Mavzu: Tijorat banklari va ularning operatsiyalari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana14.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#362382
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
tijorat banklar va ularning operatsiyalari

 

 

 

 

 


 

18 


2.2. Tijorat   banklarining  aktiv va passiv operatsiyalari. 

 

Passivlar  va  aktivlar  bo‘yicha  majburiyatlarni  boshqarish  bankning  muhim 



vazifasi  bo‘lib  hisoblanadi.  Zaxiralarni  jalb  qilish  yoki  ularni  joylashtirish  - 

operatsiyalarning har ikkalasi ham bank uchun muhim. Chunki bular o‘zaro bog‘liq. 

o‘zaro shartlangan ikkita jarayondir. Ularni ratsional tashkil qilish yuqori natijalarga 

erishish imkonini beradi. 

Odatda,  bank  resurslarini  shakllantirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  operatsiyalar 

banklarning  passiv  operatsiyalari  deyiladi.  Passiv  operatsiyalar  yordamida  tijorat 

banklarining  passiv  va  aktiv  -  passiv  schetidagi  pul  mablag‘larining  salmog‘i  oshib 

boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol 

o‘ynaydi.  Passiv  operatsiyalar  yordamida  tijorat  banklari  kreditlash  uchun  zarur 

bo‘lgan kredit resurslarini tashkil qiladi. 

Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud: 

1.

 



Tijorat  banklari  qimmatbaho  qog‘ozlarini  muomalaga  chiqarish 

yo‘li bilan resurslar yig‘ish;  

2.

 

Bank  foydasi  hisobidan  har  xil  fondlar  tashkil qilish  yoki  fondlar 



summasini oshirish;  

3.

 



Boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish;  

4.

 



Depozit operatsiyalarini amalga oshirish. 

Tijorat  banklarining  resurslari  bankning  o‘z  mablag‘lari,  jalb  qilingan  va 

emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. 

Yuqorida  keltirilgan  passiv  operatsiyalarning  birinchi  va  ikkinchi  shakllarida 

banklarning  o‘z  mablag‘lari  yuzaga  keladi  va  qolgan  oxirgi  ikki  shaklida  kredit 

resurslarning ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. 

Banklarning o‘z mablag‘lariga - bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus 

fondlar,  moddiy  rag‘batlantirish  fondi,  boshqa  har  xil  tashkil  qilingan  fondlar  va 

taqsimlanmagan  foydasi  kiradi.  Amaliyotda  bank  passivlarining  20  foiziga  yaqini 

banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. 

Banklarning  o‘z  mablag‘lari  ichida  asosiy  o‘rinni  bankning  o‘z  kapitali 

egallaydi. Bankning o‘z kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o‘tgan kapitalning bir 

qismi,  ya’ni  ustav  kapital,  risklarni  qoplash  uchun  tashkil  qilingan  rezerv  fond, 

taqsimlanmagan  foyda  kiradi.  Banklarning  o‘z  kapitali  bank  kreditorlarining 

manfaatini  himoya  qilish,  bank  faoliyatining  barqarorligini  ta’minlash,  bank 

faoliyatini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. 

Bankning  ustav  kapitali  summasi  bank  ustavida  ko‘rsatiladi  va  bank  ishini 

boshlashning  boshlang‘ich  nuqtasi  hisoblanadi.  Banklarni  tashkil  qilishning 

shakllariga  qarab  bankning  ustav  kapitali  ham  har  xil  tashkil  topadi.  O‘zbekiston 

Respubilkasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunning 9 - moddasida 

"Bankni  ustav  fondi  bank  muassislari  va  aksiyadorlari  to‘lagan  pul  mablag‘laridan 

tashkil topadi" deb ko‘rsatilgan. Shundan kelib chiqqan holda agar bank aksiyadorlik 

jamiyati  tariqasida  tashkil  qilinadigan  bo‘lsa,  ustav  kapitali  yoki  fondi  aksiyalar 

chiqarish  va  joylashtirish  orqali  tashkil  topadi.  Banklarning  ustav  kapitali  summasi 

qonun  yo‘li  bilan  chegaralanmaydi.  Banklarning  barqaror  faoliyatini  ta’minlash 

maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi. 




 

19 


Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav kapitali 

summasining oshirilishi bank aksiyadorlari umumiy majlisida hal qilinadi. 

Banklarning  ustav  kapitali  ularning  majburiyatlarini  bajarishning  asosi  bo‘lib 

xizmat  qiladi.  Bank  kreditlari  hisobidan  banklarning  ustav  kapitalini  tashkil  qilish 

mumkin emas. Ustav kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul mablag‘larini jalb 

qilish  ham  mumkin  emas.  Banklar  tashkil  qilinganda  ustav  kapitalining  tarkibi 

moddiy  mablag‘lardan  va  pul  mablag‘laridan  tashkil  topadi.  Bank  faoliyatining 

boshlang‘ich  bosqichlarida  bankning  o‘z  mablag‘lari  hisobidan  birinchi  navbatdagi 

bank  harajatlari  (yer,  bino,  asbob  -  uskuna,  ish  haqi)  qoplanadi.  Banklarning  o‘z 

mablag‘lari  uzoq  muddatli  aktivlarga  qo‘yilmalar  qilishning  asosiy  manbasi 

hisoblanadi. 

Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o‘z mablag‘lari bilan 

chetdan jalb qilingan resurslar o‘rtasidagi chegarani belgilab berishi mumkin. 

Banklarning  aksiyadorlik  kapitali  quyidagi  tarkibiy  qismlardan  tashkil  topishi 

mumkin. Bular: a) o‘z aksiyadorlik kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar 

chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan foyda hisobidan yuzaga keladi; b) har 

xil  ko‘zda  tutilmagan  harajatlarni  va  to‘lanmagan  qarzlarni  qoplash  uchun  tashkil 

qilingan  rezervlar;  v)  bankning  uzoq  muddatli  majburiyatlari  (uzoq  muddatli  veksel 

va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin. 

Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil 

bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining tushishi 

natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. 

Taqsimlanmagan foyda - rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar to‘langanidan 

so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir. 

Banklarning  o‘z  mablag‘lari  tijorat  banklari  faoliyatida  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi. 


Bank ustav kapitali miqdorining o‘zgarishi ustav kapitali miqdorining oshirilishi 

yoki  kamaytirilishi  shakllarida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bank  ustav  kapitali 

miqdorining  oshirilishi  qo‘shimcha  aksiyalarni  joylashtirish  yoki  aksiyalar  nominal 

qiymatini  oshirish  yo‘li  bilan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Aksiyalarning  nominal 

qiymatini  oshirish  yo‘li  bilan  bank  ustav  kapitalini  oshirish  quyidagi  usullar  bilan 

amalga oshirilishi mumkin: 

 

moliyaviy  yil  yakuni  bo‘yicha  ko‘rilgan  foydaning  bir  qismini 



yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish;  

 



aksiyadorlar  tomonidan  aksiyalar  nominal  qiymati  oshirilgan 

qismining to‘lanishi;  

 

moliyaviy  yil  ya’kuni  bo‘yicha  ko‘rsatilgan  bank  foydasini 



aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish va aksiyadorlar tomonidan 

aksiyalar  oshirilgan  nominal  qiymatining  yetishmaydigan  qismining 

to‘lanishi. 

Jalb  qilingan  mablag‘lar  tijorat  banklari  kredit  resurslarining  asosiy  qismini 

tashkil  etadi.  Bular  depozitlar,  shuningdek,  kontokorrent  va  korrespondent  hisob 

varag‘idagi mablag‘lardir. 

Ularning  asosiysi  talab  qilib  olinadigan  qo‘yilmalarga,  muddatli  hamda 

jamg‘arma qo‘yilmalarga bo‘linuvchi depozitlardir. 




 

20 


Talab  qilib  olinadigan  qo‘yilmalar,  shuningdek,  joriy  hisobvarag‘idan 

mablag‘lar  omonatchilarning  birinchi  talablari  bilan  olinadi.  Joriy  hisob  varag‘ining 

egasi  bankdan  chek  daftarchasini  oladi.  Bunda  u  pul  olish  bilan  birga  iqtisodiy 

munosabatlar  vakillari  bo‘lgan  korxona,  tashkilot,  muassasalar  hisob  -  kitob 

operatsiyalarini olib borishi mumkin. 

Muddatli  omonatlar  -  mijoz  tomonidan  bankka  ma’lum  muddatga  qo‘yiladigan 

qo‘yilmalar  bo‘lib,  ular  orqali  mijozlarga  bank  tomonidan  yuqori  foizlar  to‘lanadi. 

Bankda foiz stavkalari qo‘yilmaning muddati va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 

Muddatli qo‘yilmalarning turlaridan biri - mablag‘larni jalb qilishning aniq qayd 

etilgan vaqtga mo‘ljallangan depozit sertifikatlari hisoblanadi.  

Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi. Ular 

to‘liq  summada  yoki  bo‘lib  -  bo‘lib  qo‘yiladi  va  berilishi  mumkin.  Omonatchi  va 

bank  o‘rtasidagi  mablag‘  qo‘yish  bilan  bog‘liq  munosabat  omonat  daftarchasini 

berish  bilan  tasdiqlanadi.  Banklar  to‘lovchilik  asosida  turli  xil  maqsadli 

qo‘yilmalarni,  muddatli  yoki  talab  qilish  hamda  olish  mumkin  bo‘lgan 

jamg‘armalarni  qabul  qiladilar.  Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  bu  qo‘yilmalar 

oddiy  fuqarolar  orasida  keng  qo‘llaniladi.  Ular  bank  uchun  qimmatga  tushsada, 

ularning kredit potensialini mustaxkamlash manbasi hisoblanadi. 

Banklar uchun muddatli qo‘yilmalar juda qulaydir. 

Bank  resurslarining  muhim  manbasi  -  banklararo  kreditlardir,  ya’ni  boshqa 

banklardan olinadigan ssudalar. 

Agar  mijozning  hisob  -  kitob  varag‘i  yopilib,  kontokorrent  hisob  varag‘i 

ochiladigan bo‘lsa, uning o‘z mablag‘lari va chetdan jalb qilingan mablag‘lar hisobi 

shu hisob varag‘ida olib boriladi. 

Kontokorrent  -  bank  va  mijoz  o‘rsatidagi  hamma  hisob  -  kitob  va  kredit 

operatsiyalarini  amalga  oshiruvchi  yagona  hisob  varag‘idir.  Alohida  davrlarda  bu 

hisob  varag‘i  passiv  bo‘ladi,  boshqa  hollarda  esa  aktiv  bo‘lishi  mumkin.  Mijozda 

mablag‘  bo‘lganida  bu  hisob  varag‘i  passiv  bo‘ladi,  bu  mablag‘lar  yo‘qligi  tufayli 

mijoz  bankka  to‘lov  topshiriqnomasini  ko‘rsatganda  yoki  chek  yozib  berganda  u 

aktiv  bo‘ladi.  Ham  debet,  ham  kredit  bo‘yicha  kontokorrent  hisob  varaqlarida  foiz 

hisoblanadi. 

Kontekorrent hisob varag‘i bo‘yicha kredit tijorat veksellari ta’minoti bo‘yicha 

yoki  ta’minlanmagan  ssuda  shaklida  berildai.  Kontokorrenthisob  varag‘i  bo‘yicha 

debetga  foizlarni  hisoblash  faqatgina  mijoz  va  bank  orasidagi  bitimda  ko‘rsatilgan 

kredit  limiti  chegarasida  amalga  oshishi  mumkin.  Ba’zi  hollarda  bankning  chetdan 

jalb  qilingan  mablag‘larning  bir  qismini  bankning  emitentlashgan  mablag‘lari  deb 

ham yuritiladi. 

Tijorat  banklari  tomonidan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  pul  mablag‘larini 

bankga jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit 

operatsiyalari  yordamida  tijorat  boyliklarining  90  foizdan  ortiq  passivlari  tashkil 

qilinishi  mumkin.  Depozit  operatsiyalarini  tijorat  banklari  o‘zlarining  depozit 

siyosatlari  asosida  olib  boradilar.  Tijorat  bankining  depozit  siyosati  uning  kredit 

siyosati,  foiz  siyosati  va  boshqa  faoliyat  turlari  bilan  chambarchars  bog‘liq  bo‘lib, 

banklarning  resurs  bazasini  mustahkamlash  va  uning  barqarorligini  ta’minlashga 




 

21 


qaratilgandir.  Depozit  operatsiyalarini  amalga  oshirishda  bu  operatsiya  turining 

ob’ekt va sub’ektini aniqlash lozim. 

Depozit  operatsiyalarning  subektlari  bo‘lib  bir  tomondan  tijorat  banklari 

qatnashsa, ikkinchi tomondan: 

 

davlat korxona va tashkilotlari;  



 

moliya, sug‘urta, investitsion va trast kompaniyalar;  



 

xususiy korxona va tashkilotlar;  



 

aksioner kompaniyalar;  



 

banklar va boshqa kredit muassasalari;  



 

qo‘shma korxonalar, kooperativlar;  



 

jamoa tashkilotlari va fondlar;  



 

alohida 



jismoniy 

shaxslar 

yoki 

ularning 



birlashmalari 

qatnashadilar. 

Depozit  operatsiyalarining  obekti  bo‘lib  ehtiyojdan  ortiqcha  pul  mablag‘lari 

(qo‘yilmalar)  hisoblanadi.  Depozit  operatsiyalarini  tashkil  qilishning  asosi  bo‘lib, 

balans  likvidliligi,  mijozlarning  moliyaviy  ahvolining  barqarorligi  hisoblanadi. 

Depozit  operatsiyalari  tijorat  banklarining  depozit  siyosatini  amalga  oshirish  orqali 

ta’minlanadi, ya’ni: 

 



depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda 

daromad olishga sharoit yaratishi kerak;  

 

bank  balansining  likvidliligini  saqlash  maqsadida  depozit 



siyosatini amalga oshirish kerak;  

 



depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo‘yilmalarga 

e’tibor qaratish lozim;  

 

depozitlarni  jalb  qilish  va  ularni  vaqtida  qaytarib  berish  bilan 



bog‘liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish zarur va boshqalar. 

Pul  qo‘yuvchilar  toifasidan  kelib  chiqqan  holda  depozitlar  quyidagilarga 

bo‘linadi: 

 



yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo‘yilmalari;  

 



jismoniy shaxslar qo‘yilmalari. 

Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi: 

 

muddatli depozit mablag‘lar;  



 

talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar;  



 

aholining jamg‘arma qo‘yilmalari. 



O‘z  navbatida  bu  guruhlarning  har  biri  turli  belgilariga  qarab  tasniflanadi. 

Muddatli depozit mablag‘lar ularning muddatidan kelib chiqib: 

 

3 oy muddatgacha depozitlar;  



 

3 oydan 6 oygacha depozitlar;  



 

6 oydan 9 oygacha depozitlar;  



 

9 oydan 12 oygacha depozitlar;  



 

12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘lariga tasniflanadi. 



Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita 

bo‘lib  turlicha  foiz  siyosati  hisoblanadi,  chunki  qo‘yilgan  mablag‘larga  daromad 

olish  mijozlarning  qo‘yilma  qo‘yishga  undovchi  muhim  omil  hisoblanadi.  Depozit 

foiz  stavkalari  darajasini  har  bir  tijorat  banki  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy 




 

22 


Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o‘zining depozit siyosatidan kelib chiqib, 

mustaqil  ravishda  belgilaydi.  Depozit  schetlarining  alohida  ko‘rinishlari  bo‘yicha 

daromad  hajmi  qo‘yilma  muddati,  summasi,  hisobvarag‘ini  amal  qilish  xususiyati, 

xizmatlar hajmi va harakteri va, nihoyat, mijozning qo‘yilma shartnomasi shartlariga 

amal qilishiga bog‘liq. 

Talab  qilingungacha  bo‘lgan  depozitlar  bo‘yicha  hisobvaraqalari  egalari 

tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning 

nomuntazamligi  bilan  harakterlanadi.  Shuning  uchun  bunday  schetlar  guruhi 

daromadlik  darajasi  bilan  ajralib  turadi.  Yuridik  shaxslarga  ochilgan  talab 

qilinguncha  hisobvaraqalaridagi  mablag‘lar  qoldig‘i  bo‘yicha  foizlar  umuman 

to‘lanmasligi  mumkin.  Bunday  foyda,  odatda,  mijozlarni  hisob  kassa  xizmatlari 

uchun  to‘lov  mablag‘larini  talab  qilinguncha  hisobvaraqalarda  mablag‘larni 

minimallashtirish  va  ortiqcha  summalarni  qo‘yilmalarning  daromadliroq  shakllariga 

joylashtirishga undaydi. 

Jismoniy  shaxslar  uchun  ochilgan  talab  qilinguncha  varaqalar  bo‘yicha  foizlar 

deyarli  majburiy  tartibda  o‘rnatiladi,  ammo  u  bo‘yicha  daromad  hamisha  muddatli 

qo‘yilmalarga qaraganda pastroq bo‘ladi. Muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha foiz stavkasi 

hajmini  o‘rnatishdagi  muhim  omil  bo‘lib,  mablag‘lar  joylashtirilgan  muddat 

hisoblanadi. 

Markaziy  bank  emissiya  markazi  sifatida  makroiqtisodiy  darajadagi  pul 

aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular 

tomonidan jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda 

tartibga solib turadi. 

Nazariy  jihatdan  zamonaviy  bank  tizimida  naqd  pulsiz  aylanishlarning 

rivojalanishi  natijasida  dastlabki  shakllantirilgan  depozitlarni  (dastlabki  yoki  real 

depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni 

taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o‘tkazish, shu bilan 

birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati 

mavjud.  Xorijiy  nazariyada  bu  jarayon  depozit  multiplikatsiyasi  (ya’ni 

mablag‘larning  bir  bankdan  boshqasiga  zanjirsimon  shaklda  o‘tkazilishi)  va  kredit 

ekspansiyasi deb nom olgan. 

Markaziy  bank  tomonidan  o‘rnatilgan  majburiy  zaxira  talablari  bank  tizimida 

depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo‘lib xizmat qiladi. 

Shunday qilib tijorat banklarining kredit salohiyatiga: 

 

bankka jalb qilingan mablag‘larning umumiy miqdori;  



 

Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira darajasi;  



 

Joriy  likvidlilikni  saqlash  maqsadida  tashkil  qilingan  zahira  va 



undan foydalanish tartibi;  

 



Kredit salohiyati manbalarining tarkibi va barqarorligi;  

 



Bank  majburiyatlarining  tarkibi  va  umumiy  miqdori  kabi  omillar 

ta’sir ko‘rsatadi. 

 

     Mobilizatsiyalashgan  pul  mablag'larini  banklar  mijozlarni  krеditlash  uchun 



va  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishni  qo'llab-quvvatlash  uchun  foydalanadi. 

Daromad  olish  maqsadida  bank  rеsurslarini  joylashtirish  bilan  bog'liq  bo'lgan 




 

23 


opеratsiyalar  banklarning  aktiv  opеratsiyalari  dеyiladi.  Banklarning  aktiv 

opеratsiyalarida asosiy o'rinni ularning  krеdit yoki ssuda opеratsiyalari egallaydi. 

     Banklarning  mijozlarga  bеradigan  ssudalar  yoki  krеditlarining  muddatidan 

kеlib  chiqib,  ular  muddatli  va  onkol  (inglizchadan 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish