Struktur metod Struktur metod bir-biri bilan o’zaro bog’langan va nisbatlangan til birliklarini tahlil qiluvchi metod hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklarining o’xshash va noo’xshash jihatlari, joylashish tartibi bilan shug’ullanadi. Glossematika - Struktur lingvistikaning muhim tarmog’I Glossematikadir. Glossematika yunoncha “glossa”- “til” so’zidan olingan bo’lib, bu yo’nalishda obyektni o’rganishda o’ta subyektivizmga yo’l qo’ygan va shuning uchun noilmiy bo’lgan an’anaviy tilshunoslikka qarama-qarshi ravishda paydo bo’lgan. Glossematikaning tamoyillari V. Brendalning “Struktural lingvistika”, L. Yelmslevning “Til nazariyasi tezislari”, “Boshqaruv tushunchasi”, “lingvistik struktur tahlil metodi” kabi qator asarlarida bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |