Mavzu: Temur davrida yashagan allomalar Reja: Temuriylar davri madaniyati



Download 193,48 Kb.
bet4/5
Sana21.07.2022
Hajmi193,48 Kb.
#832473
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fan va texnika

Bunyodkorlik ishlari


  • Bu davrga kelib kelib Hirotda misli ko’rilmagan ajoyib binolar, osmono’par minoralar qurildi. Navoiy boshchiligida qurilgan Ixlosiya, Unsiya, Shifoiya binolarning ta’rifi yetti iqlimga taraldi. Unsiya katta rabot mehmonxona bo’lgan bo’l-sa, shifoiyada kasallar davolanardi va bir yo’la talabalarga tabobat sirlari ham o’rgatilar, shu yerning o’zida ularning ta’limi uchun alohida hujralar tashkil etildi

Boburiylar- temuriylar davomchisi sifatida


  • Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx temuriylar sulolasidan bo’lgan. U otasi Umar-shayx mirzoning bevaqt o’limidan so’ng o’n ikki yoshida Andijon taxtiga o’tiradi. Ko’p yillik urinishlardan so’ng ham Samarqand nasib et-magach, Shayboniyxon zulmidan qochib oldin Qobul, keyin esa Hindistonga yurish qiladi va u yerda muqim qolib, yangi sulola – Boburiylar sulolasini quradi.

Boburiylar hindistonda


  • Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga ez-gu niyatlar bilan – yangi madaniyat markazi barpo etish niyatida keldi. Dastlab fuqarolar bilan aloqalarni yaxshiladi, tinchlik o’rnatdi, butun Hindistonni birlashtirdi. Boburdan so’ng ayniqsa uning nabirasi Akbar zamonida mam-lakat gullab yashnadi, yangi obidalar qurilib, ilm-fan rivoj topdi. Hatto notinch bo’lib qolgan Turon o’lkasidan ham ilm ahli Hindistonga yopi-rilib kela boshladi.

Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bo‘ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan me'morchilik bilan bog‘liq bo‘lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog‘och va tosh o‘ymakorligi bilan ham bog‘liq edi. Qabr toshlariga qisman o‘simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so‘zlar bigilgan qusha o‘yiqlarida bitilgan. Qabrtoshlar sag‘ana yoki suna shaklida bo‘lib, bo‘z rangli marmardan, ayrim xollarda o‘ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog‘och uymakarligida Go‘ri Amirda, Shohi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek XV asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Temur va Ulug‘bek davrlarida metall o‘ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o‘yib, bo‘rtma usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan.
Amaliy san'atning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga sodda o‘simliknoma naqshlarni qora bo‘yoqlar bilan tushurishga yoki uyurma gullar ishlanishi, bu davrda paydo bo‘lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobalt yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mo‘yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga chiziq naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda kulol-rassom turli uslubda och havorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qo‘llaydi. Temur va temuriylar davrining amaliy san'at turlaridan to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, kashtachilik yuksak san'at darajasiga ko‘tarildi.
Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g‘amxo‘rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug‘bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo‘shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulugbek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq Samarqanday, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashhur bo‘ldi.

Temur va Temuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shuni ko‘rsatadiki, ular o‘zaro uzviy bog‘langan va yaxlit bir butun holdagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma'naviy yuksakligini yuzaga keltira olgan.


Bulardan birinchi navbatda siyosiy- ijtimoiy omilni ko‘rsatish mumkin. Movarounnahr va Xurosonda tarqoq, o‘zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat, amirliklarga bo‘linib ketgan va kelgindi hukmronlar - mo‘g‘illar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqning mustamlakachiliqdan qutulishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi, zo‘ravonliklar, o‘zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishni ta'minladi.
Ikkinchi - iktisoliy omil - Movarounnahr va Xurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik, ishlab chiqarishni jadal rivojlanishga olib keldi , hunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga e'tibor berilishi va bu sohada kator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchi - ma'naviy omil - avvalgi madaniy meros, ma'naviy qadriyatlar, boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Markatiy Osiyoda avvalgi asrlarda, xususan IX-XIII asrlarda yaratilgan madaniy – ma'naviy boyliklardan, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Chag‘miniylar arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumii, Tusiy, Attor kabi allomalar merosidan: Musulmon Sharqi ma'naviy merosida keng ahamiyat kasb etgan qadimgi yunon ilmiy-ma'naviy, boyliklaridan keng foydalanildi.


To‘rtinchi -g‘oyaviy omil - bu omil ma'naviy omilning uzviy davomi bo‘lsa-da, uning muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi va o‘z davri ma'naviy hayotida katta rol o‘ynaganligi uchun alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV asrga kelib Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan tasavvuf - xususan Naqshbandiya ta'limotidir. Markaziy Osiyoda Yusuf Hamadoniy, Abdu Xoliq G‘ijduvoniy ta'limotlarini rivojlantirish asosida shakllangan Naqshbandiya ta'limoti va uning yirik vakillari XIV-XV asrlardaga siyosiy-ijtimoiy hamda madaniy hayotda nihoyatda muhim rol o‘ynadi, ma'naviy o‘zgarishlar ma'lum erkinlik uchun g‘oyaviy asos, omil bo‘lib xizmat qildi. Temur va temuriy shahzodalar, ko‘p olim- fozillar, hunarmandlar naqshbandiya ta'limotidan ozuka oldilar, o‘z faoliyatlari, ijodlari bilan uni har tomonlama boyitdilar. 





Download 193,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish