Mavzu: Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Milliy va adabiy til. Mavzu rejasi



Download 118,04 Kb.
bet19/21
Sana27.06.2022
Hajmi118,04 Kb.
#711510
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-MA'RUZA

11. So‘z yasalishida so‘z yasash usullari o‘rganiladi.
12. Grammatikada tilning grammatik qurilishi o‘rganiladi. U ikki qismdan iborat:
1) morfologiyada so‘z turkumlari o‘rganiladi;
2) sintaksisda so‘z birikmasi va gap turlari o‘rganiladi.
13. Punktuatsiya bo‘limida tinish belgilarini ishlatish qoidalari o‘rganiladi.
14. Uslubiyat (stilistika) bo‘limida nutq uslublari o‘rganiladi.
O‘zbek tilining barcha sohalari bo‘yicha qator yangicha talqinlar yuzaga keldi. Bu borada H.Ne’matov, N.Mahmudov,A.Nurmonov, G‘.Zikrillayev, R.Sayfullayeva, O.Bozorov,B.Mengliyev, M.Qurbonova,Sh.Shahobiddinova kabi nazariyotchi tilshunoslarning ishlari alohida e’tiborga molik. Ular o‘z tadqiqotlarida o‘zbek tilining asl tabiatini ochib berishni maqsad qilib qo‘ydilar. Shu tarzda o‘zbek substansial tilshunosligi shakllandi va qisqa muddatda jiddiy yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ular asosida o‘rta maktab ona tili darsliklari butunlay yangilandi. Bu yutuqlar nimalarda ko‘zga tashlandi?
Birinchidan, lison va nutq farqlanmasligi natijasida tilshunosligimizda fonema va tovush, morfema va qo‘shimcha, leksema va so‘z kabi atamalar mohiyatidan kelib chiqilmagan holda, muqobil atamalar sifatida ishlatilar edi. Lison va nutqning farqlanuvi ularni qat’iy tartiblashtirdi.
Ikkinchidan, lison va nutqni farqlash grammatikada umumiy va xususiy ma’noni farqlash talabini qo‘ydi. Shunga ko‘ra, falsafaning umumiylik va xususiylik dialektikasi asosida o‘zbek tili grammatik kategoriyalari tadqiq qilindi.
Uchinchidan, so‘z turkumlari tasnifi tilshunosligimizdagi eng chigal masalalardan biri edi. Masalan, o‘zbek tilida olmosh barcha mustaqil so‘z turkumini, qolaversa, gap va matnni ham almashtira olsa-da, u rus tilidagidek ot, sifat, son turkumiga xos so‘zlar almashtiruvchisi sifatida talqin qilinar edi. Buning asossizligi ilmiy isbotini topdi.
To‘rtinchidan, taqlidlarning so‘z turkumlari sirasida tutgan o‘rni ham o‘zbek tili tabiatiga yot edi. Unga chuqur ilmiy tahlillar asosida mustaqil so‘zlar sirasidan o‘rin berildi.
Beshinchidan,grammatik qo‘shimchalar mohiyati ham, ularning nomlanishi ham o‘zbek tilining tabiatiga mos emas edi. Shu boisdan so‘z o‘zgartiruvchi va shakl yasovchi atamalari ostida o‘rganiluvchi hodisalar qayta ko‘rib chiqildi va sintaktik shakl hosil qiluvchilar hamda lug‘aviy shakl hosil qiluvchilar atamasi ostida qayta tasniflandi.
Oltinchidan,gap markazi tushunchasi fanga kiritilib, u asosda o‘zbek tilining gap qurilishiga xos substansial mohiyati ochildi va o‘zbek tilida gapning eng kichik qurilishi kesim qolipiga ega ekanligi tan olinib, uning ega-kesim qolipli rus va boshqa tillardan farqi asoslandi.
Yettinchidan, qo‘shma gap tasnifi va tarkibini belgilashda ham o‘ziga xos va yangicha ish tutildi. Bunda gap markazi tushunchasiga, turkiy xususiyat – o‘zbek tilida rivojlangan kesimlik shakllariga va qo‘shma gap tarkibida sodda gaplarni bir-biriga bog‘lovchi vositalarga, tobe gapning hokim gap valentligi silsilasida tutgan o‘rniga asoslanildi.
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi «nutq-lison» tamoyilidan «lison-nutq» tamoyili asosida ish ko‘rishga o‘tmoqda. Boshqacha aytganda, o‘zbek substansial tilshunosligi aniqlagan lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishini tekshirishga jiddiy kirishmoqda. Lisonning amaliy voqelanishi, undan amaliy foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar ish boshlamoqda:
1. Sotsiolingvistika.
2. Psixolingvistika.
3. Pragmalingvistika.
4. Lingvokognitologiya.
5. Lingvokulturologiya.
6. Neyrolingvistika.
7. Kompyuter lingvistikasi.
8. Korpus lingvistikasi.
Tilshunoslikning bu yo‘nalishlari o‘zbek formal va substansial yo‘nalishlari oldiga to‘siq qo‘ymaydi, albatta. Avvalo, formal, so‘ngra substansial yo‘nalish oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtmani bajarib bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z tadqiq tamoyillari asosida sohaning yechilmagan ayrim masalalari bilan shug‘ullanishni davom ettiraveradi.

Download 118,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish