Mavzu: Tilimiz rivojlanishi yangi bosqichda
2018-yil 17-iyul kuni yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev o’tkazgan majlis bayonining 28-bandida lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini tanqidiy ko'rib chiqish va uning qollanishini osonlashtirish, O’zbek tilining o’ziga hos hususiyatlariga yanada moslashtirish takliflar kiritish to’g’risida topshiriq berdi. Endi bazi bir odamlarda savol tug’ulishi mumkun mustaqillikdan song alifbomiz ikki marta o’zgartirildiku yana o’zgartirishning nima keragi bor. Bu albatta hato fikr.
Mening fikrimcha o’zbek tili yanada soddalashtirilsa, G’aliz unsurlardan holi bolsa, Bu tilimizning obro’si oshishida muhum rol oynaydi va qarama-qarshi savollarga javob bola oladi.
Afsuskiy bungacha o’zgargan alifbolarimiz tor doirada muhokama qilinib, Puhta va Pishiq o’ylab ko’rilmagani, O’sha paytda rasmiy hujjatlar bilan ish yurituvchi insonlar kirill alifbosida ish yuritishga o’rganib qolishgani, Sof lotin alifbosida tahsil olgan birinchi avlodning til haqida qonunlar qabul qilinganidan ancha o’tib katta hayotga qadam qoyishi, mustaqil bo’lsakda baribir rus tuzumining nimasidir saqlanib qolishini hoxlovchilar bolishgan. Bunga misol hukumat qarorlari kirill alifbosida chiqishi hamma-hammasi bunga sabab bolgan deb o’ylayman.
Endi bu muommolarning bartaraf etishga qaratilgan ishlarning birinchisi sifatida alifboni isloh qilish va uni kelajak avlodga sodda va qulay qilib yetkazish, kelajakda o’zbek tilini o’rganmoqchi bo’lgan o’zga yurt vakillariga qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda.
Alifboning o’zgartirishga qaratilgan fikirlarni tahlil qiladigan bo’lsak ulardan bir nechtasini sanab o’tamiz
E’tbor qaratgan harfim bu [ ng ] harfi bo’lib boshqa harflarga qiyoslaganda alohida
hususiyatga ega u hech qachon so’z boshida kelmaydi. O’zbek tilini biladiganlar uchun bu harf uncha qiyinchilik tug’durmaydi lekin o’zbek tilini o’rganuvchi chet elliklar uchun chalkashliklar tug’dirishi mumkun masalan xitoylik odam o’zbek tilini o’rganayotgan bo’lsa biz unga alifboni o’rgatish jarayonida ng harifini yahlit bitta harf birikmasi deb va bu harf bo’linmaydi deb o’rgatamiz bu albatta fanetika bo’limida o’rgatiladi. Endi biz marfemika bo’limiga kelganimizda [ dengiz] so’zini morfemalarga bo’linmaydi deb aytamiz. [ menga ] so’zida esa men+ga=menga [ng] harfi marfemalarni teng ikkiga bo’lib turbidi tabbiyki savol tug’uladi nega bunday bir birini inkor qiladigan bir biriga zid qoydalar bor deb.
Bu yerda yechim fonetika bo’limida alifboni o’rgatish jarayonida [ng] harfini yahlit bitta harf sifatida olsakda marfemika bo’limida istisnolar bor ekanligini chuntirishimiz kerak chunki har qanday tilda bir birini istisno qiladigan qoidalar bor shundey ekan bu harfni o’zgartirishga judda katta sabab yo’q. G’alizlikka keladigan bo’lsak har qaysi tild buni uchratishimiz mumkun.
Hulosa o’rnida bizning ustozlarimiz tomonidan alifboga kiritilgan kiritilgan o’zgarishlar tog’ri va o’zbek tili rivoji uchun juda katta hissa qo’shadi degan umitdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |