Mavzu: Tirik organizmlarni moddalar almashinuvi bir biriga bog'liqligi Reja:
Tirik organizmalr haqida tushuncha
Moddalar almashishining bir-biriga bog’liqligi
Tirik organizmlarda moddalar almashinuvi
Moddalar almashinuvi (metabolizm) — tirik organizmlarning oʻsishi, hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini doimiy taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli xujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va hujayralararo moddalar hosil boʻladi, yemiriladi va yangilanadi. Mas, odamda barcha toʻqima oqsillarining yarmisi taxminan 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, muskul oqsillari 180 kunda, ayrim jigar fermentlari har 2—4 soatda yangilanib turadi. Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Hujayralarda sodir boʻladigan Moddalar almashinuvi bilan energiya almashinuvi biologik katalizatorlar — fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Energiya almashinuvida murakkab organik molekulalardagi kimyoviy bogʻlar shaklida mavjud boʻladigan potensial energiya kimyoviy oʻzgarishlar tufayli hujayra strukturasi va funksiyasini, tana haroratini saqlab turish, ish bajarish va boshqa jarayonlar uchun sarf boʻladigan energiyaga aylanadi. Moddalar almashinuvi hujayrada bir vaqtning oʻzida kechadigan va oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki jarayon — anabolizm va katabolizmaan iborat. Katabolik jarayonlarda murakkab molekulalar oddiy molekulalarga parchalanib, koʻp miqdorda energiya ajraladi. Bu energiya maxsus kimyoviy energiyaga boy makroergik bogʻlar, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va boshqa molekulalar shaklida jamgʻariladi. Katabolik oʻzgarishlar, odatda, gidrolitik va oksidlanish reak-siyalari natijasida amalga oshadi. Bu reaksiyalar kislorodsiz (anaerob yoʻl — glikoliz, bijgʻish) hamda kislorod ishtirokida (aerob yoʻl — nafas olish) sodir boʻladi. Ikkinchi yoʻl evo-lyusion nuqtai nazardan ancha yosh va energetik jihatdan ancha samarali boʻlib, unda organik moddalar SO2 va suvgacha toʻliq parchalanadi.
Hujayrada katabolizm va anabolizm reaksiyalari bir vaqtda kechadi; katabolik oʻzgarishlarning oxirgi bosqichi anabolizmning boshlangʻich reaksiyalari hisoblanadi. Birok, Moddalar almashinuvining anabolitik va katabolitik yoʻllari oʻzaro mos kelmaydi. Mas, glikogenning laktat kislotagacha parchalanishida 12 ta ferment ishtirok etib, ularning har biri bu jarayonning alohida bosqichini katalizlaydi. Glikogenning laktat kislotadan hosil boʻlishi jarayoni esa 9 ta fermentativ reaksiyalardan iborat boʻlib, ular tegishli katabolik reaksiyalarning aksi hisoblanadi. Xuddi shunga oʻxshash oqsillar bilan aminokislotalar yoki yogʻlar bilan faollashgan atsetat kislota oʻrtasida kechadigan anabolik va katabolik re-aksiyalar ham oʻzaro mos kelmaydi. Moddalar almashinuvining reaksiyalari hujayraning maʼlum qismlari — kompartamentlarda amalga oshadi. Mas, glikoliz jarayoni hujayra sitoplazmasida, gidrolitik parchalanish reaksiyalari — lizosomalarda, lipidlarning hosil boʻlishi silliq endoplazmatik toʻrda, oqsillar biosintezi ribosomalarda roʻy beradi. Moddalar almashinuvining umumiy bosqichlari bir-biri bilan doimo bogʻlangan boʻladi. Moddalar almashinuvining asosiy oraliq moddasi piruvat kislota uglevodlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi reaksiyalarini oʻzaro bogʻlab turadi.
Barcha tirik organizmlar uchun xos boʻlgan hujayra darajasidagi Moddalar almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy jarayonlarning jadalligi va yoʻnaltirilganligi fer-mentlar faolligiga taʼsir koʻrsatish, ularning hosil boʻlishi yoki parchalanishini boshqarish orqali amalga oshadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda Moddalar almashinuvi qoʻshimcha boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar almashinuvi nerv sistemasi orqali va gormonal yoʻl bilan ham boshqarib turiladi
Ko'payish barcha tirik organizmlarga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. O'simliklar asosan uch xil: vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi.
Vegetativ ko'payish - vegetativ organlar orqali yoki tana qismlari orqali ko'payishdir. Jinssiz ko'payish - sporalar yordamida ko'payish. Jinsiy ko'payish -jinsiy hujayralar ( gametalarning qo'shilishi orqali ko'payish.
Vegetativ ko'payishning eng ko'p tarqalgan tabiiy usullari quyidagilar:
Ildizpoya orqali ko'payish . Talaygina ko'p yillik o'tchil o'simliklar ildizpoyalari yordamida vegetativ ko'payadi. Ildizpoyalari kalta va bo'g'in oralig'i qisqa bo'lgan o'simliklarda (masalan, ajriq, g'umay, tog'rayhon, kiyiko't va boshqalar) kurtaklar bir-biriga yaqin turadi, shuning uchun ham yerusti novdalari g'uj bo'lib chiqadi. Ildizpoyalari uzun bo'lgan o'simliklarda kurtaklar bir-biridan uzoq joylashgan, shu sababli ulardan chiqadigan yerusti novdalari tarqoq holda joylashadi (qamish, qiyoq va boshqalar).
Tugunaklar yordamida ko'payish. O'zbekistonning adir va cho'llarida o'sadigan zira (Bunium persicum), xashaki zira (qarg'aoyoq) va skorzonera o'simliklari ildizpoyasining yerostida qalinlash (yo'g'onlash)gan qismi tugunak deb ataladi. Tugunaklarda o'simlik uchun zarur oziq moddalar to'planadi va vegetativ ko'payish vazifasini bajaradi. Bunday ko'payishni kartoshka va boshqa o'simliklarda ko'rish mumkin. Bu xildagi tugunaklar yerostida joylashgani uchun yerosti tugunaklari deb ataladi.
Piyozboshlar (boshpiyoz) orqali ko'payish. Markaziy Osiyo cho'l, adir va tog' o'simliklari orasida lola, nargis, chuchmoma, boychechak, liliya(piyozgul), piyoz kabilar piyozboshlar bilan ko'payadi. Ba'zi o'simliklarda piyoz kurtaklari barg qo'ltiqlari yoki to'pgullarida hosil bo'ladi. Sarimsoq va liliya singari o'simliklarning piyozi mayda piyozchalardan iborat, ular to'kilsa, und an yangi o'simlik o'sadi. Ba'zi o'simliklarning gullarida urug' o'rnida kichkina bargli novdalar hosil bo'ladi va keyinchalik ona o'simlikdan uzilib ildiz chiqaradi (masalan, qo'ng'irbosh) . Bunday o'simliklar bolalovchi (tirik tug'ar) o'simliklar deb ataladi.
Jinssiz ko'payish tuban va yuksak sporali o 'simliklar (suvo'tlar, zamburug'lar, qirqbo'g'inlar va paporotniklar) hayotida uchraydi. Jinssiz ko'payish maxsus hujayra -spora yoki zoospora yordamida sodir bo'ladi. Spora va zoospora ona hujayra ichida mitoz yoki meyoz - reduksion (lot. re - yangitdan, produksio- mahsulot) yo'l bilan hosil bo'ladi.
Spora yetiladigan organ sporangiy, zoosporalar yetiladigan organlar esa zoosporangiy deb yuritiladi.
Sporangiy bir hujayrali va ko'p hujayrali bo'lishi mumkin. Bir hujayrali sporangiy tuban o'simliklarda, ko'p hujayrali sporangiy yuksak sporali o'simliklarda uchraydi. Yosh sporangiy ichida bitta hujayra (to'qima) meyoz yo'l bilan bo'linib, sporalar hosil qiladi.
Sporalar yetilgandan keyin sporangiy devori yirtiladi va undan otilib chiqqan yengil, juda ham mayda sporalar shamol vositasida tarqaladi. Nam yerga tushgan spora o'sib yangi individga aylanadi.
Sporalar ba'zi suv o'tlar (qizil suv o'tlar), zamburug'lar, yuksak o'simliklardan: yo'sinlar, qirqquloqsimonlar (paporotniksimonlar) va qirqbo'g'insimonlarda uchraydi. Spora yordamida ko'payish xususiyatiga ega bo'lgan o'simliklar sporali o'simliklar deb ataladi.
Jinsiy ko'payish. Tuban rivojlangan o'simliklarda jinsiy ko'payish ikkita harakatchan jinsiy hujayra - gametalar (yunon. jinsiy hujayra) protoplazmasi va yadrolarining bir-biri bilan qo'shilishi, ya'ni kopulatsiya (lot. kopulasio - juftlashish) natijasida vujudga keladi.
Ko'pchilik o'sim liklarda jinsiy hujayra - gameta maxsus gametangiy (yunon. angeyon - nay)da yetiladi. Tuban o'simliklarda bir hujayrali,yuksak o'simliklarda ko'p hujayrali gametangiy taraqqiy etadi.
Gametalar yetilgandan so'ng gametangiy devori b o 'rtib yirtiladi va ular suvga chiqadi. Suvda ular qo'shiladi va zigota hosil qiladi. Zigota ichida, avvalo, gametalarning sitoplazmasi (protoplazmasi) qo'shiladi, bu hodisa plazmogamiya deb ataladi, keyinchalik ularning yadrolari qo'shiladi - bunga kariogamiya deb ataladi.
Zigota tinchlik davrini o'tgandan so'ng, uning diploid (yunon. diploos -qo'shaloq) yadrosi reduksion (meyoz) bo'linib, xromosomalar soni ikki barobar
Tiriklikni ilmiy asosda o’rganish boshlanganidan beri turli olimlar tomonidan uni turli ko’rinishda tasniflashga harakat qilingan. Hozirda butun tiriklik olamini sistemaga solishda bir necha tamoyillarga amal qilinadi. Ayni damda tirik organizmlarning zamonaviy klassifikatsiyasi ierarxiya tamoyiliga asoslanadi. Ierarxiyaning turli darajalari turlicha nomlanadi. Ayni damda tirik organizmlar quyidagi asosiy birliklar bilan tasniflanadi: dunyo, tip yoki bo’lim, sinf, turkum, oila, urug’ va tur.
Ushbu sistematik tamoyil binar nomenklatura va ilmiy sistematikaga asos solgan shved olimi Karl Linney sharafiga Linney ierarxiyasi deb nomlanadi. Hozirga kelib sistematikaning dunyo birligidan ham katta birlik, ya’ni 1990 yilda Karl Vyoze tomonidan domen tushunchasi fanga kiritilgan.
Ushbu sistema bugungi kunda takomillashib 2 domen (eukariotlar va prokariotlar) va unga kiruvchi 7 dunyodan iborat. Quyidagi rasmda zamonaviy klassifikatsiya tizimining tadrijiy rivojlanish bosqichlarini ko’rishingiz mumkin.
Eukariotlar – hujayrasida shakllangan yadroga ega bo’lgan organizmlar.
Prokariotlar – hujayrasida shakllangan yadroga ega bo’lmagan organizmlar.
Hayvonlar – geterotrof oziqlanuvchi, aktiv harakatlanib hayot kechiruvchi organizmlar.
Zamburug’lar – geterotrof oziqlanuvchi, vegetativ tanasi mitselliy deb ataluvchi organizmlar.
O’simliklar – fototrof oziqlanuvchi, passiv harakatga ega bo’lgan organizmlar.
Xromistlar – hujayrasida xloroplastga ega boshqa eukariot organizmlarni tutuvchi eukariot organizmlar. Aksariyat qismi avtotrof, ayrim turlari esa geterotrof va saprofit holda oziqlanadi. Bularga quyoshlilar, infuzoriyalar va oxrofit suvo’tlari kabilar kiradi.
Protozoalar – erkin yoki parazit holda yashovchi bir hujayrali parafiletik kelib chiqishga ega bo’lgan eukariot organizmlar. Ilgari ularni bir hujayrali sodda hayvonlar deb atalgan. Bularga evglenalar, amyobalar, foraminiferalar, dinoflagellata kabilar kiradi.
Arxeylar – hujayrasida shakllangan yadro va membranali organoidlari yo’q organizmlar. Ilgari ular bakteriyalar dunyosining arxeobakteriyalar deb nomlanuvchi guruhini tashkil etar edi. Boshqa tirik organizmlardan o’zining mustaqil evolutsion rivojlanishi va o’ziga xos biokimyoviy xususiyatlari bilan farqlanadi. 1977 yilda K.Vyoze tomonidan bakteriyalar dunyosidan ajratilgan. Arxeylar tuzilishiga ko’ra bakteriyalarga yaqin tursa-da, ayrim genlari va metabolitik jarayonlari bilan eukariotlarga yaqin turadi. Asosan xemotrof usulda oziqlanadi.
Bakteriyalar – hujayrasida shakllangan yadroga va membranali organoidga ega bo’lmagan bir hujayrali organizmlar.
Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o’zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o’zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo’lgan energiya hisobiga to’qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko’payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari
yangilanadi yosh oganizim o’sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi taminlanadi
Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog’liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik hususiyati bo’lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o’tadi. Bunda moddalar va energiya yo’qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi.
2.Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan ikki jarayon,yani assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o’tadi. Bular anobolizm va katobolizm deb ham ataladi.
Ovqat moddalari tarkibiy qisimlarining hujayralarga o’tishi assimilyatsiya yoki anabolizm debataladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko’payadi. Organizm qancha yosh bo’lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o’tadi. Bu esa yosh organizmning o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi
Hujayralar eskirgan tarkibiy kismlarining parchalanishi (emirilishi) dissamilyatsiya yoki katabolizm deb ataladi. Buning natijasida energiya hosil bo’ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo’gan qol diq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrit, suv, azot qoldiqlari va boshqala).
Shunday qilib, odam organizmida assimiliyatsiya va dissimi-lyatsiya jarayonlari bir-biriga bogliq holda davom etadi. Soglom bo’gan katta odamlarda bu ikkala jarayonlar bir-biriga teng muvoza-natda bo’ladi. Yosh organizimda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo’-lib, buning natijasida o’sish va rivojlanish ta’minlanadi. Keksa odam-lar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun bo’ladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqin bo’lib, yuzlarida ajin paydo boladi, tana muskulari o’shashib, ularning hajmi kichirayadi va qorni osilib qoladi. Ogir kasalliklar vaqtida dissimilyatsiya jarayoni kuchayadi. Shuning uchun, hatto yosh odamning rangi so’liydi, terisi quriydi, yuzida ajinlar paydo bo’ladi, muskullari bo’shashadi, tana massasi kamayadi.
Demak, organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari uzluksiz davom etadi. Ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishiga qo’ra, odam tanasidagi har xil to’qima va tarkibiy qisimlarning yangilanish muddati turlicha bo’ladi. Masalan, jigar to’qimasi va qon zardobining oqsillari 20 kun davomida butunlay yangilanadi, tana muskularining oqsillari 180 kunda yangilanadi. Umuman odam tanasidagi hamma to’qimalar tarkibidagi oqsilarning yarmi har 80 kun davomida yangilanib turadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qaysi bir to’qima va organ qanchalik faol ish bajarsa, harakat qilsa, uning tarkibiy qisimlari yangilanshi shunchalik tez sur’atlarda bo’ladi. Binobarin, jismoniy mehnat, fizkultura va sport mashgulotlari odam tanasidagi to’qimalarning tez yangilanishi, organizmning yosh, soglom va tetik saqlanishiga olib keladi.
3.Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya’ni proteinlar odam organizmining sogligi, normal o’sishi va rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani o’taydi: plastik va energetik. Oqsillarning plastik ahamiyati shundan iboratki, ular barcha hujayralar va to’qimalarning tarkibiy qisimga kiradi, ya’ni hujayralarning eskirgan qisimlari yangilanib turishadi va ularning ko’payishiga asosiy rol o’ynydi.
Oqsillarning energetik vazifasi shundan iboratki, ular organizmda kislorod ishtirokida oksidlanib, parchalanadi va o’zidan energiya ajratadi. 1g. oqsil parchalanganda 4,1kkal energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasi haroratining doiymiyligini saqlash, ichki organlarning normal ishlashini ta’minlash, odamning harakatlanishi va har xil ishlar bajarish uchun sarflanadi.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Ular molekulasi tarkibida 20 ta aminokislota bo’ladi. Ularning 10 tasi almashtirib bo’maydigan-eng zarur (lizin, triptofan, gistidin, metionin, treonin, leytsin, izoleytsin, valin, tsistein, fenilalanin) aminokislotalardir. Ular organizmda bahsqa moddaladan sintes qilimaydi. Qolgan 10 tasi almashtirish mumkin bo’gan aminokislotalardir. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab, ikki hil bo’ladi: sifatli va sifatsiz oqsillar. Sifatli oqsillar tarkibida yuqorida qo’satilgan 10 ta almashtirib bo’maydigan aminokislotalarning hammasi bo’ladi.Sifatli oqsillar hayvon mahsulotlarida (go’sht, tuhum, baliq, ikra, sut, va sut mahsulotlarida)bo’ladi. Sifatsiz oqsillar tarkibda almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarning ba’zilari bo’lmaydi.Shuning uchun ham ular sifatsiz oqsilar deb ataladi.
Sifatsiz oqsillar o’simlik mahsulotlaridabo’ladi (non, kartoshka, makkajo’xori, no’xat, mosh, loviya, guruch, kabilarda).
Shuni olohida qayd qilish kerakki, bolalar organizmining o’sishi va rivollanishi uchun ularning ovqat tarkibidagi oqsillarning 80-90 %i sifatli (go’sht, baliq, tuxum, sut) bo’lishi kerak. Kattalar ovqati tarkibdagi oqsillarning 50 %i sifatli va 50 %i sifatsiz bo’lishi mumkin. Katta odam kundalik ovqatining tarkibida 80-120g oqsil bo’lishi kerak.
Yoglar almashinuvi. Yoglar ham oqsillarga o’xshash odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega. 1g yog organizmida kislorod ta’sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Yoglar ikki xil bo’ladi: hayvon yoglari (dumba, charvi yoglari, sariyog, baliq yogi, tuxum sarigi tarkibida yog kabilar); o’simlik yoglari (paxta, kungaboqar, zig’ir, kunjut, makkajo’xori, zaytun moylari). Dumba, charvi va tuxum sarig’i tarkibidagi yog’larda xolesterin moddasi ko’p. Bu modda ateroskleroz (qon tomirlarning qattiqlashib, mo’rtlashib va toraib qolishi) kasalligi kelishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun yoshi 40dan oshgan odam hayvon yog’i va tuxumni kamroq iste’mol qilishi kerak.
O’simlik moylarida, ayniqsa, zaytun moyida to’yinmagan moy kislotalar bo’lib, ular xolesterin moddasini etiradi va uning organizmga chiqib ketishga sharoit yaratadi. Shuning uchun o’simlik moylari yoshi ulg’aygan odamlarda ateroskleroz kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Odam organizmining fiziologik ehtiyojiga ko’ra, bir kecha kunduzgi ovqat tarkibida yog’ va oqsil miqdori deyarli teng bo’lishi kerak (80-110g).Kundalik ovqat tarkibida yog’ yetishmasligi bolalar va o’smirlar organizmining o’sishi va rivojlanishi sekinlashuviga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, yuqumli kasalliklaga, tashqi muhitning noqulay tasirlariga – odamning sovoqa chidamliligi, aqliyva jismoniy ish bajarish qoboliyati pasaishiga olib keladi. Aksincha yog’larni normadan ortiqcha iste’mol qilish odam semirishiga sabab bo’ladi. Ortiqcha yog’ teri ostida, charvida, yurak, buyrak atrofida to’planadi. Semirish odam ish faoliyatini pasaytiradi, sog’lig’ni zaiflashtiradi
Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar odam organizmida asosan energiya manbai bo’lib hi di. Ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo’lib parchalanadi va hukayra-to’qimalarni, ayniqsa muskullarniish faoliyati uchun zarur bo’gan energiya bilan ta’minlaydi. 1guglevod kislorod ta’sirida parchalanib, 4,1 kkal energiya ajratadi. Uglevodlar asosan o’simliklardan olinadigan ovqat mahsulotlarida ko’p bo’ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz hamda shirinliklarda).Katta odamning birkunlik ovqat tarkibida 350-450g uglevod bo’lish kerak.
Ovqat tarkibida iste’mol qilingan polisaxaridlar shaklidagi uglevodlar og’iz bo’shlig’da ptialin, oshqozon-ichaklarda amilaza fermentlari ta’sirida monosaxaridlarga parchalanib’ qonga so’rilgach, to’qima va hujayralarga yetib boradi. Qon tarkibida monasaxarid shaklidagi uglevodlar (glyukoza)ning miqdori normada-80-120mg% bo’ladi. Odam och qolganda, ya’ni uzoq vaqt davomida jismoniy mehnat bajarganda qonda glyukoza miqdori kamayadi. Bunday vaqtda charchash belgilari yuzaga keladi,ya’ni bosh aylanadi, ko’z tinadi, terlaydi, umumiy holsizlik seziladi. Aksincha, shirinlik ko’p iste’mol qilinganda qonda glyukoza miqdori ko’payudi. Me’da osti bezi kasalligida, undan ajraladigan insulin garmoni kamaib, qondagi glyukozani glikogenga aylantirish jarayoni buziladi va qandli diabet kasaligi yuzaga keladi.
Mineral tuzlar odam tanasining barcha hujayra va to’qimalari tarkibida bo’ladi. Ular ikkiga: makroelementlar va mikroelementlarga bo’linadi. Makroelementlarga natriy, xlor, kalsiy, fosfor, kaliy, temir kiradi. Bular qon, hujayra, ayniqsa suyaklar tarkibida ko’pmiqdorda bo’ladi. Mikroelementlarga rux, marganets, kobalt, mis, alyuminiy, ftor, yod kiradi. Bular qon, hujayra va suyaklar tarkibida kam miqdorda bo’ladi.
Mineral tuzlar moddalar almashinuvida, ayniqsa hujayralarning qo’zg’alish jarayonida muhim o’rin tutadi. Natriy va kaliy ionlari hujayralarda membrana potesiali hosil bo’lishda muhim ahamiyatga ega. Natriy xlorid, yaniy osh tuzi qon tarkibida 0,9% li fiziologik eritma holida bo’lib, u qonning osmotik bosimi doimiyligini ta’minlaydi. Kalsiy va fosfot tuzlari suyak tarkibida ko’p bo’ladi, ular suyaklarning qattiqligiga vamustahkamligini ta’minlaydi.
Temir moddasi qizil qon tanachalarning tarkibiga kiradi.U kislorodni biriktirib olib, hujayralarda gazlar almashinuvida va moddalar
ning oksidlanish jarayonida ishtirok etadi.
Yod qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan tiroksin gormoning tarkibiga kiradi. Agar organizmda yod yetishmasa, qalqonsimon bezning ish faoliyati buzilib, buqoq kelib chiqadi.
4. Vitaminlar. Vitaminlar biologik faol moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rua olimi N.I. Lunin (1853- 1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertasiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim ekanligini birinchi bo’lib isbotladi. Uning xulosasiga ko’ra, ovqta tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin esam, deyilgan edi. Keyinchalik bumuhim moddalar 1912-yilda. K. Funk otmonidan vitaminla deb nomlandi (vita-hayot dega ma’noni bildiradi).
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, ularning xar birti odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar bir necha hafta, oy davomida kundalik ovqat tarkibida biror vitamin yetishmasa, uning organizmda bajaradigan fiziologik vazifasi buziladi. Natijada ma’lum kasallik kelib chiqadi. Agar odam organizmida biror vitamin mutloqo yo’qolsa, avitominoz, uning miqdori kamaysa, gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa, gipervitaminoz deb ataladi. Bu holatlarning har qaysisidao’ziga xos hastaliklar belgilari paydo bo’ladi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B, gipovitaminoz C ,va hokozo.Har xil vitaminlar turli vazifani bajaradi. Vitaminlar yoq’da va suvda eruvchilarga bo’linadi. Yog’da eruvchilar A, B, D vitaminlari, suvda eruvchilarga B guruh K, C, PP, kabi vitaminlar kiradi.
A vitamin hayvon va odam organizmi o’sishi va rivojlanishida, hujayralarning bo’linib ko’payishida, epiteliy to’qimasining funksional holatini normal saqlashda, ko’z o’tkirligining yaxshi bo’lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
B guruh vitaminlari. Bu guruhga B1(tiamit), B2(riboflavin), B6, B12, B15, PP (nikotin kislota), pantotenat kislota va boshqalar kiradi.
B1 vitamin (tiamin) markaziy nerv sistemasida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari normal o’tishida, muhim rol o’ynaydi. Agar u kundalik ovqat tarkibida yetarli miqdorda bo’lmasa, odamda gipovitaminoz B1 kasalligi yuzaga keladi. Buning belgilari oyoq-qo’l muskullarida uvishib og’rish, holsizlik, tez charchash: odamning aqliy ish faoliyati pasayadi, ya’niy o’zlashtirish, esda saqlash, e’tiborni muhim masalaga jalb etish kabi qobuliyatlar pasayadi. Bu vitaminlar uzoq muddat davomida yetishmasa, avitaminoz B1, yaniy beri-beri kasalligi vujutga keladi. Uning belgilari shundan iboratki, nerv sistemasida ro’y bergan chuqur o’zgarishi natijasida nerv tolalari shol bo’lib qoladi, terida sezuvchnlik oldiniga kuchayadi, so’ngra yoqoladi, qo’l –oyoq muskullarining xarakati kuchsizlanadi. Odam oyog’ni yaxshi ko’tara olmaydi va sudrab bosadi.
B2 vitamin (riboflavin) ko’zning ravshanligi,ranglarni yaxshi ajratishda, terida yaralarningtuzalishida, bolalarningo’sish va rivojlanishida muxim rol o’naydi. U ovqat tarkibida yetarli bo’lmasa gipovitaminoz B2 yuzaga keladi. Bu kasallikda ko’zning shoh pardasi xiralashadi va ko’rish o’tkirligi, ranglarni ajratish qobiliyati pasayadi. Lablar qizaradi, achishadi, va yara hosil bo’ladi. Soch to’kiladi,. Bu vitamin jigar, buyrak, tuxum, sarig’I, ust va sut maxsulotlarida, no’xat, loviya tarkibida bo’ladi.
PP vitamin (nikotin kialota) hujayra va to’qimalarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’toishda muhim rol o’ynaydi. Bu vitamin yetishmaligi natijasida vujutga kelgan gipovitaminoz PP kasalligida normalari D bilan boshlanubvchi uchta kasallik yuzaga keladi: dermatit, diareya, dementsiya.
5. Energiya almashinuvi. Energiya sarfi. Odam organizmida kecha-kunduz davomida sarflanayutgan energiya uch qismdan iborat:
1.Asosiy moddalar almashinuvi ta’minlash uchun sarflanadigan energiya.
2. Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energaya.
3. Odam bir kecha-kunduzda bajaradigan ishga sarflanadigan energiya.
Bajaradigan ishning turiga va sarflanayotgan energiya miqdoriga ko’ra, barcha ishlovchi odanlar 4 guruhga bolinadi:
Birinchi guruhga aksariyat yengil mehnat, aqliy mehnat bilan shug’ulanuvchilar kiradi. Ular organizmi bir kecha-kunduzda sarflaydigan energiya miqdori 2500-3000 kkal ga teng:
Ikinchi guruhga mexanizmlashgan jismoniy mehnat bilan shug’ulanuvchilar kiradi. Ular bir kecha-kunduzda 3000-3500 kkal energiya sarflaydilar.
Uchinchi guruhga mexanizatsiyalashmagan og’ir jismoniy mehnat bilan shug’ulanuvchilar kiradi. Ular bir kecha-kunduzlik energiya sarfi 3500-4000 kkal ni tashkil etadi. Muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar ham shu guruhga kiradi.
To’rtinchi guruhga mexanizatsiyalashmagan og’r jismoniy mehnat bilan shug’llanuvchilar kiradi. Shuningdek, yuqori razryatga ega bo’lgan sportchilar ham shu guruhga kiradilar. Bu guruhga kirgan odaml\arning bir kecha-kunduzlik energiya sarfi 4500-8000 kkal ni tashkil etadi.
Ko’pchilik aqliy va engil jismoniy mehnat shug’ullanadilar. Ularning kecha- kunduzlik energiya sarfi 3000-3500 kkal ni tashkil etadi. Shundan 1200-1500 kkal energiya har kuni jismoniy mehnat sarflanishi lozim. Agar jismoniy mehnat qilish zarurati bo’lmasa, sport bilan shug’ullanish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Biologiya o’quv fanidan majburiy standart nazorat ishlarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar (5-9 sinf) T.: 2006y.
2. Verzilin N. M., Korsunskaya M. «Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi», «O‘qituvchi» 1983y.
3. Rozieva N. O’quvchilarni mustaqil ijodiy tafakkurini shakllantirish. Xalq ta’limi. 2003y.
4. Mavlonov O. «Biologiya repetitor kitobi» T.: «O’qituvchi» NMIU, 2016y.
5. G‘ofurov A. T. va boshqalar. Biologiya (Evoloyutsiya va ekologiya) T.: “Sharq”. 2007y.
6. G‘ofurov A. T., Maxkamov M. «Botanikadan ekskursiyalar o‘tkazish metodikasi», «O‘qituvchi» 1991y.
Do'stlaringiz bilan baham: |