2. kapital bozor instrumentlari. U investitsiya faoliyatini asosiy yo‘nalishiga veksel va obligatsiyalar jalb qilish taklifinibergan. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 27-iyunda qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni 3 – moddasiga muvofiq, «Qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
Qimmatli qog‘ozlarni qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi».
Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar o‘zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish-sotish va boshqa bitimlarning obyekti bo‘ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish manbayi bo‘lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko‘rinishidagi hujjatdir. Qimmatli qog‘ozlar turli subyektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 5 guruhga bo‘linadi:
Hukumat.
Davlat korxonalari.
Xususiy sektor.
Markaziy bank.
Chet el subyektlari.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993- yil 2-sentyabrida Oliy Kengash tomonidan «qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish bo‘yicha birinchi va asosiy hujjat bo‘ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo‘shimcha va o‘zgarti- rishlar kiritildi (1994-yil 23-sentyabrida, 1995-yil 22-dekabrida, 1999- yil 26-aprelida, 30-avgustida, 27-dekabrida).
Bu qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin: Aksiyalar.
Obligatsiyalar.
Xazina majburiyatlari.
Depozit sertifikatlari.
Veksellar.
Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar kiradi.
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96 moddasiga binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Chek.
Depozit va jamg‘arma sertifikatlari.
Bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi.
Konosament.
Obligatsiyalar.
Veksellar.
Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz: Aksiya - bu qimmatli qog‘oz bo‘lib:
harakat muddati cheklanmagan;
huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan Aksionerlik jamiyatiga muayyan hissa qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;
aksiya bo‘yicha divident ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir. Obligatsiya-bu «Obligo»-lotin tilida «qarz olish» mazmunini bildiradi. Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag‘ini kiritganligi va unda ko‘rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo‘shimcha foiz to‘lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir. Obligatsiya uning egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.Xazina majburiyatlari – uning egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag‘ini byudjetga kiritganligi va uning butun aylanish davrida aniq chegaralangan foizni to‘lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir. Depozit sertifikatlari-bu jamg‘armachining bankka qo‘ygan pul mablag‘ini ifodalovchi va muomala muddati tugaganidan keyin qo‘ygan pul mablag‘ini hamda foyda sifatida ustama foizini huquq va imkoniyatini beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Depozit sertifikati banktomonidan beriladi.Veksel – qarz majburiyati bo‘lib, veksel beruvchining ushbu vekselni ko‘rsatilgan muddatda taqdim etganda, veksel ushlovchiga uning nominal qiymatini to‘lab berish guvohini beruvchi qimmatli qog‘oz va to‘lov vositasidir.Qimmatli qog‘ozlar hosilalari – bular shunday qimmatli qog‘oz- larki, ularning foydasiyoki zarari bir nechta bozor ko‘rsatkichlari bilan, ya’ni bozor indekslari bilan bog‘liqdir. Qimmatli qog‘ozlar hosilalari –«opsion» yoki «fyucherslar» ko‘rinishida bo‘ladi. Konosament – yuk tashuvchi tomonidan yuk egasiga, yukni dengiz orqali olib o‘tishga qabul qilinganligini guvohlovchi va yuk qabul qiluvchiga yukni yetib borish portida taqdim qilish majburiyatini tasdiqlab beruvchi hujjatdir. Mamlakatimiz hududida muomalaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni mulkchilikka munosabatiga (ulushli), qarz muno- sabatiga qarab qimmatli qog‘ozlarning hosilalariga bo‘lish mumkin.