Mavzu: Texnogen omillarning agrosistemalar holatiga ta'siri



Download 23,32 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi23,32 Kb.
#349923
Bog'liq
10mavzu


Mavzu:Texnogen omillarning agrosistemalar holatiga ta'siri.
Reja:
1. Antropogen omillarnig tabiiy muhitga ta'siri.

2. Tabiiy omillarning ekologiyaga ta'siri.

3 . Kimyoviy omillar va ularning ekologiyaga ta'siri.

4. Kimyoviy sanoat korxonalarining atrof- muhitga salbiy ta'siri natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar.

5. Atrof-muhitni har xil omillardan himoya qilishga qaratilgan ekologik siyosat.

Antropogen ommilar ta'siri

Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.

Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi. 

Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog`ri keladi.

Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda. 

Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.

Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va uy-ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda. 

 Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda. Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan.

Kimyoviy omillar.

Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda. 

Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3  qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko`p iflos ifloslangan.  

 Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: "Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini tug`dirmaydimi?” – deb so`raganlarida, u: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf tug`diradi, ya`ni iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi. 

Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z navbatida, bu iqlimning o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog`lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin. 

Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. 

Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog`liq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bo`lish vazifasi turadi. 

Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo`llarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi. 

Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yo`llari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yo`l bermaslik choralarini ko`rishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg`ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo`llardan foydalanish lozim. 

Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir. 

Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-qog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning ko`pchilik yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida O`zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi. 

 

Tabiiy omillar


1 .Tabiiy- kurib chpkdlayotgan davr (vakt) ichida kimenei mpddalarnn tabiiy muxitda kup yillik uzgarishlar urtacha mikdoripi oapyu ketishi va garkibini uzgarishi.(okenlar, urmonlar O2 -SO2) Xavfliligi buyicha sinflanadi (1 sinf eng xavfli)

2.Fizik - atrof muxitni fizik kursatkichlarini uzgarishi xnsobsha xrsil buladigan ifloslanishlar. Fizik ifloslaiishlar kUrpnshplari kuyidagilar:

Mexanik -fizik - -kimyoviy okibatsiz atrof mukitga fak;at mexanik ta`siri xisobiga ifloslanish. Amalda fizi.k -kimyoviy omillar bilan kuzatib bor iladi.

Radiasiyali - radiaktiv moddalarni tabiiy tarknb Anrsokasidan oshib ketishi.

YOruglik - sun`iy yoruglik manbaalari ta`siri patnjasidn joylarning tabiiy yorituvchanligini buzilishi, unga karama -karshi usimdik va xayvonot olamiga anomal ta`sir kursatish mumkigt bulgap k,orongulik. Bunga lazer nurlanishi xam kiradi.

Issiklik (termal) - sanoat ishlab chikarish chik;indilari kpzdirilgan x,avo, chik;arilayotgan gazlar va issik; suvlar xisobiga atrof pux,it xaroratini kugarilishi;

Shovkin (akustik) - shovkdn intensivligini tabiiy darajasidnch oshib ketishp xpsobiga sodir buladi.

Elektromagnit - atrof muxit elektromagnit xususiyatlarshsh sharshpp xpsobiga sodir buladi (yukrri kuchlattishli elektruzatkichlar, rnlpo va televidenie uzatkichlari stanpiyalari, be '.zi sanoat ishlab chikarish dastgoxlari va boshkalar). 1 -3 ilovalarda fizik ifloslanishlarni uslublarini bir necha turlari keltirilgan.

Ahborot (infarmasion) insonni psixofiziologiya xolatiga ta`siri.Asbsiy manbaalari bo’lib, ommaviy axborot vositalari (televidenie,gazetalar, jurnallar, juda siyqasi chiqqan kitoblar) va turlipndividual va jamoa tarhibot vositalari va "missionerlik"ta`sirlar (turli sentalar va shaytoniy hamda ekstrasensorlifaoliyatlar ham kiradi) xisoblanadi. Bunga odamki turli "Zambillashtirish" lar ham kiradi. Insonlarni bunday axborotifloslanishlar ta`sirlariga reaksiyasi qo’ykdagi ko’rinishlardashizofreniya, o’z -o’zini o’ldirish, odamlarni o’ldirish, hamda biotalarni (biota - umumiy tarqalish xududlardagi o’simlik, xaivonot va mikroorganizmlarni) yo’q qilish. 4. ilovada axborot ifloslanishlarni ba`zi ko’rinishlari kreltirilgan.

Biologik - ekologik tizimga floraga, faunaga va xosildor tuproq qatlamiga salbiy ta`sir ko’rsatadigan bakteriya, viruslar va boshqa biologik tarkiblar.

Ifloslanishlarni nazorat usullari

Hamma nazorat usullarini ikki guruhga ajratish gtumkin – bevosita muhitda va masofada turib nazoart qilish usullari. ¡z navbatida bu usullar kuzatuv va instrumental (o’lchov asboblari) turlariga bo’lingak

Masofada turib nazorat usuliga hamma er yuzidan 2m balandlikdan yuqorida o’lchov asboblari kiradi. Oxirgi yillarda masofadan gurttb nazorat olib borish, ayniqsa katta maydonlarni ekologik nazoratni (viloyat, respublikada) olib borishda keng qo’dlanilmoqda; o´rtacha o’lchamli maydonlarda (shahar, tumanlarda) ekologik xolatinp. ko’zdan kechirish va o’lchov asboblari bilan maxsus xarakat1i avtolaboratoriyalar yordamida olib boriladi. Bu laboratoriya-xar qatorida havo muhitini, suv sifatini aniqlash va agro kimevki laboratoriyalar va boshqalar. Atrof tabiiy muhitni ifloslaniipptp nazorati tabiiy atrof muhitni boshqaruvini asosiy tarkibiy qismi xisoblanadi.
Atrof tabiiy muhitni boshqaruv usullari.

Atrof tabiiy muhitni boshqaruvi xozirgi zamon usullariga qo’ yida gilar kiradi:

-qoiuniy (me`yoriy qonunchiliklarga asoslangan, me`yorlar yo’li bilan);

-axborot - informasion (monitoring, kartetlashtirish, kadastrlar.ni

olib borish, geoaxborot tizimlari);

-ma`muriy (atrof muhitga ta`sirini baxolash, ekomAAik ekspertiza, ekologik audit, lisenziyalash va sertifikatlash);

-iqtisodiy;

Atrof muhitni xolatini kompleks tizimli kuzatish asosidagi:

-ekologik monitoring asos xisoblanadi. Bir marotabali kuzatuvlap ob`ektlarni xolatini "bir daqiqali" kuzatuv olib boritp zarurati tug´ilg
Ekologik siyosat

Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, atrof-muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, o`z navbatida, jamiyat oldiga qarshi choralarni ko`rishdek murakkab vazifalarni qo`ymoqda. 

Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, bizni o`rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog`lomlashtirishga, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, regional va global doirada olib borilishi mumkin va o`zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari (qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni ko`zda tutadi. 

Keyingi o`n yilda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog`lomlashtirishga qaratilgan zaruriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va amaliyotda qo`llay boshladilar. 

Ularda ekologiyani sog`lomlashtirishga bel bog`lagan xalq harakati va partiyalar (masalan, "Yashillar”, "Grinpis” va boshqalar) faol ish olib bora boshladi. Natijada, o`tgan 80-yillar monaynida, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitning ifloslanish darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu ijobiy holatni aynan ana shunday harakatlarning natijasi, deb baholamoq kerak.

Shunga qaramay, ko`pchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon keskinligicha qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun jahon doirasida kuchlarni birlashtirish zaruriyati mavjud. Shu maqsadda 1972-yilda Stokgolmda, 1975-yilda Xelsinkida, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda, 1998-yilda Kiotoda atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjumanlar bo`lib o`tdi va ularda muhim qarorlar qabul qilindi. 



Muhim tomoni shunchaki, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiyani sog`lomlashtirish muammolarini hal qilishda BMT va uning ko`plab bo`limlari faol ish olib bormoqda. Jumladan, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (YUNEP) dir. Bu dastur atrofida shakllangan rasmiy idoralar turli mamlakatlarda bu sohada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib turadi, mamlakatlarda to`plangan tajribalarni umumlashtiradi, istiqbolli ishlarni qo`llab-quvvatlaydi. YUNEPning bosh irodasi Nayrobi (Keniya) shahrida joylashgan. 

Atrof-muhitni sog`lomlashtirishda, ekologik muammolarni ijodiy hal qilishda jamoatchilikning ham katta xizmat qilishi kutiladi. Aynan shu maqsadda O`zbekistonda jamoatchilik asosida "Ekosan” harakati tashkil topdi. U nafaqat O`zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish, aholi yashash muhitini sog`lomlashtirish yo`lida harakat qilmoqda. 
Download 23,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish