgumbaz 1866 yili taniqli fotograf D. Yermakov tomonidan suratga tushirilgan ekan.
Qo‘qon xonligi hukmronligi davrida Baroqxon madrasasi mullavachchalar va mudarrislarning goho shaxmat o‘ynab turadigan manziliga aylanib qolganligi sababli unchalik ham ishonchli va nufuzli oliy o‘quv dargohi deb hisoblanmagan”.
1904-1905 yillarda Barokxon gumbazi Xoja Abul qosim rahbarligida toshkentlik usta-quruvchilar tomonidan ta’mirlangan.
Ana shundan keyin madrasada ta’mirlash ishlari deyarli amalga oshirilmagan. Faqatgina XX asrning 50-60-yillarida xalq ustasi Shirin Murodov rahbarligida bosh peshtoq, miyonxonadagi xujralar qayta tiklangan, hujralardagi ravoqlar va tokchalarning g‘ishtlari qaytadan terib chiqilgan. Ana shu ta’mirlash ishlaridan keyin Baroqxon madrasasida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi faoliyat yuritgan. «Nomsiz» deb yuritiluvchi maqbara Diniy idora rahbari – muftiy ish xonasiga aylantirilgan, Suyunchxojaxon maqbara-xonaqohi esa majlislar va anjumanlar zali bo‘lgan. Ma’muriy maqsadlarga unchalik ham mos kelmaydigan madrasa hujralarida esa diniy idora bo‘limlari ish olib borgan.
1960-1980 yillarda madrasaning eng kadimgi qoldiqlari ustiga tunuka qoplangan edi. Bosh peshtoq va darvozaxonadagi qayta tiklangan naqshlar ham talab darajasida amalga oshirilmagan. Sirkori sopol koshinlar o‘rniga me’moriy nakshu nigorlar andavalangan yuzaga shunchaki bo‘yoqlar bilan chizibchizg‘ilab qo‘yilgan edi, xolos.
2006 yildan boshlab Baroqxon madrasasida katta ta’mirlash ishlari boshlandi. Suyunchxojaxon maqbarasida tashqi gumbaz, uning gardishidagi qadimgi naqshning birlamchi rasmlari, gardish yuqori qismidagi qur’oniy kitoba bitik belbog‘ichi eski fotosuratlar asosida mashaqqatli va izchil mexnat bilan qayta tiklandi. Bosh fasad ravoqlari tokchalari naqshinkor koshinlar bilan qoplandi, uning qanotlarida esa ravoqsimon toqachalar tepasiga to‘g‘ri burchakli kitoba bitiklar tushirilgan pannolar o‘rnatildi. Madrasaning bosh fasadi shu taxlit yangi qiyofaga ega bo‘ldi. Peshtoq yonbosh ravoqlari serbo‘yoq naqshinkor pannolar bilan ziynatlandi, ana shu pannolarda handasaviy tus berilgan kitoba bitiklar nabotiy-islimiy naqshlar handasaviy naqshlar - girehlar bilan uyg‘unlashib ketgan. Peshtoqning tepa qismida Qur’oni karim oyatlari bitilgan to‘g‘ri burchakli panno joy olgan. Peshtok ravog‘ini ham yangilashda sayqallangan pishiq g‘ishtdan «qolipkori» usuli foydalanilgan. Bosh peshtoqning chap tarafida joylashgan kichik maqbara tashqi gumbazi ham qayta tiklangan. Simmetriya - muvoziylikni yuzaga keltirish uchun bosh peshtoqning o‘ng tarafida aynan shunday boshqa bir gumbaz ham bunyod etildi. Aytib o‘tilgan ishlarning hamma-hammasi bino ahamiyati va ulug‘vor qiyofasi borasida ajib taassurot qoldiradigan bo‘ldi.

Xulosa
Ma’lumki, O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Is- lom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO - AYSESKO) Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyatining poytaxti deb e’lon qildi".
Arablar istilosidan keyin Toshkent- kitoba bitiklar haqida bir narsa deyish da ham islomiy ruhdagi obidalar bunyod mushkul. etilgan. Ularda muayyan bitiklar bo‘lgani Biroq aynan ana shu IX-X asrlarda ham tabiiy. Afsuski, bu davrda qurilgan, yasalgan xushnamo sirlangan sopol idishhatto undan keyingi IX-X asrlarda qadlar hunarmandlarning yuqori malakarostlagan me’morchilik yodgorliklari ham si va yuksak badiiy dididan, shuningdek, saqlanib qolmagan. Shuning uchun ulardagi shahar muhitida arab tili nechog‘li keng tarqalganidan dalolat beradi. Sopolsoz ustalar xattotlikning chinakam durdonalarini yaratish asnosida arabiy harflarni bezash imkoniyatlaridan keng foydalangan edi. Laganlar va kosalar oq fonga qora bo‘yoq bilan geometrik chiziqlarga o‘xshashroq «qat’iy kufiy»dan tortib to nafis dekorativ «guldor kufiy» va «ajilla kufiy»gacha bo‘lgan ko‘lamda ziynatlangani ko‘zga tashlanadi.
Bitiklar orasida esa saxovat va bilimdonlikni vasf etuvchi mana bunday hikmatomuz iboralar ko‘pligi e’tiborni tortdi: «Saxovat – hidoyat sohiblari fazilatidir», «Ochko‘zlik – kambag‘allik alomati», «Ko‘p so‘zlagan ko‘p xato qilibdi», «Mol-davlatning oliyjanobi – xohish-istaklar bahridan o‘tishdir».
Taxmin qilish mumkinki, aytib o‘tilgan inshootlar, birinchi navbatda, diniy binolar (o‘sha davr an’analariga muvofiq) nafaqat naqshu nigorlar, qolaversa, arxeologlar tomonidan fragmentlari topib aniqlanayotgan kitoba bitiklar bilan ham ziynatlangan edi. Shu sababli Binkat (Choch, Shosh) mahobatli kitoba bitiklari umumiy uslubi haqida birdaniga hukm chiqarish ancha mushkul. Biroq, epigrafik topilmalar nomlariga qarab xulosa qilinadigan bo‘lsa, mahobatli me’moriy bitiklar yaratish borasidagi an’analar o‘sha kezlarda shahar sharoitida ham, uning tevarak atrofida ham ravnaq topgan edi. Muhimi, kitoba bitiklar uslubi arxitekturadagi epigrafika haqida ham to‘liq tasavvur beradi.
Afsuski, Toshkent shahrida qadimiy me’moriy yodgorliklar unchalik ham ko‘p saqlanib qolmagan. Bunga sabablar – ko‘p. Eng avvalo, tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini) imoratlarga ziyon yetkazgan. Shaharlashuv jarayoni ham taxminiy ravishda kechgan, ya’ni oldindan pishiq - puxta o‘ylab rejalashtirilmagan. Xususan, sho‘ro davridagi mafkuraviy vaziyatlar, ya’ni dahriylik siyosati ta’sirida diniy e’tiqod bilan bog‘liq aksar yodgorliklar ham qatag‘on tegirmoniga tashlangan. Vaholangki, mutaxassislar 1868 yil boshlarida Toshkentda 250 dan ziyod masjid va taxminan 100 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgani haqida ma’lumot beradi.
Ana shu yodgorliklar, albatta, naqshlar bilan bezatilgan bo‘lishi kerak. Biroq bugunga kelib bu naqshlarning yo‘nalish va uslublari, ayniqsa, ulardagi kitoba bitik-lar haqida so‘z yuritishning imkoni yo‘q. Shuning uchun ham bir mahallar o‘rta asrlar inshootlarini ziynatlab turgan har qanday parcha (fragment) — originalligi va tabiiyligi bilan katta ahamiyatga ega. Hech bo‘lmaganda, ular o‘rta asrlar yodgorliklari qiyofasi, ayniqsa, ularning kitoba bitik-lari haqida qisman bo‘lsa-da tasavvur beradigan material sifatida tadqiqotchilar va shahar tarixi bilan qiziquvchilarning barchasi uchun nihoyatda qimmatli manba hisoblanadi. Ana shunday namunalardan biri Mingo‘rik shaharchasidan uncha uzoq bo‘lmagan joydan topildi. U o‘ymakor sopol koshin parchasi edi. Bu parcha taxminan XIV asr o‘rtalariga oid me’moriy pardozlash fragmenti bo‘lishi mumkin. Saqlanib qolgan matn mazmuniga qarab hukm chiqarish mumkinki, u masjid mehrobini bezab turgan arxitektura ziynati lavhasi bo‘lsa kerak. Parchada Qur’oni karimdagi «Al-Fotiha» surasining: «Valaz-zolliyn. Omin. Sadaqalloh(ul-azim)», degan bir necha so‘nggi kalimasi saqlanib qolgan, xolos. Nas’h xatida amalga oshirilgan bu kitoba bitikda zeru zabarlar muntazam qo‘yilmagan. Harflar oralig‘i esa guldor naqshlar va xurmo barglarisimon bezaklar bilan to‘ldirilgan.
Naqshu nigor bilan bezatish usullari, koshinlar ranglari va husnixat uslublarida Buxoro (Bayonqulixon maqbarasi) yoki Samarqand (Shohi Zinda majmuasi) obidalaridagi bezaklar bilan ayrim o‘xshashliklar mavjud. Bu esa ayni davrda Toshkentda ham Movarounnahr mintaqasi uslublariga ancha mos va uyg‘un keluvchi mahobatli xattotlik an’analari ustuvorlik qilganidan dalolat beradi.


Download 86,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish