Bajardi: Abdusamatov Xurshidbek Tekshirdi: Yulanova Nargiza Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yurtimizning ko`plab tuman va shaharlarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullar oʼtkazilmoqda. Vazirlik rahbariyatining 2021-yil davomida Respublika hududlarida oʼtkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish boʼyicha sayyor qabullar jadvaliga muvofiq, joriy yilning 16-fevral kunidan boshlab yurtimizdagi ko`plab tuman va shaharlarida vazirlik tomonidan ommaviy sayyor qabul oʼtkazildi. Sayyor qabul davomida 2021-yil davomida shahar va tumanlar boʼyicha soha yoʼnalishida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yil mobaynida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar toʼgʼrisida yigʼilganlarga maʼlumotlar berildi. Oʼtkazilgan sayyor qabullarda ko`plab jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etib, soha yuzasida oʼzlarini qiynayotgan muammo va shikoyatlari hamda takliflarini bildirdi. Sayyor qabul davomida fuqarolardan telekommunikatsiya, mobil aloqasi, radiotelevidenie, axborot texnologiyalari sohasida oʼqitish, maktab oʼqituvchilarining malakasini oshirish, axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʼqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul va oʼquvchilarga beriladigan imtiyozlar toʼgʼrisida murojaatlar bildirildi. Maktab direktorlarining malakasi oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O’zbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmonining hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilot xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari sohasida o’qitishni tashlik qilish bo’yicha topshiriq ijrosini sifatli va yuqori saviyada ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 56 ta maktab direktorlarini IT sohasida malakalarini oshirish bo’yicha o’quv seminar boshlandi. Seminar Samarqand viloyati Jomboy tumanida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalari o’quv markazi tomonidan tashkil qilinib, bunda markazning tajribali o’qituvchilari tomonidan maktab direktorlariga IT bilimlari berilmoqda. Seminar ikki bosqichda bo’lib o’tmoqda. Birinchi bosqichida 28 nafar maktab direktori joriy yilning 7-fevral dan 14 fevralgacha, ikkinchi bosqich 15-fevraldan 22-fevralgacha davom etib, bunda ham 28 nafar maktab direktorlari IT bo’yicha o’z bilimlarini oshirishadilar. E’tiboringiz uchun rahmat! Iqtibos
Do'stlaringiz bilan baham: |