6-MA’RUZA
MAVZU: TEMIR-BETON ELEMENTLARI.
Reja:
1.
Temir – beton konstruksiyalarining klassifikatsiyasi.
2.
Temir – beton konstruksiyalarining qo’llanish sohasi.
3.
Temir-beton mahsulotlar nomenklaturasi.
Bizning mamlakatda sanoat va turar-joy binolari
qurilishida bir xil turdagi
yig’ma temir-beton konstruksiyalari 90 foizga yaqinni tashkil qiladi. Yig’ma temir-
beton mahsulot va konstruksiyalari aso-san uzun, tekis yuzali, blokli, hajmli holda
ishlab chiqariladi. Uzun konstruksiyalar va mahsulotlarga kolonnalar, fermalar,
rigellar, to’sinlar, ustunlar; tekis yuzalilarga – yopish plitalari, devor va to’sish
panellari,
bunker va rezervuar devorlari; bloklilarga – og’ir fundamentlar, erto’la
devorlari; hajmlilarga – sanitar-texnik kabi-nalar, blok xonalar, siloslarning
korobkali
elementlari, quduq halqalari va boshqalar kiritiladi. Mamlakatimizda
fuqaro va sanoat qurilishida ishlab chiqariladigan temir-beton mahsuloti va
foydalanish hajmi nomenklaturasi 2-jadvalda keltirilgan. Transport vositalarining
shartiga binoan element uzunligi qoidaga ko’ra 25 metrdan, kengligi 3 metrdan va
og’irligi 25 tonnadan oshmasligi kerak. Mahsulotlar asosan payvandlangan to’r,
karkas va yiriklashtirilgan armatura bloklari bilan armaturalanadi.
Zo’riqtirilgan armaturadan foydalanishda mahkam ushlash,
tortish va
armaturani zo’riqqan holatida mahkamlash uchun sharoit yaratiladi.
Yig’ma temir-beton konstruksiyalari uchun yuqori darajadagi mus-tahkamlik,
zichlik, sovuqqa chidamlilik va suv o’tkazmaslik sifatiga ega bo’lgan betonlar
qo’llaniladi. Masalan, yuk ko’taruvchi temir-beton konstruksiyalarda M150-M800
markali og’ir beton, zichligi 2200-2500 kg/m
3
; g’ovak to’ldiruvchili konstruksion
betonlar uchun M150-M500 markali; to’sish konstruksiyalar uchun M50-M100
markali, zichligi 700-1000 kg/m
3
engil betonlar keng ko’lamda foydalaniladi. Bir
turdagi yig’ma konstruksiya nominal o’lchamlariga, shuningdek beton himoya
qatlamining armatura sterjeni yuzasigacha yuqori darajada talabchanlik qo’yiladi.
Bu o’lchovlar har bir mahsulotga alohida standart, ishchi chizma va texnik shartlar
bilan belgilanadi. Ko’pchilik mahsulotlarda o’lchovdan og’ish chegarasi (plita,
panel, kolonna, to’sin) 4-10mm dan, himoya qatlami esa 3-5 mm dan oshmasligi
kerak.Yig’ma temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalari klassifikatsiya asosida
quyidagi alomatlari belgilangan: beton ko’rinishi,
uning zichligi, armaturalashni
ko’rinishi, ichki tuzilishi va qo’llanilishi.
Temir – beton konstruksiyalar bir necha turga bo’linadi:
a) foydalanishiga ko’ra – turar joy, jamoat, sanoat, qishloq xo’jaligi,
transport binolari va h.k.;
b) material turiga ko’ra – og’ir va mayda donali betondan, zich va g’ovak
tarkibli engil betondan, zo’riqtiruvchi betondan tayyorlangan temir –
beton
konstruksiyalar;
v) tayyorlanish usuliga ko’ra – qurilish ob’ektida bevosita tiklanadigan
monolit; zavod poligonlarida tayyorlanadigan yig’ma; qurilish joyida yig’ma
elementlardan tiklanadigan yig’ma monolit temir – beton konstruksiyalari;
g) armaturalash ususliga ko’ra – oddiy armaturalanadigan (karkas, sim to’r
va alohida sterjenlar bilan), oldindan zo’riqtirilgan yuqori mustahkamlikka ega
bo’lgan sterjenli armatura, sim yoki armatura arqonlari bilan armaturalangan temir
– beton konstruksiyalari.
Qurilish sanoati rivojlangani sari yig’ma temir – beton konstruksiyalari keng
tarqaldi. Yig’ma temir – beton konstruksiyalari qurilishni maksimal darajada
industriyalashtirish talablariga ko’proq javob beradi. Hozirgi kunda monolit temir
– beton konstruksiyalari alohida hollarda, etarli texnik –
iqtisodiy asosnoma
mavjudligida. Yig’ma temir – beton konstruksiyalari katta oraliqli va boshqa
inshootlar
uchun
samaralidir.
Bunda
iqtisodiy
samaraga
konstruksiya
elementlarining ulangan joylari va qismlarini betonlash orqali erishiladi.
2.1- jadval
Temir-beton mahsulotlar nomenklaturasi
№
Mahsulot
Ishlab chiqarish hajmi,
umumiy ishlab chiqarishning
yig’ma temir-beton %i
1
Poydevorlar
4,2
2
Qoziqlar, shpuntlar
4,2
3
Poydevor bloklari
1
4
Kolonnalar
3,9
5
Rigellar
2,4
6
To’sin va yopish fermalari
5,4
7
Yopish plitalari
7,8
8
Qavatlar aro yopma plitalari
26
9
Devor panellari
16,5
10
Ventilyasiya bloklari va
sanitar-texnik kabinalari
3,2
11
Zinapoya marshi, supachasi balkon plitalari
1,6
12
Deraza yoki eshik o’rinlari ustudagi to’sin
1,7
13
Yerr osti yo’llari va kanallar elementlari
4,1
14
Rezervuar, silos, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlari
uchun konstruksiyalar
2,6
15
Trubalar
1,4
16
LEP-tayanchi,
aloqa tizimi
1,8
17
Ko’prik elementlari, estakadalar
1,2
18
Boshqalar
10
Jami:
100