Olim bo‘lsang, olam seniki. Olim aka kitob do‘koniga kirdi.
Rayhon, hidlaringni so‘llarimga sep. Rayhon - a’lochi qiz.
Havo ochilib, yulduzlar charaqlab ketdi.
Yulduz xola nabiralariga mehribon.
Yangi mavzu bayoni: To’plam va tasnif
O’qituvchi xattahtaga turli xil narsa buyumlar yozilgan kartochkalarni aralsdh holda ko’rsaadi
Masalan: qaychi, qozon, tovoq, igna, ip, bolta, tesha, randa, chini, qoshiq, sanchqi va boshqalar.
O’QUVCHILAR ULARNI GURUHLARGA AJRATADILAR.
1. Oshxona buyumlari- qozon, tovoq, piyola, chini, qoshiq, sanchqi
2. Chevarchilikka xos bo’lgan buyumlar- igna, ip, metr, angishvona, tikuv mashinasi
3. Duradgorlia xos bo’lgan buyumlar- randa. Bolta. Tesha. Uskana
Darslikdagi 1-topshiriq slayd ko’rinishida namoyish etiladi
Rasmdagi narsalarni guiruhlarga ajrating. Guiruhlarga ajratishda narsalarning qanday o’xshash tomonlariga asoslanganingizni ayting
Bilib oling: O’rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig’indisi to’plam deyiladi. To’plamning oxshash va farqli tomonlari asosida ichki guruhlarga bo’lish tasnif deyiladi.
O’quvchilarning har bir guruhiga turli xil mahsulotlar taqdim etiladi.
Birinchi guruh- meva va sabzavotlar
Ikkinchi guruh- hayvon va parrandalar
Uchinchi guruh- badiiy adabiyotlar
To’rtinchi guruh- transport vositalari
Guruhlar bu narsalarni toplamga ajratdilar va har bir guruh ajratilgan narsalarni tasniflab berdilar.
Mashqlar ustida ishlash
85-mashq
Meva ostida birlashgan so’zlarni ko’chiorib yozing. Ularning farqli belgilarini ayting. Shunday bog’da bo’lganmisiz?
Jo’noqi, qizilsulton, olma, shaftoli, o’riq.
O’quvchilarga slayd orqali mevalarning foydali tomonlari haqida videorolik ko’rsatiladi.
86-mashq Matndagi milly o’yinlar turlariga oid bo’lgan so’zlarni daftaringizga yozing
Kurash, botmon-botmon, oq terakmi, ko’k terak, qushim boshi, mindi-mindi, bekinmachoq
-Yana qanday xalq o’yinlarini bilasiz?
- O’z mahallangiz haqida soz’zlab bering.
O’qituvchi o’quvchilarg milliy o’yinlar haqidagi vieorolik namoyish qiladi.
Dam olish daqiqasi
Bunda o’qituvchi turli hayvon va prrandalarni ovozini o’quvchilarga eshittiradi. Bunda o’quvchilar qaysi ovoz nimanikiligini topishlari kerak bo’ladi.
Ovozlar radio orqali qo’yib eshittirilladi.
87-mashq
Qovun nomi ostida birlashgan so’zlarni daftaringizga ko’chirib yozing
Gulobi, obinavvot, shakarpalak, asadi, bo’rikalla, ko’kcha, qirqma, amiri, umrboqi.
- Yana qanday poliz ekinlarini bilasiz?
_Poliz ekinlari ekiladiga maydonda bo’lganmisiz?
- Bizning tumanimizda qovunning qanday navlari yetishtiriladi?
Qovun haqida uning foydali tomonlari haqida o’quvchilarga videorolik qo’yib beriladi.
88-mashq
Quyidagi so’zlarni guruhlarga ajrating
1-guruh- tepalik, qir, jarlik, adir, cho’qqi
2-guruh- chumchuq, musicha,qaldirg’och, olaqanot, zag’izg’on
3-guruh- bug’doy, arpa, sholi, makkajuhori
O’qituvchi tomonidan o’quvchalrga rivoyat aytib beriladi. Aytilgan rivoyat asosida savol-javob o’tkaziladi
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bunda o’qituvchi “Do’ppiga mos” metodidan foyalanadi. Milliy bosh kiyimimiz bo’lmish do’ppiga bir nehta svolar joylangan bo’ladi. Har bir guruh shu savollarga javob berishlari kerak.
To’plam nima?
Tasnif nima?
Tasnifda qanday belgilaga tayaniladi?
O’quv qurollarini sanang, ularning o’xshash tomonlarini ayting.
Uyga vazifa: 89-mashq “O’zbekistonning qazilma boyliklari” mavzusida matn tuzing . Unda keltirilgan so’zlarni guruhlarga ajrating.
Dars so’ngida o’quvchilar o’zlariga darsning boshida tarqatilgan raqamlar yozilgan kartochkalardan foydalanib o’z –o’zini baholaydilar. Shunga qarab o’qituvchi o’quvchilarga baho qo’yadi.
O’qituvchi darsni G’afur G’ulomning “Vaqt” she’ridan parcha aytin yakunlaydi
Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so’raydi qadrin
Fursat g’aimatdir shu onarda
Bezamoq chog’idir umr daftarin
Do'stlaringiz bilan baham: |