1. Tog’ jinslarining asosiy mexanik xossalari. 2. Tog’ jinslarining deformatsiya xossalarini o’rganish 3. Tog’ jinslarining mustahkamlik xossalarini o’rganish. 4. Tog’ jinslarining taranglik xususiyatlari. 1. Tog’ jinslarining asosiy mexanik xossalari. - Neft va gaz konlarini burg`ilash va ishga tushirish jarayonlari tog` jinslarining quyidagi mexanik xossalariga bog`liq: taranglik, zichlik, deformatsiya, siqilish, egilish va o’zilishga qarshi mustahkamlik, plastiklik va boshqalar. Jumladan, konlarda qatlam bosimining o’zgarishi (qatlam maydonidagi taqsimoti) tog` jinslarining tarangligi, suyuqlik va gazlarning siqiluvchanligiga bog`liq.
- Qatlam bosimi kamaygan sari kavaklardagi suyuqlik (neft va gaz) kengayadi, kovaklar, esa qatlamdan yer yuzasigacha bo’lgan tog` jinslarining og`irligi, ya'ni tog` bosimi natijasida torayadi. Bu mexanizm ta'sirida qatlamdan quduqlarga anchagina neft sirqib chiqadi.
Shuni ham hisobga olish kerakki, quduqlar ish jarayonining o’zgarishi natijasida qatlamda bosim bir zumda o’zgarmay, sekin - tushirish yoki to’xtatish bilan bog`liq. - Shuni ham hisobga olish kerakki, quduqlar ish jarayonining o’zgarishi natijasida qatlamda bosim bir zumda o’zgarmay, sekin - tushirish yoki to’xtatish bilan bog`liq.
- Qatlamda bosim o’zgarish tezligi hajm tarangligi koeffitsienti orqali aniqlanadi.
- Tog` jinslarining zichligi deb, bir birlik hajmdagi qattiq jismning massasiga aytiladi
- Bu yerda: M - tog` jinsi massasi;
- V - tog` jinsining bir birlik hajmi.
Zichlik tog` jinsini tashkil etgan minerallar va ularning o’zaro munosabatlariga bog`liq. Tog` jinslarini tashkil etgan minerallar zichligi 1850 kg/m3 dan (allofan) 5200 kg\m3 gacha (magnetit) o’zgaradi. - Zichlik tog` jinsini tashkil etgan minerallar va ularning o’zaro munosabatlariga bog`liq. Tog` jinslarini tashkil etgan minerallar zichligi 1850 kg/m3 dan (allofan) 5200 kg\m3 gacha (magnetit) o’zgaradi.
- Tog` jinslarining mustahkamligi deb, ularning tashqi kuchlar ta'sirida yemirilishiga aytiladi. Mustahkamlik asosan siqilishdagi yemirilishga qarshilik ko’rsatadi. Jumladan, bir o’qli siqilishda o’zilish mustahkamligi 2 - 18 %, siljish mustahkamligi 5 - 20 % ni tashkil etadi.
- Plastik deb, tog` jinslarining suv bilan to’yinganligi oshib ketishi natijasida oquvchanlik xususiyatiga ega bo’lishiga aytiladi. Bunday holatlar neft va gaz konlarida uchramay, asosan shaxtalar, metro tunellarida qazish ishlari olib borilganda uchrashi mumkin.
- Quduqlar mahsuldorligini oshirish maqsadida o’tkaziladigan bir qator tuzatish va ta'mirlash ishlarining samaradorligi (qatlam ostki qismini torpedalash, suyuqlik ta'sirida qatlamlarni yorish va boshqalar) tog` jinslarining mustahkamligi va taranglik koeffitsientiga bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |