Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


PLAVT  (taxm. 254-784-y.)



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

PLAVT 
(taxm. 254-784-y.)
 
rim komediyasining eng yirik namoyandasi 
hisoblanadi. Plavt Rim dastlab Apennin yarim orolini, so'ng butun O'rta yer 
dengizi havzasini egallagan bir davrda ijod qildi. G'olibona tugallangan ko'pdan-
ko'p urushlarning natijasi o'laroq bosib olingan yerlardan Rimga behisob qullar, 
moddiy boyliklar oqib keladi. Tovar-pul munosabatlarining tez rivojlanishi 
oqibatida sudxo'rlik avjga chiqib boradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida 
yuz bergan siljishlar patriarxal hayct tartibotlarini zaiflashtiradi, xudbinlik 
kayfiyatlarini tug'diradi. Rim madaniyatiga yunon madaniyatining kirib kelishi 
keskin tus oladi. Mil. av. Ill—II asrlarda rim hayotida yuz bergan shu o'zgarishlar 
Plavt komediyalarida o'z aksini topdi. 


 
Qadimgilarning yakdillik bilan uqdirishlaricha, Plavt palliatining eng zabardast 
namoyandasi bo'lgan. U o'z pyesalari qahramonlarini Menandr hamda yangi Attika 
komediyasining boshqa vakillari asarlaridan oladi. Lekin ayni zamonda uning 
asarlarida Rim hayotiga xos xususiyatlar ham keng namoyon bo'lgan. Plavt 
quldorlik jamiyatining quyi tabaqasiga, plebeylarga xayrixohlik bilan qaragan, 
haromxo'rlik bilan boyuvchi shaxslarni keskin qoralagan. 
Plavt komediyalari Aristofanning komediyalari darajasida siyosiy o'tkir 
bo'lmasada, lekin ular o'zining xushchaqchaqligi, voqealarning shiddatli 
ko.'rinishda namoyon bo'lishi jihatidan yunon komediyanavisi asarlaridan 
qolishmaydi. Plavt yangi Attika komediyasi unsurlarini rim xalq teatr 
tomoshalaridan biri — atellana bilan uyg'unlashtira oldi. Shu bois uning asarlarida 
atellanaga xos buffonada, harakat jo'shqinligi, pardasiz, lekin zavq baxsh hazil-
mutoyibalar ufurib turadi. Plavt komediyalarida qo'shiq va musiqa alohida o'ringa 
ega. Ularda ariya va rechitativ tusidagi qo'shiqlar yetakchi o'rin tutadi. 
Plavtdan bizgacha 20 ta to'liq va bitta chala pyesa yetib kelgan. «Egizaklar» 
(«Menexmlar») Plavtning eng xushchaqchaq, komediyalaridan biri. Unda 
sirako'zlik egizakning yoshligida yo'qolib qolgan akasini topish yo'lida boshdan 
kechirgan sarguzashtlari haqida so'z boradi. Egizak Messennon degan quli bilan 
Epidamn degan yunon shahriga kelib qoladi nihoyat shu yerda tug'ishgan akasini 
topadi. Egizaklarning bir tomchi suvdek bir-biriga o'xshashligidan pyesada qator 
antiqa lavhalar sodir bo’ladi. Masalan, Epidamnlik Menexm o'z xotinining 
qimmatbaho plashini o'g'irlab, o'ynashiga eltib beradi va undan ziyofat 
uyushtirishni so'raydi. Lekin bu ziyofatga endigina Epidamnga yetib kelgan 
sirako'zlik Menexm hozir bo'ladi; o'z erining xiyonatkorligidan g'azabga tushgan 
Matrona alam-iztirobini egiz ukaga to'kib soladi. Sirako'zlik Menexm uni birinchi 
bor ko'rayotganini aytarkan, Matrona faryod ko'taradi, otasini boshlab keladi, ota 
soxta kuyovga pand-nasihatlar beradi... ko'pgina bordi-keldidan keyin egizaklar 
bir-birini topishadi. Asarda xarakterlar chala-chulpa chizilgan bo'lsa-da, harakat tez 
o'sib boradi, g'avg'odan g'avg'o chiqadi. Plavtning “Egizaklar” komediyasi 


 
Shekspirga o'zining «Yanglishlar komediyasi» asarini yozishda asos bo'lib xizmat 
qilgan. 
«Maqtanchoq jangchi» pyesasi maqtanchoq zobit obrazi mohirona namoyon 
etilishi jihatidan Plavtning eng yaxshi komediyalaridan biri hisoblanadi. Pyesa 
qahramoni Pirgopolinik maqtanchoq, shuhratparast va shu bilan birga befarosat 
kimsa tariqasida tasvirlangan. Zobit sahnada alvon kamzul, boshiga jig'ali dubulg'a 
kiygan, bahaybat shamshir taqib, savlat to'kib paydo bo'ladi. Uning o'zi biror 
arzigulik fikr aytishi amri mahol. Shundan qo'riqchisining hayratomuz jasoratlari 
haqidagi fikrlarini kekkayish bilan ma'qullaydi, xolos. Masalan: sarboz 
Hindistonda bo'lganda bir zarb bilan filning sonini uzib yuborgan emish; yana 
boshqa vaqtda bir yo'la yetti ming dushmanni mahv etibdi. Qul Palestrion 
sarbozning ovsarligidan kelib chiqib, ajoyib reja tuzadi va tasodifan uning qo'liga 
tushib qolgan Filokamatsiyani sevgilisi — o'zining sobiq xojasi Plevsiklga qaytarib 
olib berish va o'zini zobit hukmidan ozod etishga erishadi. Plavt yaratgan 
maqtanchoq jangchi obrazi jahon dramaturgiyasi yaratgan ajoyib siymolar sirasiga 
kirdi. Keyinroq u italyan badixaviy komediyasi — del arte xalq teatrining Kapitan 
nomi bilan umumlashgan obraziga aylandi. 
«Xazina» komediyasida insonning xasisligi masxara ostiga olingan. Bu 
shunday ma'nisiz xasislikki, u o'ziga yondashgan kishini ham, uning yaqinlarini 
ham sondan chiqaradi. Oltinga to'la xumcha topib olgan qariya Evklion shunday 
kishi sifatida gavdalanadi. Komediya muqaddimasida qozon-tovoq ma'budi Lar 
xumchani o'choq tubiga Evklionning bobosi ko'mib ketganini, uni qurumsoq chol 
o'zi topganini tomoshabinlarga hikoya qiladi. Evklionning qizi Fedra ma'bud Larni 
dilida saqlab, doim unga xayr-ehson ko'rsatib kelgan. Serara bayrami chog'ida 
Likonid degan bir aslzoda Fedraning nomusini barbod etadi, shunda Lar Fedraning 
rahmini yeb, qiynalmay-netmay turmushga chiqishi uchun uning otasiga xazinani 
ravo ko'radi. Muqaddimada bundan tashqari voqeani yaxshilik bilan tugashi haqida 
ham so'z boradi. 
«Xazina» komediyasi o'z sahnaviy tuzilishining puxtaligi bilan ajralib turadi. 
Evklionning xasisligi, boshqa qilmishlari o'zgalarning so'zlari orqali oydinlashib 


 
boradi. Masalan, birinchi parda Evklionni cho'ri kampir Stafilani do'pposlashi va 
oltin yashirilgan joyni fahmlab qolishidan cho'chib, uni uydan haydashi bilan 
boshlanadi. Evklion uxlamoqchi bo'lib yotarkan, nafasi hovri bekorga ketmasligi 
uchun og'zini qop bilan yopib oladi: yuvinar ekan, suv isrof bo'lishidan yuragi 
uvishib, ko'z yosh qiladi. Pyesada buffonada usuli keng qo'llanilgan. 
Evklion yo'qolgan xumchani topib olib (uni qui Strabil o'marib ketgan edi), 
tragikomik ruhda kantik (qo'shiq) aytadi. Evklion tomoshabinlarning biror narsani 
bilib qolishini istamaydi, chunki ular orasida halol odamlarning borligiga 
ishonmaydi. 
Keyingi zamonlarda «Xazina» komediyasi «Maqtanchoq jangchi» singari keng 
shuhrat topdi. Xususan, Molyer o'zining «Xasis» komediyasini yaratishda 
Plavtning shu asariga asoslangan. 
Plavt Uyg'onish davrida, bamisoli qayta tug'ilgandek, yangi davr 
dramaturgiyasining yaralishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Italyan gumanistlari Plavt 
komediyalarini shoshilinch tarjima qiladilar, uning yo'li bo'yicha o'z asarlarini 
yarata boshlaydilar. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish