Mavzu: To`gri to`rtburchak va kvadratning perimetri.
Maqsad:
a) Ta`limiy: Formulalar, tog`ri to`rtburchak va kvadrati haqida tushuncha berish, ularning perimetri formulalarini keltirib chiqarish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib, matematik formulalarini hayotga tadbviq eta olishga intilish, ularni kasbga yo`naltirib borish,
v) Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mantiqiy fiklarini rivojlantirish.
Dars uslubi: Aqliy hujum, musobaqa, guruhlarda ishlash
Dars jihozi: darslik, kadaskop, vatman, marker, ko`rgazma, skoch
Dars vaqti: 40 daqiqa
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
1)salomlashish
2) navbatchi axboroti
3) kun bitigi
O`quv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`lar
Bilim qayda bo`lsa, buyuklik bo`lar.
4) Dars jarayoni bilan o`quvchilrni tanishtirish
5) “Ko`prik yasash” metodikasi bilan tanishtirish
“ Daryo berilgan. Mana shu daryodan narigi qirg`oqqa o`tib olishimiz kerak. Buning uchun ko`prik qurib olamiz. Darsda har bir to`g`ri bajarilgan vazifa ko`prik uchun poydevor bo`ladi.”
II Asosiy qism:
1) Uyga vazifani tekshirish.
“O`quvchilar uyga vazifani “O`zimizni o`zimiz tekshiramiz” uslubi bo`yicha tekshiramiz. Yonimizdagi o`rto`gimizni daftari bilan almashtirib , tekshiramiz. Sizga 1 daqiqa vaqt.
2) Guruhlarga vazifa berish:
O`quvchilar har bir guruhga 4 tadan misol berilgan . Ularni hisoblab, oldingizdagi vatnmandagi soat strelkasi qarama-qarshi yo`nalishida ortib borihi tartibida yopishtirib chiqasiz. Agar vazifani to`g`ri bajarsangiz, sizga geometrik shakllar hosil bo`ladi. Sizga 3 daqiqa vaqt.
3) Guruhlar taqdimoti
Hurmatli o`quvchilar yozuv taxtasiga e`tiborni qaratamiz. Qanday tasvirni ko`rayapsiz?
O`quvchilar: Hovlini
O`qituvchi: To`g`ri hovlini, o`zbekona hovlini. Demak, o`quvchilar sizlar arxitektor bo`libsiz. Arxitektor kasbi haqida tushuncha bera olasizmi?
O`quvchi javobi:
O`qituvchi: O`quvchilar bilasiz, hurmatli Prуzidentimiz I.A.Karimovning qarori bilan qishloqlarda chiroyli, qulay hovlilar qurilmoqda. Kelajakda siz ham arxitektor bo`lib, shunday hovlilar zavod, fabrikalarning chizmalarini chizasiz degan umiddaman. Buning uchun albatta hisob-kitobni bilish kerak
O`quvchilar yana tasvirga qaraymiz.
Qanday shakllarni ko`rayapsiz?
O`quvchilar; kvadrat, to`g`ri to`rtburchak, uchburchak, oval, doira shakllari.
O`qituvchi: Bugun sizlar bilan to`g`ri tio`rtburchak , kvadrat haqida ma`lumot olamiz. Daftarlarni ochib mavzuni yozamiz.
Yangi mavzu: Formulalar. To`g`ri to`rtburchak va kvadratning perimetri. Formulalar. Yangi mavzu kadoskop orqali tushuntiriladi.
1. To`g`ri to`rtburchak:
A,B,C,D nuqtalar to`g`ri
to`rtburchakning uchlari
B С
A D
AB, BC, CD, AD kesmalar uning tomonlari deyiladi
AB. CD- balandlik yoki eni deyiladi
AD, BC- asos yoki bo`yi deyildi.
P=a+b+a+b=2a+2b=2(a+b)
Demak, P=2(a+b)
2. Kvadrat
Tomonlari teng bo`lgan to`g`ri
to`rtburchak kvadrat deyiladi.
Pkv=a+a+a+a=4a
B C
A D
Mustahkamlash: 293-294-297
№293 mustaqil bajariladi.
№ 294
B-n Yechish
A=3 sm P= 2(a+b)=2*(3+5)=16
B=5 sm
P-? Javob: P=16 sm
Dam olish daqiqasi:
“Matematika” she`ri (Hazil)
O`quvchilar sizlarning orangizda ham she`riyatga qiziqib sh`er yozadigan, rasmlar chizadigan o`quvchilar bo`lsa, o`z ijodingizni maktabingizning “Kelajak tongi” gazetasiga nashrga berishingiz mumkin. Uning bosh muharriri ____________________
E ndi, o`quvchilar quyidagi rasmga e`tiboringizni qarataman. “Ring” so`zi nimani anglatadi?
O`quvchilar: Boks maydoni
O`qituvchi: To`g`ri. O`zbekistonlik boks bo`yicha chempionlardan kimlarni bilasiz?
O`quvchilar: Artur Grigoryan, Ruslan Chagayev, Muhammadqodir Abdullayev
O`qituvchi: Rahmat. Hozirgi 297-masalamiz ring haqida ekan
297-masala
1.Ringni 1 qator o`rash uchun necha metr arqon kerak bo`ladi?
4*6=24 m
2. 3 qator o`rash uchun necha metr arqon kerak bo`1adi?
24*3=72 m
Javob: 72 metr arqon kerak bo`ladi.
Uyga vazifa:
301-302- misollarga tushuncha beriladi. Baholash
Xulosa:
O`quvchilar sizga berilgan har bir vazifani to`g`ri bajarganligingiz sababli ko`prik yasab u qirg`oqqa o`tib oldingiz. Kelajakda yo`lingizda uchraydigan qiyinchiliklarni ham shunday o`z bilimingiz bilan yengib o`tasiz degan umiddaman.
O`quvchilar sizga dars yoqtimi?
Nima uchun yoqdi?
Bu darsda o`zingizga nimalar oldingiz?
O’quvchilar, quyidagi misralarni o’zingizga shior qilib olishingizni istardim.
Toshkent viloyati
Piskent tumani 1-U.O’.T. maktabi
matematika fani o’qituvchisi Mirusmonova Nargizaning BDMM dasturi asosida yozilgan
1 soatlik dars ishlanmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |