O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti,Filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili yo'nalishi 3-kurs talabasi Raximova Dilnozaning Tilshunoslik va tabiiy fanlar fanidan o‘zlashtirish ishi
MAVZU: TILSHUNOSLIK FANINING BOSHQA ILMIY FANLAR BILAN ALOQASI
Reja:
1.Tilshunoslik fani haqida.
2.Tilshunoslik va tabiiy fanlar.
3.Tilshunoslik fanining boshqa ilmiy fanlar bilan aloqasi
Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyoti yo‘llarini bilish, o‘rganish mumkin emas. Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o‘rganadi. Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat Muayyan (xususiy) tilshunoslik malum bir tilning lug‘at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishi, taraqqiyot yo‘llari hamda qardosh tillarga munosabatini ilmiy asosda sinchiklab o‘rganadi va shu yo‘l bilan tilning lug‘at boyligi, fonetikasini sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini yaratib beradi. Umumiy tilshunoslik esa umuman tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, jamiyatdagi o‘rni va vazifasini, taraqqiyot yo‘lini, til bilan tafakkurning bir-biriga uzviy bog‘liqligini, tilning o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tilshunoslikni tekshirish usullarini yaratadi.
Umumiy tilshunoslik ayrim tilshunoslikni, bir guruh tilshunoslikni va qardosh tilshunoslikni o‘rganish, tekshirish natijasida aniqlangan til hodisasini, til dalillarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi. Ko‘rinadiki, tilshunoslik inson tilini o‘rganadigan mustaqil fandir. Tilshunoslik dastlab, amaliy ahamiyatgagina ega bo‘lgan fan sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, hozir sof nazariy xarakterdagi fanga aylandi. Bashariyat XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi. Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Odamzod o‘zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko‘p yangiliklar yaratdi.
Umumiy tilshunoslik barcha tillar boyicha toplangan ma’lumotlarni umumlashtiradi va turli tillarga tatbiq etiladigan nazariyani yaratadi. Umumiy tilshunoslikning maqsadi: 1) tilning tabiatini, mohiyatini aniqlash; 2) til haqidagi fanning sathlarini va ularni organuvchi sohalarni belgilash; 3) tillarning tasnifini yaratish; 4) lingvistik tahlil metodikasini ishlab chiqish va boshqalar. Xususiy tilshunoslik – alohida, ayrim til haqidagi fan; jumladan, ozbek tilshunosligi - ozbek tili haqidagi fan, qozoq tilshunosligi - qozoq tili haqidagi fan, rus tilshunosligi – rus tili haqidagi fan va h.k. Oz-ozidan ayonki, har bir xususiy tilshunoslik ma’lum bir konkret tilga xos bolgan ma’lumotlarni oz ichiga oladi.
Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati. Bizni qurshab turgan olam sistemaviy xususiyatga ega bo‘lganidek, olamning bir uzviy qismi bo‘lgan insoniyat olami ham sistemadir. Avvalo, insoniyat olami insonlar va ularning o‘zaro munosabatidan tashkil topadi. Demak, insoniyatni tashkil etgan inson o‘zi alohida yasholmaydi. Shaxs boshqa shaxslar bilan munosabatda yashaydi. Ana shu munosabat ijtimoiy, ya’ni insonlar munosabatidan tashkil topgan muayyan jamiyatga xos munosabatlar sanaladi.
Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy munosabatlarni o‘rganuvchi fanlar ijtimoiy fanlar hisoblanadi. Ma’lum jamiyatga xos individlarning o‘ziga xos ruhiyati, badiiy-estetik olami, nutqiy xususiyati kabi jihatlari borki, bu tomonlar gumanitar fanlarning tekshirish ob’ekti sanaladi. Ijtimoiy fanlar bilan gumanitar fanlar o‘rtasida katta to‘siq, chegara mavjud emas. Ayni bir fan ham ijtimoiy, ham gumanitar fanlarga aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, tilshunoslik tilning aloqa vositasi sifatidagi vazifasini, ijtimoiy mohiyatini ochish bilan ijtimoiylik xususiyatiga ega bo‘lsa, muayyan individ nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan gumanitarlik kasb etadi.
SHuningdek, psixologiya ham individual shaxslar psixologiyasini o‘rganish bilan birgalikda jamiyatga xos umumiy psixologiyani ham o‘rganadi (etnopsixologiya). Bu esa ijtimoiy fanlar bilan gumanitar fanlar o‘rtasida o‘zaro zich aloqa mavjudligini, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. SHu bois har ikki tarmoq birlashtirilib, ijtimoiy-gumanitar fanlar deb yuritiladi. Ijtimoiy fanlar tarkibiga falsafa, mantiq, iqtisodiy nazariya, pedagogika, psixologiya, tarix, adabiyot kabi bir qancha fanlar kiradi.
Tilshunoslik badiiy adabiyot bilan ham uzviy aloqadadir. CHunki til aloqa vositasi sifatida muayyan axborot tashuvchi oddiy belgilar sistemasigina bo‘lib qolmay, balki tinglovchiga ta’sir qiluvchi qudratli vosita hamdir. Tilning birinchi funksiyasi an’anaviy va sistem-struktur tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti bo‘lsa, ikkinchi funksiyasi lingvopoetikaning o‘rganish ob’ektidir. Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo‘lib, badiiy asarlarda qo‘llanilgan lisoniy birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va boshq.) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadi
Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti bo‘lgan til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi. Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) birlamchi vazifasi insonning fiziologik a’zosi. Bunday a’zo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi; 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi
Har bir nutq tovushi uch belgini o‘zida mujassamlaydi: 1) akustik; 2) artikulyasion; 3) vazifaviy (funksional). Unli tovushlar ham, undosh tovushlar ham artikulyasion belgiga ega. Unli yoki undosh tovushlarning yuzaga chiqishida ishtirok etadigan nutq organlari belgisi artikulyasion belgi sanaladi. Mazkur belgiga ko‘ra nutq tovushining tavsifi artikulyasion (fiziologik) tavsif sanaladi. Masalan, unlilar tavsifida lab ishtiroki belgisi, og‘izning ochilish darajasi (tilning ko‘tarilish darajasi) belgisi fiziologik tavsif uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tilshunoslik kimyo fani yutuqlaridan ham bahramand bo‘lib kelmoqda. Kimyo fanida atom-molekulyar ta’limotining vujudga kelishi, eng kichik atomlarning ham bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishining kashf etilishi, YA.N.Mendeleev elementlar davriy sistemasining vujudga kelishi tilshunoslikka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tilshunoslikda til birliklarining muayyan tuzilishga ega ekani, bevosita kuzatishda eng kichik birlik – tabiiy fanlardagi atomga tenglashtiriluvchi fonemaning ham bo‘linish xususiyatiga ega ekani, butun tarkibidagi bo‘laklarning o‘zaro munosabatda, ayni paytda, butun bilan butun ham katta butunlik tarkibida o‘zaro munosabatda ekani e’tirof etila boshladi
Do'stlaringiz bilan baham: |