MAVZU: TERMIN VA LUg‘AT TUSHUNCHASI -
- Reja:
- Lug‘atshunoslik
- Lug‘at turlari haqida ma’lumot
- Termin va atama
Leksikologiya so‘zi leksis –so‘z, logos – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Leksikologiyada tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi. Uning lug‘at tuzish masalalari bilan shug‘ullanadigan bo‘limi leksikografiya deb ataladi. - Leksikologiya so‘zi leksis –so‘z, logos – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Leksikologiyada tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi. Uning lug‘at tuzish masalalari bilan shug‘ullanadigan bo‘limi leksikografiya deb ataladi.
- Tilimizdagi so‘zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga lug‘at, lug‘at tuzish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug‘atshunoslik (leksikografiya) deyiladi.
Lug‘at va ularning turlari - Lug‘at va ularning turlari
- Tildagi jamiki so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug‘atshunoslik shug‘ullanadi. Mukammal tuzilgan lug‘at va so‘zliklar u yoki bu tilning boyligini o‘zida to‘playdi. Lug‘atlar qadimdan yaratib kelingan. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan XI asrda yaratilgan «Devonu-lug‘atit-turk», XVI asrda usmonli turk tilida yaratilgan «Abushqa» lug‘atlari tarixdan bizga ma’lum. Lug‘atlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Qomusiy lug‘atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, boliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beriladi. - 1. Qomusiy lug‘atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, boliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beriladi.
- a) o‘zbek milliy ensiklopediyasi;
- b) Salomatlik ensiklopediyasi;
- v) U kim, bu nima ensiklopediyasi.
- kabi lug‘atlar shular jumlasidandir.
2.Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘ladi.Bir tilli g‘atlarga: - 2.Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘ladi.Bir tilli g‘atlarga:
- a) imlo lug‘ati(so‘zlarni to‘g‘ri yozishga yordam beradi)
- b) chappa (ters) lug‘at (so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha alfavit tartibida joylashtiriladi)
- v) orfoepik lug‘at (so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi)
- g) morfem lug‘at (so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishga yordam beradi)
d) o‘zlashma so‘zlar lug‘ati (chet tillardan kirgan so‘zlarga ta’rif beriladi) - d) o‘zlashma so‘zlar lug‘ati (chet tillardan kirgan so‘zlarga ta’rif beriladi)
- ye) frazeologik lug‘at (ibora lug‘ati)
- yo) terminologik lug‘at (ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi)
- j) izohli lug‘atlar (tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarga izoh beriladi )
- z) chastotali lug‘atlar (ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida m’lumot beradi)
- i
-
- Ko‘p tilli lug‘atlarga esa tarjima lug‘atlari kiradi. Masalan, Q.Berdiyev, Q.Meliyev «Tibbiy atamalar» ruscha-o‘zbekcha lug‘ati kiradi.
- So‘zlarning kelib chiqishini izohlaydigan lug‘atlar etimologik lug‘atlar deb ataladi.
-
- TERMIN [lot. (terminus – chek, chegara] Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi; atama.
Do'stlaringiz bilan baham: |