Ketingi babka markazlarga о‘rnatilib yо‘nilayotgan zagotovkani tutib turish, shuningdek, teshiklar parmalash va ularga ishlov berish uchun mо‘ljallangan asboblarni (parma, zenker, razvyortkalarni) hamda rezba qirqish uchun mо‘ljal-langan asboblarni(metchik,plashkalarni) mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ketingi babka stanina yо‘naltiruvchilari bо‘ylab surila oladi. Yо‘naltiruvchi plitaga nisbatan babkaning korpusi kо‘ndalang yо‘nalishda vint vositasida surila oladi. Babka stanokka uni bashmak vositasida (ekssentrik orqali) siquv-chi dasta yordamida mahkamlanishi mumkin. Babka stanokka qо‘shimcha ravishda yanada puxtaroq qilib vint bilan mahkamlanadi. Pinol markaz bilan birga о‘qiy yо‘nalishda chambarak hamda vintaviy juft vositasida suriladi. Pinolni buralib ketishdan shponka tutib turadi. Pinol dasta yordamida mahkamlanadi, dastaning vint suxarlarni silindrik kesikka keltiradi. Ketingi babka korpusida, masalan, parmalashda ketingi babkaga о‘rnatilgan parmaga me-xanikaviy surish harakati uzatish uchun support bilan ulash qulfi bо‘lishi mumkin.
Surishlar qutisi - shpindeldan yoki alohida yuritmadan surish vali yoki surish vintiga aylanma harakat uzatish, shuningdek, tegishlicha surishga erishish yoki rezba qirqishda muayyan qadam hosil qilish maqsadida aylanish chastotasini о‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Bunga surishlar qutisining uzatish nisbatini о‘zgartirish yо‘li bilan erishiladi. Surishlar qutisi almashtiriladigan shesternyalari bor gitara vositasida stanok shpindeli bilan bog‘langan.
Fartuq surish vali va surish vintining aylanma harakatini supportning tо‘g‘ri chizig‘iy ilgarilama harakatiga aylantirish uchun mо‘ljallangan.
Support kesuvchi asbobni mahkamlash va unga surish harakati berish uchun xizmat qiladi. Support stanina yо‘naltiruvchilari bо‘ylab youriluvchi karetka (pastki salazkalar)dan, karetkaning yо‘naltiruvchilari bо‘ylab kо‘ndalang yо‘nalishda, zagotovka о‘qi tomon suriladigan kо‘idalang shkiv; reverslash friksion muftasi; о‘q; valdagi bloklarni qayta revers mexanizmi va surishni kamaytirish mexanizmi chambaragi; qushaloq blokni qayta ulash chambaragi; vallardagi
tishli g‘ildiraklar bloklarini boshqarish chambaragi. Salazkalardan, beriluvchi qism 4 dan iborat; buriluvchi qismda yо‘naltiruvchilar bо‘lib, keskich karetkasi (yuqorigi karetka) harakatlanadi. Karetkaga va kо‘ndalang salazkalarga harakat avtomatik ravishda ham, dastaki usulda ham uzatilishi mumkin. Supportning buriluvchi qismini stanok markazlari chizig‘iga nisbatan burchak hosil qiladigan tarzda о‘rnatish mumkin. Keskich karetkasi buruvchi qism yо‘naltiruvchilari. 1K62 stanogining ketingi babkasi bо‘ylab faqat dastaki ravishda surilishi mumkin. Supportda ketingi keskich tutkich bor, u kо‘ndalang salazkalarga о‘rnatiladi. Undan ariqchalar ochish uchun foydalaniladi.
Karetka va supportning kо‘ndalang salazkalari bitta dasta bilan suriladi. Biror harakatni ulashda dastaning surilish yо‘nalishi supportning tо‘rt yо‘nalishda surilish yо‘nalishi bilan tо‘g‘ri keladi. Supportni tez surish uchun alohida elektrik dvigateldan foydalaniladi, bu dvigatel staninaning о‘ng qismida joylashgan bо‘lib, surish valiga tezlatilgan harakat uzatadi. Bu elektrik dvigatel dastaga joylashgan knopka K bilan ishga tushiriladi.
Surish harakati surish vintidan asosiy gaykani jipslashtirish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Asosiy gayka ikkita yarim gaykadan iborat, bu yarim gaykalar fartuqda qilingan yо‘naltiruvchilar bо‘ylab surila oladi. Dasta surish vintidagi yarim gaykalarni jipslashtirish yoki ajratish uchun xizmat qiladi. Ular shakldor pazlari bо‘lgan disk vositasida suriladi, shakldor pazlarga esa yarim gaykalarga presslab о‘tqazilgan shtiftlar kirib turadi.
Ishlov beriladigan detalni, kesuvchi asbobni stanokga о‘rnatish va mahkamlash.
1.Ketingi babka, zagatovkani о‘rnatishga halaqit bermasligi uchun, о‘ng tomonga surib qо‘yiladi.
2. Zagatovka uzunligini va yо‘nish uchun qoldirilgan qо‘yimni yetarli ekanligi, zagatovkani adilligi va unda darzlar bor-yо‘qligi tekshirib kо‘riladi.
3. Zagatovka patronga yoki markazlarga tо‘g‘ri о‘rnatiladi va mahkamlanadi.
4. Shpindelni ishga solib, zagatovkaning tepish-tepmasligiga razm solinadi.
5. Keskichtutgichga keskich о‘rnatiladi va mahkamlanadi, sо‘ngra ularni qanchalik puxta mahkamlanganligi tekshirib kо‘riladi.Kesuvchi asbobning uchi markazlar о‘qi balandligiga aniq tо‘g‘ri kelishi kerak.
6. Stanok shpendeli berilgan aylanishlar soniga va surish qiymatiga sozlanadi.Keskich , keskichtutgichning chap qismiga о‘rnatiladi.Keskichni qulochi (keskichtutgichdan chiqib turadigan qismi) ortig‘i bilan 1,5 bо‘lishi mumkin.Keskichni qulochi yо‘l qо‘yilganidan katta bо‘lsa, keskich titiraydi, yuza notekis bо‘lib chiqadi.Keskichni о‘rnatilish balandligi qistirmalar (uzunligi 150-200 mm va qalinligi 1-5 mm bо‘lgan pо‘lat planstinkalar) bilan rostlanadi. Keskich uchi ketingi babka markazi uchiga tо‘g‘ri kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |