MAVZU: Texnik ekinlar REJA: - Bir yillik texnik ekinlarning umumiy tavsifi.
- Ko’p yillik texnik ekinlarning umumiy tavsifi.
- Texnik ekinlarning oziq-ovqatlik ahamiyati.
Sanoatning turli tarmoqlari uchun texnika ekinlari xom ashyo sifatida o‘stiriladigan o‘simliklar hisoblanadi. Kraxmalli (kartoshka, batat va boshqa), shakarli (shakarqamish, qand lavlagi va boshqa), moyli (kungaboqar, kanakunjut, yer yong‘oq, soya, maxsar, xantal va boshqa), efir moyli (atirgul, yorongul, kashnich, yalpiz va boshqa),
tolali (g‘o‘za, kanop, zig‘ir, jut), dorivor (valeriana, sariqgul, belladona); guttaperchali (palakvius, normushq evkoma), oshlovchi (skumpiya, badan, emanning ba’zi turlari va b.), po‘kakli (po‘kakli deb, amur baxmal daraxti) va boshqa o‘simliklar kiradi.
Ba’zi texnika ekinlari, masalan, g‘o‘za, zig‘ir, kanopdan tola bilan bir qatorda moy olinadi, ro‘yan, ko‘knoridan dorivor o‘simlik sifatida foydalaniladi va hokozo. Texnika ekinlari, bir yillik (zig‘ir, g‘o‘za, kartoshka, kungaboqar va boshqa) va ko‘p yillik (atirgul, zaytun, qulmoq va boshqa)
o‘simliklar bo‘lib, bir nechta botanik oilaga mansub. Texnika ekinlarining o‘sish zonalari har xil; zaytun, shakarqamish va boshqa tropik hamda subtropik oblastlarda, kungaboqar, zig‘ir, qand lavlagi va boshqa, asosan, o‘rtacha va mo‘tadil kenglikda o‘stiriladi.
O‘zbekistonda g‘o‘za, kartoshka, zig‘ir, kanop, tamaki, qand lavlagi, dorivor o‘simliklar va boshqalar etishtiriladi. Moyli ekinlar yog‘ olish uchun eqiladigan o‘simliklar hisoblanadi. Turli oilalarga mansub bir va ko‘p yillik o‘simliklar; murakkabguldoshlar kungaboqar, maxsar,
dukkakdoshlar soya, yer yong‘oq, labguldoshlar perilla, lyallemaisiya, butguldoshlar raps, gorchisa va boshqalar kiradi. Bulardan ba’zilari daraxtlar (kokos palmasi va moyli palma, kakao, tunga), boshqalari o‘tsimon o‘simliklar (soya, kungaboqar), raps hisoblanadi.
Ko‘pchilik moyli ekinlar urug‘ va mevasida moy to‘planadi. Moyli ekinlar moylari suyuq, yarim suyuq va qotuvchi bo‘lib, presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Moyli ekinlardan zaytui, tunga daraxti, Sibir kedri, yong‘oq, bodom moylari oziq-ovqat sanoatida va texnikada katta ahamiyat ga ega.
Zaytun va tunga daraxti, zig‘ir va kunjut, yer yong‘oq, kungaboqar, g‘o‘za va boshqa o‘simliklar moyi uchun qadimdan o‘stirib kelinadi. Ovqatga ishlatiladigan moylarning asosini paxta (chigit) va kungaboqar moyi tashkil qiladi.
Kungaboqar (Helianthus annuus L.) murakkab guldoshlar (murakkab gullilar oilasi) ga mansub bir yillik o‘simlik, Ildiz sistemasi baquvvat. Poyasi tiq tukli, bo‘yi 4 m cha. Barglari yirik oddiy, yuraksimon, qattiq tuklar bilan qoplangan, uzun bandli. To‘pguli savatcha shaklida.
Savatcha markazidagi gullar naychasimon, ikki jinsli, chetdagilari qizg‘ish sariq, tilsimon mevasi pista, tarkibida 38-47% moy bor. Vatani AQSh. 18asrda g‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan keltirilgan. Ekma kungaboqar to‘rt guruhga bo‘linadi:
1) manzarali kungaboqar to‘pguli chiroyli, qatqat; 2) qovirib chaqiladigan kungaboqar pistasi yirik mag‘zi po‘chog‘idan oson ajraladi; 3) moy olinadigan kungaboqar pistasi mayda, bo‘yi qisqa, mag‘zi po‘chog‘iga yopishgan; 4) silosbop kungaboqar serbarg, pistasi nisbatan mayda.
O‘zbekistonda moyli o‘simlik sifatida o‘stiriladi, pista mag‘zidan oziqovqatga, texnika va medisinada ishlatiladigan moy olinadi, kunjarasi molga beriladi, poyasi kulidan potash tayyorlanadi, kungaboqar silos uchun ham eqiladi.
Yer yong‘oq xitoy yong‘oq (Arachis) - dukkakdoshlar (dukkakgullilar oilasi) ga mansub bir yillik o‘simlik. Poyasi (25-75 sm) shoxlanuvchan, yon shoxlari yer bag‘irlab usadi. Bargi juft patsimon. Guli mayda, sariq yoki zarg‘aldoq Ochiq va yopiq (tuproq ichida) gullaydigan turlari bor.
Guli changlangandan keyin tuproqga kirib, meva - dukkakka aylanadi. Mevasi (dukkagi) pilla shaklida, 1-7 tagacha ypyg‘i bo‘ladi. Urug‘i yirik, oq, pushti yoki och qizil. Yer yong‘oq Janubiy Amerika, Osiyo va oddiy kenja turlarga buliiadi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan tumanlarida oddiy kenja turi eqiladi. Yer yong‘oq 16- asrda Janubiy Amerikadan Osiyoga, so‘ng Yevropaga (Xitoydan), 18-asrda esa Rossiyaga keltirilgan. Yer yong‘oq urug‘ida qotmaydigan yog‘ (42%), oqsil (22% gacha), uglevodlar (13% cha) bor,
Gektariga urug‘idan 50-90 kg, dukkagidan 65-115 kg sarflanadi.
yog‘i konserva, margarin hamda sovun tayyorlashda, urug‘i va kunjarasi qandalotchilikda ishlatiladi. Palagi chorvachilikda to‘yimli ozuqa hisoblanadi. O‘zbekistonda Yer yong‘oqning Perzuvan 46/2, Toshkent-112, Toshkent-32, Krasnodar-1708 navlari eqiladi.
Agrotexnikasi chopiq qilinadigai ekinlarnikiga uxshash. Fosforli va azotli o‘g‘itlarga talabchan. Urug‘i yoki dukkagi kvadrat-uyalab (70X70 sm) yoki qatorlab har uyaga 7-8, yoki 4-5 tadan 6-10 sm chuqurlikka eqiladi.
Usish davrida qator oralari kultivasiya qilinadi, chopiladi, 8 martagacha sug‘oriladi. Sug‘oriladigan yerlarda gektariga 40 s gacha, sug‘orilmay-digan yerlarda 10-16 s hsil beradi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |