Qo‘lda bajariladigan operatsiyalar texnologiyasi. Tikuvchilik sanoatida har xil operatsiyalarni atash uchun maxsus terminologiya mavjud Qo‘lda bajariladigai ishlar texnologiyasi.
1.2. Yuritilishi va ishni bajarishiga ko‘ra tikuv mashinalarining turkumlanishi
Operatsiya nomi
|
Operatsiya xarakteri
|
Ishlatilish joyi
|
Sirmalash
|
Taxminan teng bo‘lgan ikki detalni chiziq,lar yoki nusxalama qaviqqatorlar bo‘ yicha vaqtinchalik qaviqlar bilan ulash.
|
Yon va yelka qirq,imlarini, yenglarning old hamda tirsak qirqimlarini va hokazolarni sirmalash.
|
Bostirib ko‘klash
|
Bir-birining ustiga qo‘yilgan ikki detalni vaqtinchalik qaviklar bilan biriktirish.
|
Kiyim oldini bort qotirmasiga, bort ostlarini bortga bostirib ko‘klash va hokazo.
|
Ziyni
ko‘klash
|
Ma’lum shaklini saqlash uchun detalnyng tikil-gan va ag‘darilgan chetini vaqtinchalik qaviqlar bilan (kant, ramka hosil qilib yoki chokni bukilgan joyga to‘g‘ri keltirib) mahkamlash.
|
Tikilgan va ag‘darilgan cho‘ntak qopqoqlar, bortlar, yoqa ziyla-rini ko‘klash.
|
Bukib
ko‘klash
|
Burmalar, vitachkalar, qay-irmalar detalining qayrilgan chetini vaqtinchalik qaviqlar bilan mahkamlash.
|
Pidjak etagini, yeng uchini, shim pochasini qayirib ko‘klash va hokazo.
|
Yo‘rmash
|
Detal qirqimini yoki qirqim chetlarini sitilib ketishdan asrash uchun ip bilan mahkamlash.
|
Ochiq, choklarning qirqimlarini, petyalarni yo‘rmash va hokazo.
|
Ilintirib ko‘klash
|
Mayda detalni yirik detalga yoki yordamchi detalni asosiy detalga vaqtinchalik tsaviklar bilan biriktirish.
|
Manjetni yengga, cho‘ntak qopqoq-larni cho‘ntak chizig‘iga ko‘klash.
|
Ko‘klab o‘tqazish
|
Ikki detalni oval kontur bo‘yicha vaqtinchalik qaviqlar bilan ulash.
|
Yoqani yoqa o‘miziga, yenglarni yeng o‘miziga o‘tqazish va hokazo.
|
Choklarni bir-biriga puxtalash
|
Chok yoki taxlama qo‘yimlarini ikki tomonga yotqizib, vaqtinchalik qaviqlar bilan puxtalash.
|
Chok va taxlama qo‘yimlarmni, o‘mizlarni bir-biriga puxtalash.
|
Bukib tikish
|
Bir detalnyng qayrilgan chetlarini ikkinchisiga yoki o‘sha detalnyng o‘ziga doimiy qaviqlar bilan mahkamlash.
|
Yeng uchini, kiyim etagini va as-tarni bukib tikish.
|
Chatish
|
Bir detalni ikkinchisiga, furnitura va ayrim elementlarni doimiy qaviqlar bilan mahkamlash.
|
Tugmalar, ilgaklar, larni chatish va hokazo.
|
Yolgon qaviq solish
|
Detalning tikilgan va ag‘darilgan chetini halqasimon yashirin qaiiqlar bilan mahkamlash hamda bezash (qaviqlar
ulanadigan materiallar orasida qoladi).
|
Cho‘ntak qopqoqlar, bortlar, yoqa chetlariga, pidjak etagiga yolgon qaviq solish va hokazo.
|
Choklarni
yorib puxtalash
|
Chokni bilinmaydigan qilish uchun ikki detalni doimiy yashirin qaviqlar bilan ulash
|
Ayollar paltosi va kostyum-larida choklarni yorib puxtalash.
|
To‘rlash
|
Ikki detalning qirqimlarini taqab, gullari va
kiperini bir-biriga to‘g‘ri keltirib doimiy yashirin qaviqlar bilan ulash.
|
Detallarning har-xil ustqo‘ymalarini to‘rlab
ulash.
|
Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi tikishda qo‘l ishlarini bajarayotganda quyidagi texnik shartlarga rioya qilish lozim.
Qo‘shimcha chiziqlar (bort va yoqa burchaklari, bezak qaviqqatorlar va boshqa chiziqlar) qo‘shimcha andazalar yoki chizg‘ichlar bo‘yicha bo‘r bilan chiziladi. Chiziqlarning qalinligi 0,1 sm dan oshmasligi kerak.
Bichiqni andazalar bo‘yicha tekshirishda chiziqning ichki tomoni andaza konturlariga to‘g‘ri kelishi lozim.
Kertimlar va detallarning qirqim chiziqlarining uchlari qaviqq.ator chiziqlaridan 0,1-0,15 sm nari yotishi zarur.
Chiziqlarni iz tushirgich g‘ildiragi bilan ko‘chirishda g‘ildirak chiziq, o‘rtasidan yurgizilishi kerak.
Kiyimni kiydirib ko‘rishga tayyorlashda va boshqa vaqtinchalik ishlarni bajarishda pishitilgan paxta kalavadan, shuningdek tegishli nomerdagi rangli yoki oq iplardan foydalanish darkor.
Ikki detaldan birini solqi qilib ulashda, chetlari shakldor detallarni ag‘darma choklashda, to‘g‘ri hamda shakldor chiziqlarni detallarning o‘rtasi va biriktirish choklari bo‘yicha bir-biriga to‘g‘ri keltirishda, ya’ni detallarni oldindan ko‘klab olmay turib biriktirish qiyin bo‘lgan hollarda detallar sirmalab ko‘klanadi. Ko‘klashni yengillashtirish va tezlashtirish, operatsiyani sifatlirok, bajarish uchun vitachkalar, burmalar, shakldor qirqimli detallar, yon qirqimlar, kiyim old va ort bo‘lak-lari qirqimlar bo‘yicha to‘g‘nag‘ichlar bilan mahkamlab chiqiladi. Duxoba, shifon va hokazodan tikiladigan buyumlarning detallari tikish paytida siljib ketmasligi uchun 0,5 sm oraliqda ikki qator ko‘klab olinadi. Asosiy baxyaqator shu ko‘klash qaviqqatorlari orasiga tushiriladi. Detallar aniq belgilangan chiziqlar yoki tushirilgan iplar bo‘yicha to‘g‘nag‘ichlar bilan mahkamlanadi va ko‘klanadi.
Barcha ko‘klash qaviqlari chiziqdan detal qirqimi to-monga 0,1...0,15 sm
nari tushirilishi kerak. Shunda ko‘klash qaviqqatorlari mashina baxyaqatorlari tagiga tushib qolmaydi.
Har bir ko‘klama qaviqqatorning oxiri 1...2 ta teskari qaviq bilan puxtalanadi.
Ko‘klash ishlarini olib tashlash uchun har 10... 15 sm da ularni qaychi bilan qirqib, keyin sug‘urib tashlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |