Mavzu: Test tuzish va test yordamida bilimlarni nazorat qilish. Test turlari.
Talabalarning puxta bilim olishlari, ularning olgan bilimlarini tekshirishdagi qator afzalliklarini hisobga olib, keyingi paytda keng qo'Ilanilayotgan mashq turi test1 hisoblanadi.
Test yechish nihoyatda keng qo'llanilishi sababli alohida metod sifatida qaraladigan bo'ldi. Mavzuni o'rganishda testlardan foydalanish, ayniqsa, guruhda test o'tkazilgach, uning javoblarini muhokama qilish alohida ahamiyatga ega.
Testlar — bu qisqa, standartlashtirilgan yoki standartlashtiril- magan sinov, mashq bo'lib, qisqa vaqt davomida o'qituvchiga talabalarning o'quv jarayoni davomida egallagan bilimlari darajasini baholashga yordam beruvchi metoddir.
Testni qo'llashning nihoyatda keng qamrovligidan unga turli jihatdan yondashib berilgan ta’riflar ham xilma-xil.
Test — 1) standart shakldagi topshiriqlar bo'lib, aqliy taraqqi- yot, qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o'tkaziladigan sinovdir;
aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalanadigan tarqatma material, savolnoma;
shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi standart-test me’yorlari bilan qi- yosiy o'rganishga moijallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtirilgan metodi; ,
ko'zlangan maqsadga ko'ra, savol qo'yib, unga bir-biriga yaqin bir necha, lekin to'g'risi bitta bo'lgan javoblar mujassamlan- gan topshiriq, mashqni bajarish orqali fanni, mavuni o'rganishga, o'quvchi-talabalar bilimini sinashga qaratilgan metod.
Talabalar bilimini baholashda test muhim o'rin tutadi. Bun- dan tashqari test boshqa usullar: masala yechish, referat yozish yoki savolga og'zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
Nazorat ishi yoki referatda o'qituvchi talabaning ayrim xa- tolaridan ko‘z yumib, uning bilimini yuqori baholashi yoki aksincha, o'zining subyektiv talablarini qo'ygan holda past baholashi mumkin. Testlar bunday xatolikdan xoli.
Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransua Talmon (1822-1911) ishlab chiqqan. Test terminini birinchi marta 1890 yili amerika psixologi Jeyms Kettell (1860—1944) tomonidan insonni psixologik jihatdan o'rganishda qo'llangan.
Testlarni qo'llash jarayoni kengaygan sari ularning turlari ham ko'paya boshladi. Testologiya tarixida V.A.Makkol birinchi bo'lib testlarning pedagogik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlaydigan (intellektual) guruhlarga ajratdi.
Hozirda testlar psixologiya, pedagogika, fiziologiya, meditsina va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi. Ta’limda odatda asosan psixologik va pedagogik testlardan foydaianiladi.
Testlar qanday maqsadga qaratilganiga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Maqsadga erishuv testlari (bilimni o'lchash, sinash, baholashga qaratilgan).
Aqliy testlar (zehn, aql-idrok, aql-zakovat, iste’dodni aniqlashga yo'naltirilgan).
Ijodiy testlar (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshi- ruvchi).
Mezoniy mo'ljal testlari (o'quv yoki kasbiy bilimlar va top- shiriqlarni qaysi ko'nikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali o'lchash mumkinligiga qaratilgan).
Shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlami o'lchashga aloqador).
Proeksiyaviy testlar (tashqi ta’sirsiz shaxs o'z-o'zini oshkor qilishga mo'ljallangan) va boshqalar.
Biz testni tadqiq qilishga mavzuni o'rganish va o'quvchi, talabalar bilimini sinash va baholash nuqtayi nazaridan yondashamiz.
Fanni o'rganishda va bilim darajasini sinash va baholashda keng qo'llaniladigan testlar axbcrotni psixologik jihatdan o'zlashtirish darajasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi: a) axborotni esda saqlash, xotirada qayta tiklashga qaratilgan testlar; b) reproduktiv tafakkur, ya’ni o'zlashtirilgan bilimlar asosida ma’lum bir ishni (tipik) mustaqil bajarishni talab qiluvchi testlar; d) produktiv tafakkur, ya’ni o'rganilgan bilimni qo'IIashga yo'naltirilgan testlar;
Test topshiriqlarining mazmuni va javob berish jarayonidagi imkoniyatga ko'ra: ochiq, yopiq va boshqalarga ajratish mumkin. Ochiq test topshiriqlari kishiga o'z xohishiga ko'ra javob berish imkonini yaratadi. Odatda unda asosiy so'z, tayanch ibora tushirib qoldirilgan bo'Iadi.
Yopiq testda esa aksincha, javoblar mavjud. Bunda test sharti savol yoki vazifa bo'lib, uning javoblaridan bittasi to'g'ri qolganlari to'g'ri javobga o'xshashroq bo'Iadi.
Uni yopiq test deyilishiga sabab uning javoblari mavjud, o'quvchi-talaba ana shu keltirilgan javoblardan o'zicha to'g'ri deb bilganini tanlashi kerak. Berilgan javoblar ikkitadan beshtagacha bo'lishi mumkinki, javoblari soniga qarab, testlarga to'g'ri javob topish imkoniyati ham o'zgarib boradi.. Hozirgi paytda bir necha javobli yopiq testlar keng qo'llaniladi.
Test topshiriqlarini murakkablik darajasini dunyoda eng ko'p tarqalgan Blum taksonomiyasi asosida tayyorlash mumkin. Bunda testlar «bilish», «tushunish», «qo'llash» bosqichlariga xos uncha murakkab bo'lmagan hamda «tahlil», «sintez», «baholash bosqichlariga xos murakab testlardan iborat bo'lishi mumkin.
Obyektiv testlar. Testlami obyektiv deyilishiga sabab, unga to'g'ri javob bor, uni subyektiv jihatdan baholashni istisno qiladi.
Undagi savollar ko'pincha dalillar, aniq axborotlami yodga tushirishga qaratilgan. Obyektiv test savollari Blum taksonomi- yasining ikkinchi bosqichidagi fikrlash doirasiga to'g'ri keladi. Ular fikrlashni yuqori darajada baholashga imkon bermaydi, lekin ularni fikrlashning yuqori bosqichiga to'g'ri keladigan qilib tuzish mumkin. Ular tatbiq qilish, tahlil qilish darajasiga mos keladigan mu- rakkablikda bo'lishi mumkin, lekin bunday savol tuzish qiyin.
Test savollari tuzishda, amerikalik pedagoglaming ko'rsatishicha o'qituvchi quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:
Ko'zlangan maqsadga ko'ra, savolni aniq qo'yish kerak.
Testda faqat bitta javob to'g'ri bo'lishi kerak.
Javoblarni bir-biriga o'xshash bo'lishi va haqiqatga yaqin bo'lgani ma’qul.
Testda iloji boricha inkor etuvchi fe’l va boshqalardan foy- dalanmaslikka harakat qilish lozim (Masalan, yuqoridagi ko'rsatmalardan nima imkon bermaydi? va hokazo ...).
Do'stlaringiz bilan baham: |