Xavfsizlik choralari(Metroda)
Metroda yo'lovchilar foydalanadigan favqulodda vaziyatlar paytida xavfsizlik choralari temir yo'l transportida xavfsizlik choralariga o'xshaydi.
Yo'lovchilar hayotini ta'minlash uchun metro xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun o'z faoliyatini kuchaytirishi kerak:
Tutun bo'lsa fanatlardan foydalanish;
Videografiya va videoyozuv (ranglar, rasmlarni uch kun davomida saqlash, odamning yuziga qarab);
Vagon tizimining xavfsizligi;
Metall detektorlardan va xavfli suyuqlik detektorlaridan foydalanish;
Portlovchi moddalar va giyohvand moddalarni aniqlash uchun kemerli detektorlar;
Izlovchilarni tizim bilan ta'minlash;
Maxsus rentgen apparatlari va skanerlar;
Kiyim ostida yashirilgan portlovchi yoki qurolni aniqlashga yordam beradigan skrining uskunalari
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun bosma nashrlardan foydalaning ommaviy axborot vositalari (OAV);
Xavfsizlik uskunalari;
Agar kerak bo'lsa, stantsiyaga yoki politsiyaga murojaat qilishga imkon beradigan interkomlar;
Ushbu vaziyatda omon qolish yo'llari haqida yo'lovchilarni xabardor qiling.
Bugun katta bir megapolisga aylanib borayotgan shahrimizda avtomobil tirbandligi va yo‘l trasport hodisasi kabi muammolarni bartaraf etish, haydovchilar madaniyati va bilim darajasini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Unda innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo’li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish vazifalari belgilangan. Xo‘sh, endilikda an’anaviy o‘qitish tizimiga yangi innovatsion o‘quv metodika va uslublarni joriy etish jarayoni qanday kechadi? Haydovchilar malakasini oshirish tartibi qanday bo‘ladi? Bu kabi qator savollarga “Avtotest” o‘quv kompleksiga tashkil etilgan media–tur davomida javob oldik.
Yo‘lovchilar xavfsizligi, manzilga sog‘-salomat yetib olishi ko‘p jihatdan haydovchilar malakasi va ko‘nikmasiga bog‘liq. So‘ngi yillarda haydovchilarni tayyorlash jarayoni faqatgina havaskorlarni tarbiyalash bilan cheklanib qolgandek go‘yo. Buni yildan-yilga mamlakatimizda yo‘l transport hodisalari sonining ortishi bilan izohlash mumkin. An’anaviy o‘qitish tizimi, malakasini doimiy oshirib bormagan haydovchilar... Oqibatda esa ko‘plab baxtsiz xodisalar. Hukumat tomonidan qabul qilingan qaror ham aynan bunday ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olishda dastavval haydovchilarning malakasini innovatsion yondashuvlar asosida tizimli oshirishga qaratildi. Hujjatga asosan 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotranport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar ikki yilda bir marta malaka oshirishga majburligi belgilandi. Haydovchilarga malaka oshirgani to‘g‘risida «Avtotest Report» o‘quv kompleksining sertifikati topshiriladi. Qarordan kelib chiqib, kelgusi yilning 1-iyulidan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boshqargan haydovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi. Shu o‘rinda o‘z-o‘zidan savol tug‘ilishi tabiiy. Nega aynan bu vazifa «Avtotest» o‘quv kompleksiga topshirildi. Agarda e’tibor qaratsak, hujjatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash vazifasi belgilangan. Ma’lumki, bu avtomaktabda ushbu yo‘nalishda o‘qitishning innovatsion uslublari qo‘llaniladi. Shuningdek, o‘quv jarayoniga o‘qitish monitoringini olib borish va uni rejalashtirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi joriy etilgan.
Ushbu chora-tadbirlar amalga oshirilib rejadagi kabi ish tutilsa albatta transport avariyalari kamayib boradi. Zero bu o’z imizning va o’zgalarning sog’lig’ini himoyasi bo’lib xizmat qiladi
XULOSA
Mana texnogen halokatlar qanday talofat va oqibatlarga olib keladi demak biz hamisha qo’limizdan kelguncha bunday texnogen xalokatlarni oldini olishga harakat qilib biz yaratayotgan va bizga foydasi tegayotgan texnik ixtirolarni takomillashtirib ularga extiyot bo’lgan xolatda oz xavfsizligimizni saqlashimiz lozim. Shundagina biz xavfsiz ish faoilyatiga ega bolamiz bu zero o’z umirimiz sog’ligimizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Transport avariyalari texnogen tusdagi favqulotda vaziyatlar ichida turli xavf va fojealarni keltirish darajasi bo’yicha yuqori ko’rsatkichga ega halokatlardan biri hisoblanadi.Barcha transport turlarida kelib chiqishi mumkun bo’lgan xavf-xatarlar faqatgina o’z vaqtida oldi olinsagina, insonlar va boshqa yuklar bilan bo’ladigan turli fojea ya’ni katastrofalarning sodir bo’lish ehtimoli kamayadi.Bunda barcha transport vositasidan foydalanuvchi insonlar harakat va xavfsizlik qoidalariga uzluksiz ravishda amal qilishlari, shuningdek favqulotda xizmat qiluvchilarning o’z vaqtida fojeani oldini olishga bo’lgan say-harakatlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, fuqaro muxofazasi tizimlarida xizmat qiluvchilar ro’y beradigan barcha tabiiy ofat oqibatlarini tugatishda hamda avariya va falokat bo’lganda birinchi yordamga keladigan tizimlardan biri hisoblanib, ularning eng asosiy vazifasi odamlarni turli xavf-xatarlardan qutqarish hisoblanadi.
MUNDARIJA
Do'stlaringiz bilan baham: |