nutq parchasidir. CHunki nutq parchasi, nutqiy akt bixevioristik qatorning markaziy bo„g„ini
sanaladi va u nutqiy faoliyatning so‘zlovchi – jumla - tinglovchi mexanizmini ochib beradi. Ana
shu asosda tilga jamiyat tomonidan qo„llanilishi mumkin bo„lgan jumlalar yig„indisi sifatida
qaraladi va natijada tilning sistemaviy tabiati amalda nazardan chetda qoladi.
Boshqacha aytganda, L.Blumfild lingvistik tahlilni faqat kuzatish bosqichida olib
borishni bosh maqsad qilib qo„yadi va umumlashtirish bosqichi bilan bog„liq bo„lgan barcha
narsalarni soqit qiladi. Bunday o„ziga xos lingvistik pozitivizm bixeviorizm nazariy asosining
ta‟siri sanaladi va ayni paytda Sossyurning til haqidagi ta‟limotigagina emas, balki Ovro„pa
tilshunosligining etakchi struktur yo„nalishiga ham qarama-qarshi turgan ta‟limot sanaladi.
3-ilova (1.4)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |