Grammatika sohasida F.de Sossyurning til va nutq dixotomiyasini V.Skalichka
qo„llab-quvvatladi. U grammatika atamasi ostida til doirasiga mansub bo„lgan barcha
sohalarni (fonologiyadan tashqari) tushunadi. Skalichkaning fikricha, til o„zining struktur
grammatika deb yuritiluvchi maxsus o„rganish ob‟ektiga ega. Bu bilan struktur grammatika
Lekin Korjinek grammatik sathda til va nutq munosabatini boshqacha tushunadi.
Uning fikricha, til va nutq o„rtasidagi munosabat, bir tomondan, ilmiy tahlil, abstraksiya,
sintez, tasniflash, ya‟ni faktlarni ilmiy tavsiflash, ikkinchi tomondan, bu tahlil uchun ob‟ekt
bo„lib xizmat qilgan borliqning ma‟lum hodisalari o„rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Praga maktabi vakillari qarashlarining shakllanishiga I.A.Boduen de Kurtenening
tilning funksionalligi va uni sinxron tahlil etishning muhimligi haqidagi g„oyalari ham katta
Tilshunoslikka funksionallik tamoyilini, ya‟ni til vositalarini ularning bajarayotgan
vazifasiga qarab baholash tamoyilini dastlab I.A.Boduen de Kurtene kiritgan edi.
Funksiya tushunchasini Praga lingvistlari tilni funksional sistema sifatida talqin
etishda rivojlantirdilar.
Boduen de Kurtene tashqi va ichki lingvistikani bir-biridan ajratar ekan, tilni tildan
tashqaridagi borliqdan ajratib o„rganishga qat‟iy qarshi chiqadi. SHuning uchun u adabiy til
bilan xalq shevalari o„rtasidagi munosabatni o„rganishga alohida ahamiyat beradi.
Praga lingvistlari Boduenning bu qarashlarini rivojlantirdilar. Ular hech qanday til
bo„shliqda yashamasligi, uning til jamoasi o„rtasida mavjud bo„lishini, jamoaning
kommunikativ va ekspressiv ehtiyojini qondirish uchun yashashini ta‟kidlaydilar. Ana
shundan kelib chiqib, Praga tilshunoslari nutqiy faoliyatni ikki asosiy funksiya bajarishini
ko„rsatadi: 1) sotsial funksiya (individlar o„rtasidagi munosabat); 2) ekspressiv funksiya
(hayajon ifodalash, so„zlovchiga ta‟sir etish).
Nutqiy faoliyatning sotsial funksiyasi, o„z navbatida, yana ikki guruhga ajratiladi: 1)
axborot funksiyasi. Bunda so„zlovchining butun e‟tibori ma‟lum axborotni uzatishga
qaratiladi; 2) poetik funksiya. Bunda asosiy e‟tibor axborotni uzatish shakliga qaratiladi.
YA‟ni nimani ifodalash bilan birga, qanday ifodalashga asosiy e‟tibor qaratiladi.
Tildan kommunikativ funksiyada foydalanish jarayonida unga tilga yondosh
(ekstralingvistik) hodisalar ham yordamga keladi. Bunday hodisalar qatoriga imo-ishoralar,
mimika, nutq vaziyati singari hodisalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: